Xalqaro Unicef tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzadening it park Qashqadaryo viloyat filialiga tashrifi bo‘yicha ma’lumotnoma


Download 14.26 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi14.26 Kb.
#1226110
Bog'liq
Qashqadaryo viloyat hokimi M


Xalqaro Unicef tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzadening IT Park Qashqadaryo viloyat filialiga tashrifi bo‘yicha
MA’LUMOTNOMA


Qashqadaryo viloyat hokimi M.Azimovning taklifiga ko‘ra Unicefning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade 16-fevral kuni Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi IT Park filialiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida vakolatxona rahbari, axborot texnologiyalari sohasida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, dasturlash kurslari, IT Parkning autsorsing bilan shug‘ullanuvchi rezident kompaniyasi faoliyati, yoshlar tomonidan yaratilgan va hayotga tadbiq etilgan startap loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek eng asosiy va dolzarb bo‘lib turgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan yoshlarni va ayniqsa qiz bolalarni zamonaviy kasblarga bepul, grand asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. O‘tgan yili IT Park va Unicef tomonidan yo‘lga qo‘yilgan SkillsforGirls loyihasi natijalari haqida iliq fikr bildirib, loyihada ishtirok etgan qizlarning fikr-mulohaza va takliflari bilan tanishdi. Munir Mamedzade o‘quvchi qizlarga murojaat qilib, ota-onalarning qizlarni ta’lim olishiga e’tibori kamligini va ushbu kabi loyihalar orqali ularga qizlarning ta’limiga e’tiborini kuchaytirish, o‘zlari mustaqil hayotda qiynalmasligi uchun ayniqsa zarurligini ta’kidladi. Bu yil ham viloyat hokimligi, IT Park bilan hamkorlikda viloyatning eng chekka tumanlarida ham qizlarni IT ta’limiga bag‘ishlangan loyihalarni yo‘lga qo‘yish va ularga grand ajratish kelishib olindi.
Download 14.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling