Xalqaro turizmda xizmat ko’rsatish. Gid xizmati reja
Download 387.8 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu Xalqaro turizm bozori
Kasb va mutaxassislik. Gidlarning kasbiy mahoratini takomillashtirishning
asosiy yo‘nalishlaridan biri mutaxassislikdir. Eng avvalo «kasb» va «mutaxassislik» kabi ikki tushunchaning mazmuni va o‘zaro aloqasini aniqlab olamiz. Kasb – aniq bilim va ko‘nikmalar jamlanmasini talab qiluvchi mehnat faoliyati shaklidir. Mutaxassislik – bir kasb zahirasidagi faoliyat turi. Masalan: vrach bu – kasb bo‘lsa, terapevt, jarroh, stomatolog bu - mutaxassislik va sh.k. Kasb asosiy faoliyat turi bo‘lsa, «mutaxassislik» tushunchasi ma’lum kasb doirasida bilim va mahoratga erishganlik darajasini ko‘rsatadi, ya’ni, mutaxassis bu biror mutaxassislikni professional egallagan ishchidir. Gidlarni tayyorlash jarayonining vazifasi - mutaxassislarni malakali gid qilish, ya’ni gid kasbining zaruriy bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi uchun har bir mutaxassisga yordam berishdir. Bunda ishni shunday tashkil etish kerakki, ekskursiya muassasasiga kelgan kishi o‘z mutaxassisligini nafaqat saqlab qolsin, shu bilan birga uni takomillashtirib, ekskursiya xizmatini yaxshi tashkil etishi uchun o‘z vazifasini mustahkamlasin. Tarix o‘qituvchisi gid bo‘lganidan keyin tarixiy mavzuda ekskursiyalar o‘tkazishi maqsadga muvofiqdir. Undan tabiatshunoslik mavzusida ekskursiya mavzusini tayyorlashni talab qilish noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu mavzudagi ekskursiyalarni mutaxassis – biolog, geograf tayyorlashi maqsadlidir. Ekskursiya muassasalari va davlat muzeylari qoshida gidlarning malakasini oshirish kurslari tashkil etilgan (tarixiy, adabiyot, tabiatshunoslik, va sh.k.). Masalan, Samarqand viloyatining Davlat muzey-qo‘riqxonasi qoshidagi gidekskursovodlarni tayyorlash o‘quv markazida 216 soatlik «Ekskursiya xizmatlarini tashkil etish» qayta tayyorlash kursi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu kursni tamomlagan tinglovchilarga «O‘zbekturizm» MK tomonidan «Samarqand shahri gidi» ixtisosligi bo‘yicha qayta tayyorlash haqida guvohnoma beriladi. Hozirda ushbu kursda 2013 yilda jami 116 nafar, 2014 yilda jami 107 nafar tinglovchi o‘qidi. Download 387.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling