Turni tashkil etish kundalik brifing o‘tkazishni talab etadi, ya’ni gid turistlar
bilan
guruhdagi vaziyatni, mahalliy aholi bilan o‘zaro munosabatni, servis va
taassurotlarni
muhokama qilishi, yuzaga kelgan muammoni aniqlab, birgalikda
yechimini topishi kerak. Odatda ikki marotaba brifing o‘tkaziladi:
-
ertalabki, nonushtadan keyin, unda gid guruhni oldinda kutayotgan
hodisalar, xavfsizlik choralari, yo‘ldagi sanitar to‘xtash joylari, marshrutda o‘zini
tutish qoidalari haqida qisqacha eslatib o‘tadi;
-
kechki, ovqatdan keyin, unda kunning
natijalari umumlashtiriladi,
zaruriy holatlarda o‘zgartirishlar kiritiladi, hudud to‘g‘risida qo‘shimcha
ma’lumotlar beriladi(o‘lka tarixi, etnografiyasi, flora va faunasi).
Turistlar (ekskursantlar) bilan ishlaganda gid qat’iyatli bo‘lishi, kerak
bo‘lganda rad javobini ham bera olishi lozim. U odamlarni bir jamoa bo‘lib
ishlashga yo‘naltirishi, muammo tug‘ilganda ular
bilan alohida gaplashib olishi,
nizo chiqarmasligi kerak.
Gid har doim guruhning barcha a’zolariga bir xil munosabatda bo‘lib,
barchani suhbatga chorlashi, o‘zini ko‘rsata olgan norasmiy liderlar bilan
hamkorlikda ishlashi maqsadlidir. Eng asosiysi turistlarni (ekskursantlar)
milliy
hunarmandchilik, an’analar va madaniyatni qo‘llab-quvvatlashga chorlashdir. Ular
usta-hunarmandlarimiz yasagan suvenirlarni bajonidil harid qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: