Xalqaro tashkilotlar


Download 122.75 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.04.2023
Hajmi122.75 Kb.
#1344969
Bog'liq
Xalqaro tashkilot - Vikipediya



Xalqaro tashkilot
Xalqaro tashkilotlar — davlatlarning yoki
hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy
jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy, fantexnika, madaniyat
va sh.k. sohalarda umumiy maqsadlarga
erishish uchun tuzilgan uyushmasi;
davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama
hamkorlikning eng muhim shakllaridan
biri. Xalqaro tashkilotlar XIX asrda
vujudga keldi va 2jahon urushidan keyin
koʻplab tuzila boshladi. Hozirgi kunda


Xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan
ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo
tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga
xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib
turadi. Jumladan, Xalqaro
tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad
va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini
belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi)
boʻladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki
vaqti-vaqti bilan faoliyat yuritadi; koʻp
tomonlama muzokaralar va
muammolarni muhokama qilish ular
faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi;
qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli
bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda,
tavsiyaviy kuchga ega boʻladi.
Hukumatlararo Xalqaro tashkilotlar va


nohukumat Xalqaro tashkilotlar,
shuningdek, umumjahon va mintaqaviy
tashkilotlar farqlanadi.
Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq,
jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va
sh.k. nomlar bilan ataladi.
Oʻzbekiston Respublikasi 50 dan ortiq
nufuzli Xalqaro tashkilotlarning teng
huquqli aʼzosidir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadagi (Shveytsariya) vakolatxonalari, bu dunyodagi eng koʻp xalqaro
tashkilotlarga mezbonlik qiladigan shahar
[1]
.


Xalqaro tashkilotlar:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)
(1992-yil 2-martda)
MDH (1991-yil 21-dekabrdan)
TURKSOY (1993-yil 12-iyuldan)
Turkiy davlatlar tashkiloti
Jahon savdo tashkiloti (1992-1993
yillar)
ECOSAN(1993-yil 20-sentabrda)
Shanxay hamkorlik tashkiloti(SHHT)
(2001-yil 15-iyun)
Osiyo Parlament Assambleyasi(OPA)
(2006-yil)
Interpol (1994-yildan)
MAGATE (1994-yil 21-yanvardan)


UNESCO (1993-yil 26-oktabrdan)
UNIDO (1992-yildan)
NATO (1994-yil 13-iyuldan)
OPEC (2017-yil 30-noyabrdan
(kuzatuvchi sifatida))
EXHT
1. (fransuzcha) François Modoux, "La Suisse
engagera 300 millions pour rénover le
Palais des Nations", Le Temps, Friday 28
June 2013, page 9.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 11-Fevral 2023, 23:14 da
tahrir qilingan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Xalqaro_tashkilot&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Xalqaro_tashkilot&oldid=357
6130" dan olindi


Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 122.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling