- 4-mavzu:Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli
- Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va turlari. Xorijiy investitsiyalarni Oʼzbekiston iqtisodiyotiga jalb qilishning obʼektiv zarurligi.
- Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari.
- Toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotni modernizatsiya qilishdagi roli.
- Xorijiy investorlarga berilgan imtiyozlar, kafolatlar va ragʼbatlantirish omillari.
Chet el investitsiyalariga taʼrif - Chet el investitsiyalari — chet ellik investor tomonidan ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obʼektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga boʼlgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obʼektlariga boʼlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar.
- Prof. D.Gʼozibekovning xorijiy investitsiyalar toʼgʼrisidagi nazariy qarashlarida quyidagi fikrlar bayon etilgan: «Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot subʼekti kapitalini oʼzga iqtisodiyotga muayyan muddatga bogʼlash boʼlib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining oʼzgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar boʼylab kapital koʼchishi yuz beradi»
Chet el investitsiyalariga taʼrif - Iqtisod fanlari doktori N.Qoʼzievaning ilmiy ishlarida xorijiy investitsiyalarning mohiyati toʼgʼrisida: «Kelgusida foyda olish maqsadida kapitalni eksport qiluvchi xorijiy davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslarning kapitalni qabul qiluvchi mamlakatlarga turli koʼrinishdagi boyliklar (koʼchar, koʼchmas mol-mulk, intellektual boyliklar va boshq.) va ulardan olingan daromadlar (foyda, foizlar, dividendlar, litsenziya va komission mukofotlar, royalti, texnik taʼminot va boshqa mukofotlar)ni qoʼyilishiga xorijiy investitsiyalar deyiladi», degan taʼrif keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |