Xalqaro tillar
Download 21.22 Kb.
|
1 2
Bog'liqmillatlararo tillar suniy tillar
Sunʼiy tillar — muayyan maqsadni koʻzlab yaratiladigan va tabiiy tillarning oʻrinbosari sifatida qoʻllanadigan tillar. Sunʼiy tillar maxsuslashuvi moʻljaliga qarab, shuningdek, tabiiy tillar bilan oʻxshashlik darajasiga koʻra farqlanadi: xalqaro yordamchi tillar, matematik yordamchi tillar, informatsion tillar. Xalqaro yordamchi tillar tabiiy tillar bilan yuqori darajada oʻxshash boʻlgan, umumisteʼmolga moʻljallangan, maxsuslashmagan tillardir.
Xalqaro muomala vositasi sifatida Sunʼiy tillar yaratish gʻoyasi fransuz olimi R. Dekart va nemis olimi G. Leybnitsga tegishlidir. Bular tushunchalarning mantiqiy tasnifiga tayanuvchi ratsional til loyihalari boʻlgan. 17—20-asrlarda bunday tillarning 1000 ga yaqin loyihasi yaratilgan boʻlsada, ularning ayrimlarigina (volapyuk, esperanto, ido, interlingva) amalda qoʻllangan. Sunʼiy tillar aprior (tabiiy tillarga bogʻliq boʻlmagan), aposterior (tabiiy tillarning matyorialini oʻzlashtirgan) va aprioraposterior (aralash) tillarga boʻlinadi. Xalqaro muomalaga kirgan dastlabki Sunʼiy tillar volapyuk (ing. world va speak soʻzlarining fonetik oʻzgarishidan: volapiik — "jahon tili") aralash Sunʼiy tillar boʻlib, 1879-yilda Germaniyada I.M. Shleyer tomonidan yaratilgan. Aposterior Sunʼiy tillar dan esperanto 1887-yilda Polshada varshavalik vrach L.L. Zamengof tomonidan yaratilgan. Ido, interlingva, oksidental ham aposterior Sunʼiy tillar larga mansubdir, yaʼni ularning yaratilishida baynalmilal leksikadan unumli foydalanilgan. Matematik yordamchi tillar, boshqacha aytganda, turli moʻljaldagi maxsus St., asosan, mat. mantiq, lingvistika, kimyo, fizika va boshqa fanlarning ramziy (ramzlarga asoslangan) tillaridir. Bunday tillarning yaratilishi ham oʻz tarixiy bosqichlariga ega: matematik ifodalardagi harfiy ramzlar Yevropada 16-asrdan qoʻllangan; matematik mantiq tili 19—20-asrlarda, tilshunoslikning ramziy til unsurlari oʻtgan asrning 20— 40-yillarida paydo boʻlgan. Informatsion tillar, yaʼni insonmashina muomalasiga asoslangan tillar oʻtgan asrning 40-yillarida, EHMning paydo boʻlishi bilan bir davrda shakllana va rivojlana boshlagan (qarang Informatsion tillar). Baʼzan "Sunʼiy tillar" termini shakllanishi va rivojlanishiga insonning ongli taʼsiri yuqori darajada boʻlgan tabiiy tillarning kichik tizimlariga nisbatan ham qoʻllanadi. Masalan, laxja va shevalarga nisbatan adabiy tillar, umumxalq tiliga nisbatan xunarmandlar va maxsus guruhlar tillari Sunʼiy tillar hisoblanadi. Sunʼiy tillar ni har ikki maʼnoda oʻrganish tilning sistemaviylik, kommunikativlik, yaroqlilik, barqarorlik va oʻzgaruvchanlik kabi xususiyatlari haqidagi, shuningdek, insonning tilga ongli taʼsiri chegaralari haqidagi nazariy tasavvurlarni kengaytiradi. Abduvahob Madvaliyev. Download 21.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling