Samsung haqida yana bir jihat ahamiyatlidir: Dubayda qad rostlagan dunyodagi eng baland bino sanaluvchi Burj Xalifa osmono‘pari aynan Samsung'ning qurilish bilan shug‘ullanuvchi "qizaloq kompaniya"si tomonidan qurilgan.
Samsung Group Koreya YaIMning katta qismini tashkil qiladi
Hozirgina Samsung Group tarkibiga qancha kompaniya va ishchi xodim kirishi haqida ma’lumot berib o‘tdik. Bularning barchasi Samsung, o‘zi joylashgan Janubiy Koreya davlati yalpi ichki mahsulotining anchagina qismini tashkil etishini anglatadi, albatta. 2017 yilda CNN nashri Samsung Group Koreya YaIMning 15% ulushiga egalik qilishi haqida ma’lumot bergan edi. Hozirda esa, Koreya fond birjasida Samsung Group'ning subsidiyalari 20% ulushga ega. Bu ulushning katta qismini esa birgina Samsung Electronics bo‘limi tashkil qiladi.
Samsung'ning elektronika sohasiga kirib kelishi 1970-yilgi oq-qora televizor bilan bo‘ldi
Samsung yaratgan ilk elektron qurilma bu 1970-yilgi rangsiz televizor edi. Keyingi o‘n yilliklar ichida esa kompaniya sezilarli darajada kengayib, o‘zining 1986-yilgi avtomobilga o‘rnatiluvchi telefoni bilan mobil olamga qadam tashladi. Kompaniyaning dastlabki oynai jahon qurilmalarini iste’molchilar iliq kutib oldi, biroq telefon apparati esa tijoriy jihatdan muvaffaqqiyatsiz bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |