Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar


Download 25.26 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi25.26 Kb.
#1522006
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar


XALQARO TURIZMNING RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

1. Geografik omillar


2. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va demografik omillar
3. Sayyohlar xavfsizligi

1. Geografik omillar


Tabiiy geografik omillar. Kishilar tabiat qo‘yniga chiqib, juda ko‘p manzarali joylarni ko‘rish va ulardan bahramand bo‘lishga intiladi. Sayyohlik, dam olish uchun tabiiy sharoitning xilma-xilligi darajasi va xususiyati muhim ahamiyatga ega. YA’ni ma’lum bir hududning yer usti ko‘rinish manzarasi (landshafti), išlimi, o‘simlik va hayvonat dunyosi xilma-xilligi kishilarning dam olishi, o‘z salomatligini tiklashi uchun asosiy vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Shu sababli sayyohlik firmalari ekzotik, betakror tabiiy obyektlarni ko‘proq reklama qilishadilar. Ayniqsa Osiyo, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniya kabi mamlakatlar o‘zining diqqatga sazavor tabiiy ekzotikalari bilan Yevropa va Shimoliy Amrikalik sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Kolumbiyada «Kolumbiya qushlari» nomi bilan ataladigan noyob sayyohlik turi, «Pan-Ameriken» aviakompaniyasining 24 kunlik Avstraliya va Yangi Zelandiyaga qimmat baho toshlar va minerallarni topish uchun sayohat uyushtirishi misol bo‘ladi.
Xalqaro turizmni rivojlantirishda mamlakat va hududning geografik o‘rni ya’ni uning dengiz va okeanga yaqinligi, qirg‘oq chiziqlarining xususiyati, turli xil suv, avtomobil va temir yo‘llar bilan kesishish joyi, tog‘li va o‘rmon manzarali joylarga yaqinligi, ular bilan ta’minlanganlik darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, xalqaro turizmni rivojlanishda Yevropa mamlakatlari, Vest Indiya, Singapur kabi mintaqalar va hududlar geografik joylanish xususiyati bilan alohida ajralib turadi.
Ko‘p minglab turistlarning kelib ketishida turistik o‘lkaning yer usti tuzilishi relyefi katta rol o‘ynaydi. Tog‘li, xush manzarali, murakkab relyef tuzilishiga ega bo‘lgan o‘lkalar turistlar oqimini o‘ziga ko‘proq jalb qilishadi. Murakkab tog‘ relfi landshafti estetik jihatdan tekislik, yassi hududlarga nisbatan turistlarni ko‘proq jalb etish imkoniyatiga ega. Tog‘li o‘lkalar o‘zining toza va sof havosi bilan ajralib, tog‘ sportini rivojlantirish imkonini tug‘diradi. Yevropaning Alp, Osiyoning Ximoloy, Afrikaning Atlas, Amerikaning Kordilyera va Avstraliyaning Katta suv ayirg‘ich tog‘lari, Yangi Zellandiyaning Janubiy Alp to¼lari xalqaro turizm sohasida yirik markazlarga aylanishi bejiz emas.
Xalqaro turizmning rivojlanish jarayonlari ko‘p xollarda mamlakatlar va hududlarning tabiiy iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘rinda tabiiy išlim sharoiti yetakchi o‘rinni egallaydi. Tabiiy išlim sharoiti turizm harakatini mavsumiy xarakterga aylantiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Tabiatda ob-havoning o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanish hodisalari, tabiat injiqliklari turistlar oqimining keskin kamayishiga sababchi bo‘ladi. Shu sababli turizmning eng rivojlangan mintaqalari yer sharining mutadil iqlim zonalariga to‘g‘ri keladi. Jumladan, O‘rtayer dengizi, qora dengiz, Karib dengizi, Adriatika dengizi, Boltiš dengizi, Yapon dengizi, Janubiy Xitoy dengizi qirg‘oqlarida joylashgan mamlakatlarda turizm xalqaro ahamiyatga ega.

Download 25.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling