Xalqaro xavfsizlik huquqining asosini xalqaro huquqning
Download 53.06 Kb.
|
yakuniy
2. Xavfsizlikni ta’minlashning xalqaro-huquqiy vositalari Zamonaviy xalqaro huquq o‘z mohiyati jihatidan tinchlik huquqi deb ataladi. SHuning uchun xalqaro huquqning urushning oldini olishga tegishli bo‘lmagan qonun-qoidalari ham xalqaro xavfsizlikni mustahkamlashga yordam beradi. Xalqaro xavfsizlikni ta’minlab berishning asosiy yo‘nalishlaridan biri davlatlar tomonidan xalqaro huquq asosida zimmalariga olingan majburiyatlarni to‘liq amalga oshirishdir. Xalqaro xavfsizlik huquqining asosini xalqaro huquqning: - kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik; - nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; - qurolsizlanish tamoyillari tashkil etadi. Hozirgi kundagi asosiy vazifa yuqorida keltirilgan tamoyillarning tinchlikni saqlash va urushning oldini olishdagi mavqei, ularning samaradorligini oshirishdir. Ushbu maqsadga bir qancha yo‘llar bilan erishish mumkin. Birinchi yo‘l — barcha davlatlarning o‘zini-o‘zi nazorat etishi va javobgarligini, xalqaro hamjamiyat oldida mas’uliyatlarini oshirish. Ikkinchi yo‘l — kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid solmaslik hamda nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyillaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni milliy qonunchilikda mustahkamlash. Uchinchi yo‘l — xalqaro huquq tamoyillarini rivojlantirish va aniqlashtirish. To‘rtinchi yo‘l — xalqaro nazorat va majburlash mexanizmlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun mavjud xalqaro mexanizmlarni rivojlantirish. Xalqaro xavfsizlikning maxsus tamoyillari me’yoriy xarakterga ega. Ularning orasida o‘zaro teng xavfsizlik tamoyilini va boshqa davlatlar xavfsizligiga ziyon etkazmaslik tamoyilini ajratib ko‘rsatish mumkin. O‘zaro teng xavfsizlik tamoyilining asosiy bo‘g‘inlari: birinchidan, har bir davlatning xavfsizlikka bo‘lgan huquqi; ikkinchidan, barchani bir xil ravishda xavfsizlik bilan ta’minlash; uchinchidan, muzokaralarda qatnashayottan tomonlarning (muayyan darajalarga ajratmay) xavfsizlik sohasidagi manfaatlarini bir xil hisobga olish; to‘rtinchidan, manfaatlar muvozanati asosida kelishuvga erishishdan iborat. Boshqa davlatlar xavfsizligiga ziyon etkazmaslik tamoyiliga asosan, xavfsizlikni boshqalar hisobidan mustahkamlab bo‘lmaydi. Hech kim, hech bir davlat bir tomonlama ustunlikka ega bo‘lishi mumkin emas.SHu erda xalqaro huquqning urushning oldini olishda shart-sharoit yaratib beradigan normalariga to‘xtalib o‘tish zarur.Xalqaro yalpi xavfsizlik to‘g‘risidagi konsepsiya yuqorida zikr etilgan normalar haqidagi fikrlarni kengaytiradi. U an’anaviy harbiy va siyosiy yo‘nalishlardan tashqari boshqa gumanitar va ekologik muammolarni ham qamrab oldi. Xalqaro huquq xalqaro xavfsizlikni ta’minlab berishning aniq chora-tadbirlariga ega bo‘lib, ularga: - nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish vositalari, kollektiv xavfsizlik (umumiy va mintaqaviy); - qurolsizlanish; - xalqaro xavf-xatarni kamaytirish, qurollanish poygasining oldini olish va uni cheklash chora-tadbirlari; - yadroviy urush va to‘satdan hujum qilishning oldini olish cho-ralari, qo‘shilmaslik va betaraflik; - agressiya, tinchlikni buzish yoki unga taxdid solish harakatlarini bartaraf etish (o‘zini o‘zi himoya qilish, xalqaro tashkilotlarning harakatlari); - alohida xududlarni neytrallashtirish va demilitarizatsiya qilish; - chet el harbiy bazalarini yo‘q qilish; - tinchlik zonalarini tashkil etish; - davlatlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlash chora-tadbirlari kiradi. YUqorida keltirilgan vositalar xalqaro-huquqiy vositalar bo‘lib, shartnomalar tomonidan tartibga solinadi va zamonaviy xalqaro huquq tamoyillari va normalari asosida hayotga tatbiq etilishi lozim.
1. Urush olib borishni xalqaro-huquqiy tartibga solish. Xalqaro gumantar huquq tushunchasi Xalqaro gumanitar huquq normalari faqat tinchlik davrida emas, balki urush va qurolli ziddiyatlar davrida ham amal qiladi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng 200 dan ortiq qurolli to‘qnashuvlar va ziddiyatlar bo‘lib o‘tdi. Ular o‘zining ijtimoiy xarakteri va maqsadidan (davlatlararo, fuqarolik urushi), qonuniyligi (mudofaa, milliy-ozodlik, BMT Ustaviga asosan harbiy sanksiyalar) yoki noqonuniyligi (agressiv urushlar, urush agressiyasi)dan qat’i nazar, harbiy ziddiyatlar qatoriga kiradi. Bunday xalqaro huquqiy normalar urush qonunlari va an’analari yoki xalqaro gumanitar huquq deb ataladi.Xalqaro gumanitar huquqi — qurolli mojarolar davrida qo‘llaniladigan, qurolli kurash olib borishning ma’lum usullari va vositalarini qo‘llashni taqiqlovchi yoki cheklovchi, bunday kurashlar davomida inson huquqlarini ta’minlovchi va ular buzilganligi uchun xalqaro-xuquqiy javobgarlikni belgilovchi yuridik normalar va tamoyillar tizimidir.Xalqaro hukuqning ushbu sohasi turli manbalarda turlicha: qurolli mojarolar davrida qo‘llaniladigan huquq, xalqaro gumanitar huquq, urush huquqi, qurolli mojarolar huquqi, urush qonunlari, odatlari va hokazolar tarzida nomlanadi.Xalqaro huquqning amaldagi normalari xalqaro qurolli ziddiyatlarga ham, xalqaro maqomga ega bo‘lmagan qurolli ziddiyatlarga ham taalluqlidir.Davlatlar va boshqa ishtirokchilarning qurolli to‘qnashuvlar davridagi faoliyatini tartibga solib turuvchi xalqaro-huquqiy jihatlar orasida 1899 va 1907 yilgi Gaaga konvensiyalari alohida o‘rin tutadi. Ushbu konvensiyalar urush harakatlarining boshlanishi, quruqlikdagi urushning qonun-qoidalari, betaraf davlat va shaxslarning quruqlik yoki dengizdagi urush harakatlaridagi huquq va majburiyatlar, savdo kemalarini harbiy kemaga aylantirish borasidagi tartib-qoidalar keltirilgan. Mazkur tartib-qoidalar 1949 yilgi Jeneva konvensiyasida o‘zining aksini topgan. 1. Xalqaro nizo tushunchasi "Xalqaro nizo" tushunchasi asosan davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklarni va ziddiyatlarni, xususan tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinayotgan vaziyatni belgilash uchun ishlatiladi.Nizo yoki ziddiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab, to uning o‘sishi va hal etilishiga qadar xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyili amalda bo‘lishi lozim. Zero ushbu tamoyil xalqaro huquqning hamma tomonidan tan olingan va umume’tirof etilgan imperativ tamoyilidir.BMT Ustavida nizoli xalqaro munosabatlarni kvalifikatsiya qilish uchun "nizo" va "vaziyat" tushunchalari qo‘llaniladi.Xalqaro huquq nazariyasi, Xavfsizlik Kengashi amaliyoti hamda BMT Xalqaro Sudining tajribasiga asosan, nizo — ikkita davlat o‘zlarini qiziqtirayotgan bir soha bo‘yicha bir-birlariga talablarni e’lon qilishlaridir.Vaziyat esa davlatlar manfaatlarining to‘qnashuvidan kelib chiqib, o‘zaro talablarsiz paydo bo‘ladi, ya’ni ikkita davlat o‘rtasida qandaydir tushunmovchiliklar paydo bo‘lsa ham ular bir-birlariga o‘zaro talablar e’lon qilmaydilar. "Vaziyat" tushunchasi "nizo" tushunchasiga qaraganda kengroqdir.BMT Ustavi nizo va vaziyatlarni yuqorida ko‘rsatilgan ikki toifaga bo‘lish qoidalarini o‘rnatmaydi, ushbu masala echimini to‘liq Xavfsizlik Kengashiga topshiradi. SHuning uchun xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyili tinchlik va xavfsizlikka taxdid solishdan qat’i nazar, barcha xalqaro nizolar va vaziyatlarga tegishlidir. Xalqaro nizolar turli asoslar: birinchidan, nizolarning ob’ekti yoki predmetiga; ikkinchidan, tinchlikka solinayotgan xavf-xatarning darajasiga; uchinchidan, turli hududlar (dunyo miqyosidagi, mintaqaviy, mahalliy)ga yoyilganligiga; to‘rtinchidan, sub’ektlar soni (ikkitomonlama va ko‘ptomonlama)ga ko‘ra tasniflanadi. BMT Ustavida huquqiy va siyosiy nizolar orasida aniq chegara o‘rnatilmagan. SHu bilan birga BMT Xalqaro Sudi Statuti 36-moddasining 2-bandida yuridik xarakterdagi nizolar, deganda nimalarni anglash zarurligi to‘g‘risidagi tushunchalar ko‘rsatilgan. Masalan, BMT Xalqaro Sudi yurisdiksiyasi ostidagi yuridik nizo deganda u yoki bu sohadagi nizolar, xalqaro huquqning barcha sohalariga tegishli turli qoidabuzarliklar tushuniladi.Xalqaro nizolar orasida hududiy nizolar alohida o‘rin tutadi. Ushbu nizolar ko‘pincha xavfli siyosiy bo‘xronlar va qurolli to‘qnashuvlarni keltirib chiqaradi. 6. Dengizdagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish va xalqaro dengiz tashkilotlari Dunyo okeanlaridan foydalanish bo‘yicha davlatlararo munosabatlarning mukammallashuvi xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishning yangi va samarali tizimini barpo etishni taqozo etdi. BMTning Dengiz huquqi bo‘yicha uchinchi konferensiyasi oldiga aynan shu masalani hal etish vazifasi qo‘yilgan edi. Ushbu konferensiyada qabul qilingan 1982 yilgi Konvensiyaga asosan barcha nizolar BMT Ustavi asosida tinch yo‘l bilan hal etilishi lozim. Muzokaralar yordamida hal etilmay qolgan nizolar tomonlarning ixtiyoriga ko‘ra, kelishuv kelishtiruv jarayoniga, bir tomonning ixtiyoriga ko‘ra albatta qaror chiqariladigan (hal etilgan) jarayon ixtiyoriga havola etildi. Konvensiyada bunday turdagi to‘rtda jarayon: birinchidan, BMTning xalqaro sudi; ikkinchidan, dengiz huquqi bo‘yicha xalqaro tribunal; uchinchidan, arbitraj; to‘rtinchidan, maxsus arbitraj to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Hozirgi davrda faoliyati dengiz hududlari va boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlarni sanab o‘tish mumkin. Ular orasida markaziy o‘rinni: - Xalqaro dengiz tashkiloti; - Dengiz yo‘ldosh aloqasi xalqaro tashkiloti; - YUNKTADning kema qatnovi bo‘yicha qo‘mitasi; - YUNESKOning hukumatlararo okeanografik komissiyasi egal-laydi. Xalqaro dengiz tashkiloti (XDT) BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi bo‘lib, 1958 yildan buyon faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu tashkilot BMTning xalqaro dengiz konferensiyasida 1948 yida qabul qilingan konvensiyasi asosida tashkil etilgan. 1990 yilga kelib 133 davlat shu tashkilotning a’zosi edi. XDT ichki tuzilishi quyidagicha: - Assambleya - oliy vakillik organi; - Kengash-ijroya organi; - Qo‘mitalar: dengizda xafsizlik bo‘yicha, dengiz boyliklarini himoya qilish, yuridik okeanografik komissiya. Ushbu komissiya 1972 yildan boshlab mustaqil muassasa tariqasida ish olib bormoqda.XDTning asosiy vazifasi dengiz savdo flotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etishda davlatlar hamkorligiga yordam berish, dengizda xavfsizlikni ta’minlash va kema qatnovi samaradorligini oshirish, kemalardan dengizga tushayotgan zaharli moddalardan atrof-muhitni muhofaza etishdan iborat. Ushbu muammolarni hal etishda XDT har xil xalqaro hujjatlarni ishlab chiqish ishlarida ishtirok etadi.1960 yidda YUNESKO qoshida YUNKTADning kema qatnovi bo‘yicha Hukumatlararo qo‘mitasi tashkil etildi. U mollarni dengizda tashishning iqgisodiy jihatlarini ishlab chiqish va ushbu turdagi faoliyatni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalala-rini hal etishga chaqirilgan. 4. Ochiq dengizning huquqiy maqomi va xalqaro kanallarntng huquqiy maqomi. Ochiq dengiz to‘g‘risidagi 1958 yilgi Konvensiyaga asosan ochiq dengiz deganda hududiy dengizning tashqi chegaralari tashqarisida yotgan kenglik tushiniladi. Ushbu hudud barcha millatlar tomonidan umumiy va teng huquqiy tartibda foydalanish uchun ochiq bo‘lib, ushbu hududga qandaydir bir davlatning suvereniteti yoyilmaydi.Ochiq dengiz huquqiy maqomining asosini ochiq dengizdan foydalanish erkinligi tamoyili tashkil etadi.Ochiq dengizdan foydalanish erkinligi tamoyili odat huquqi sifatida shakllanib, hozirda 1958 va 1982 yilgi Konvensiyalarda o‘z aksini topgan.Ochiq dengizdagi yurisdiksiya masalasiga kelsak, 1958 va 1982 yilgi Konvensiyalar kema tegishli bo‘lgan davlatning kemaga nis-batan mutlaq yurisdiksiyasini mustahkamlaydi.Lekin bu erda ayrim muammolar ham mavjud. Masalan, ayrim xalqaro shartnomalarda belgilangan, harbiy kemani boshqa davlatlar kemalarni to‘xtatish va ko‘zdan kechirish huquqi bo‘yicha munozarali nuqtalar bor.1982 yilgi Konvensiya yana milliy tenglikligi aniq emas yoki sanksiyalanmagan radio aloqa bilan shug‘illanuvchi, shuningdek, ayrim davlatlarning iltimoslariga ko‘ra o‘sha davlatning noqonuniy ravishda Giyohvand moddalar yoki psixotrop vositalar bilan savdo qilayotgan kemasini ham to‘xtatish hamda ko‘zdan kechirish qo‘lanishi mumkinligi to‘g‘risida so‘z yuritadi. Agar shubhalar asossiz bo‘lsa, bunday kemalarga etkazilgan ziyon to‘lab berilishi lozim.Kema tegishli bo‘lgan davlat yurisdiksiyasiga yana issiq izlar bo‘yicha ta’qib qilish kirmaydi. Bunday harakatlar faqat harbiy kemalar (harbiy havo kemasi) yoki davlat xizmatida bo‘lib, vakolatga ega bo‘lgan kema va apparatlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.Kema qatnovi xavfsizligini ta’minlash muhimdir. Kema tegishli bo‘lgan davlat dengizda xavfsizlikni ta’minlab beruvchi barcha chora-tadbirlarni ko‘rish, xususan, birinchidan, suzishga yaroqlilik, konstruksiya va asbob-uskunalarning ishga qodirligi; ikkinchidan, komplektatsiya, mehnat sharoitlari va ekipajning tayyorgarligi; uchinchidan, signallardan foydalanish, aloqaning yaxshiligi, to‘qnashuvning oldini olish majburiyatiga ega.
5. Kontenental shelf va xalqaro dengiz osti rayonining huquqiy maqomi. 1958 yilgi Konvensiyaga binoan kontinental shelf deganda hududiy dengiz tashqarisida bo‘lgan 200 milgacha bo‘lgan dengiz qa’ri, yoki boyliklari joylashgani tushuniladi. Orollar o‘z kontinental shelfiga ega.Qirg‘oqbo‘yi davlati kontinental shelfning tabiiy resurslarini razvedka qilish va qazib olish bo‘yicha suveren huquqlarga ega.Boshqa davlatlar bunday ishlarni faqat qirg‘oqbo‘yi davlatining roziligi bilan amalga oshirishi mumkin.1982 yilgi Konvensiya ushbu institutga sezilarli o‘zgartirishlar kiritgan. Ular kontinental shelfning tashqi chegarasi va huquqiy maqomiga tegishlidir. 1982 yilgi Konvensiyaga binoan kontinental shelf bu hududiy dengizdan tashqarida bo‘lgan dengiz qa’ri hududlari, qirg‘oqbo‘yi davlatining qirg‘og‘i bo‘yicha, to 200 milgacha bo‘lgan masofadagi hududlar tushuniladi. Lekin qit’aning suv osti qismi qirg‘oqdan 200 mildan ortiqroq masofaga cho‘zilgan bo‘lsa, to kontinental shelfning tashqi chegarasi yoki 350 mil bilan chegaralanadi yoki 2500 metr chuqurlikdan 100 milya masofagacha o‘lchanadi.1986 yilgi Konvensiya 200 mildan tashqarida bo‘lgan kontinental shelfning tashqi chegaralarini o‘rnatish ishlarini baynalmilallashtirdi. Konvensiyaga asosan kontinental shelfning chegaralari bo‘yicha komissiya tashkil etilmokda. Davlatlar esa 200 mildan tashqarida bo‘lgan chegaralarni o‘rnatish borasidagi takliflarni ushbu komissiyaga takdim etadilar. Komissiya esa tavsiya berish huquqiga ega. SHu asosda davlatlar kontinental shelf chegaralarini o‘rnatishlari mumkin. Qirg‘oqbo‘yi davlatining huquqlari kontinental shelfni o‘rab turuvchi suv va havo bo‘shlig‘i maqomini cheklamaydi.Davlatlar o‘rtasida kontinental shelfni bo‘lib olish, agar qarama-qarshi va qo‘shilib ketgan qirg‘oqlar bo‘lsa, xalqaro huquq asosida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi.BMTning 1982 yilgi dengiz huquqi bo‘yicha Konvensiyasi milliy yurisdiksiyaga tegishli bo‘lmagan dengiz va okeanlar qa’ri va boyliklari tushuniladigan hududning huquqiy maqomini baynalmilallashtirish borasida bir qancha qoidalar o‘rnatgan. Xalqaro rayondagi faoliyat u erdagi boyliklarni razvedka qilish va qazib olishni bildiradi. Resurslar (boyliklar) deganda shu rayondagi barcha mineral boyliklar tushuniladi. U erdan qazib olinayotgan boyliklar foydali qazilmalar sifatida e’tirof etiladi.Ushbu rayon va uning boyliklari insoniyatning umumiy boyligidir. 1982 yilgi Konvensiyada esa barcha davlatlarni bunday rayonlarga o‘z suvereniteti yoki huquklarini e’lon qila olmasligi, u erdagi tabiiy boyliklarni o‘zi uchun o‘zlashtira olmasligi va bunday rayonlardagi barcha resurslar butun insoniyatga tegishli ekanligi to‘g‘risida uqtiriladi. Bunday rayonlardagi faoliyat butun insoniyat foydasini ko‘zlab amalga oshiriladi, lekin bu erda rivojlanayotgan davlatlar manfaatlari alohida hisobga olinishi lozim; ular tomonidan bunday zonadagi faoliyat rag‘batlantiriladi. Rayonning maxsus tartibi uni o‘rab turgan suvlar va uning ustidagi havo bo‘shlig‘iga tegishli bo‘lgan huquqiy maqomga halaqit qilmaydi.Rayondagi faoliyat ishtirokchi davlat korxonalari yoki, agar davlat nomidan bo‘lsa, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 5. Jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha Xalqaro hamkorlik va xalqaro tashkilotlar Jinoyachilikka qarshi kurash ijtimoiy va gumanitar muammo sifatida BMTning amaliy faoliyatining yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bilan bevosita BMTning jinoyachilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala qilishning oldini olish bo‘yicha Kongress hamda jinoyachilikning oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha BMT Qo‘mitasi shug‘ullanadi. Kongressning asosiy maqsadi turli davlatlarning milliy darajada erishgan yutuqlarini hisobga olgan holda jinoyachilikning oldini olish va unga qarshi kurash hamda huquqbuzarlar bilan muomalada bo‘lishning yo‘nalishlari va vositalarini aniqlashdan iborat. Jinoyat politsiyasi Xalqaro tashkiloti (Interpol) jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha amaliy ishlarni olib boradi. Tashkilotning maqsadi jinoyat politsiyasining barcha organlarini keng o‘zaro hamkorlik qilishga ko‘maklashish, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashga yordam berishi mumkin bo‘lgan muassasalarni tashkil etishdan iborat. Birinchidan, tashkilotning jinoyatchilarni hisobga olish markazi hisoblanishi Interpol maqsadlariga erishishiga xizmat kiladi. Ikkinchidan, Interpol xalqaro qidiruvni amalga oshiradi. Jinoyatchi topilganida politsiya o‘z davlatining qonunlarida belgilangan tartibda uni qo‘lga oladi va o‘z Milliy Markaziy Byurosini xabardor qiladi.Interpolning keng ma’noda axborot markazi sifatidagi ham roli juda muhim. Bu borada statistik va axborot xizmatlari, texnik yordam muvaffaqiyatli faoliyat olib bormokda. Interpol quyidagicha xalqaro qidiruv ishlarini amalga oshiradi: 1. Oddiy qidiruv — "Qizil sirkulyar" barcha Interpolga a’zo davlatlarda qo‘lga olish talabi bilan amalga oshiriladi. "Ko‘k sir-kulyar" qidiruv to‘g‘risidagi talab Interpolga a’zo davlatlarga tarqatiladi va bundan tashqari bedarak yo‘qolganlar kartotekasidan foydalaniladi. 2. 3 oygacha tezkor qidiruv — qo‘lga olish haqidagi talab muayyan mintaqadagi mamlakatlarga yoki bir necha davlatlarga radio, telegraf va boshqa vositalar orqali beriladi. 3. Oddiy qidiruv — "YAshil sirkulyar" vakolatli organlarga kuzatib borish va xulq-atvori to‘g‘risida xabar berish talab qilinadi. 4. Aralash qidiruv — "Qizil va yashil sirkulyar" birgalikda qo‘shib olib boriladi, ba’zi bir davlatlarda qo‘lga olish va boshqa bir davlatlarda kuzatuv ostiga olish talab qilinadi. "Qora sirkulyar" Interpolga a’zo davlatlarga jasadning shaxsini fotosurat bo‘yicha aniqlash talabi bilan tarqatiladi. Aniqlanmagan jasadlar kartotekasidan foydalaniladi. Maxsus nashrlar o‘g‘irlangan narsalar fotosuratlari byuletenidan, shuningdek, maxsus kartoteka va EHM ma’lumotlar bankidan foydalanladi. 1. Xalqaro iqtisodiy huquq tushunchasi Xalqaro iqtisodiy huquq — xalqaro huquqning alohida mustaqil sohasi bo‘lib, xalqaro huquq sub’ektlarining xalqaro iqtisodiy aloqalar sohasidagi munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat. Xalqaro shartnomalarning xalqaro iqtisodiy aloqalarning muhim manbai sifatida tutgan o‘rnini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Xalqaro hamjamiyat hayotida iqgisodiy munosabatlar majmuini universal asosda huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga intilish va zaruriyat kuchayib bormoqsa. Xalqaro iqtisodiy huquq zamonaviy xalqaro huquq sohasi sifatida shakllandi, biroq hali ushbu jarayon o‘z nihoyasiga etganicha yo‘q. Mazkur xalqaro xuquq sohasi unga tegishli normalarni universal asosda ma’lum tizimga solinishini (kodekslashtirilishini) talab qiladi. Davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish shakli xalqaro huquqning umumiy holatini ifodalaydi. Xalqaro iqtisodiy huquq normalari shakllanishida va qabul qilinishida xalqaro tashkilotlar rezolyusiyalari, shuningdek, Xalqaro konferensiyalar va yig‘ilishlarda qabul qilingan hujjatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHu munosabat bilan xalqaro tashkilotlar rezolyusiyalari mazmuni asosida vujudga keladigan xalqaro iqtisodiy huquqning umumiy normalari ahamiyatini ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq. 2. Inson huquqlariga oid xalqaro standartlar Inson huquqlarini hurmat qilish tamoyilining mazmunini ushbu davlat yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan barcha shaxslarga nisbatan bu huquqlarni biron-bir kamsitishlarsiz hurmat qilish va unga rioya etish bo‘yicha davlatning majburiyatlari tashkil qiladi. Agar xalqaro xuquq va davlat ichki huquqi nisbatining dualistik nazariyasidan kelib chiqilsa, davlat tomonidan alohida shaxslarga va ularning guruhlariga (jamoalarga) ichki huquq orqali tegishli huquq va erkinliklar beriladi. Boshqacha qilib aytganda, individlar va ularning guruhlari xalqaro hamjamiyatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hech qanday huquq olmaydilar.Inson huquqlarini hurmat qilish tamoyili xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biri sifatida 1945 yilda BMT Ustavini qabul qilinishi bilan qaror topdi. U Ustavda xalqaro huquq tamoyillari orasida ko‘rsatib o‘tilmagan. Biroq Ustavning 1-moddasi (Z-bandi)da BMT maqsadlaridan biri "inson huquqlari va asosiy erkinliklarini barcha uchun irqidan, jinsidan, tili va dinidan qatiy nazar, istisnosiz hurmat qilish" borasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish hisoblanadi deb ko‘rsatilgan. Ushbu tamoyilni Ustavda bilvosita mustahkamlangan deb hisoblanadi. Bu Ustavning 55-moddasida o‘z tasdig‘ini topgan, unda BMT "barcha uchun irqidan, jinsidan, tili va dinidan qat’i nazar istisnosiz inson huquklari va asosiy erkinliklarini har tomonlama hurmat qilish va rioya etish"ga ko‘maklashadi, deyiladi. 1975 yildagi Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining YAkunlovchi hujjatida inson xuqukdarini hurmat qilish tamoyili haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘z boradi.Xalqaro huquqning har qanday tamoyilini hayotga tadbiq qilish uchun ularni xalqaro huquqning shartnomaviy va odat normalarida belgilanishi lozim. Inson huquqlarini hurmat qilish tamoyilini belgilovchi va rivojlantiruvchi xalqaro-huquqiy majburiyatlar, odatda inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar deb ataladi. Bu — davlatlarning nafaqat o‘z yurisdiksiyasi ostidagi shaxslarga qandaydir muayyan huquq va erkinliklar berish majburiyati, balki bunday huquq va erkinliklarga tajovuz qilmaslik (masalan, irqiy, milliy va boshqa turdagi kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik, qiynoqqa solmaslik va boshqalar)dir.Xalqaro standartlar universal, ya’ni jahonda e’tirof etilgan hamda mintaqaviy bo‘lishi ham mumkin. Mintaqaviy standartlar qandaydir bir guruh mamlakatlarning rivojlanish darajasi, an’analaridan kelib chiqadigan xususiyatlarga ega bo‘lib, universal standartlardan kenfoq, muayyanroq (masalan, umumevropa jarayon-lari doirasidagi standartlar) bo‘lishi mumkin.Ba’zi vaqtlarda alohida xalqaro standartlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarning u yoki bu cheklashlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Binobarin, fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktning qator qoidalarida tegishli huquq va erkinliklar faqat qonunda belgilangan va jamoat tartibi, davlat xavfsizligini, aholining sog‘lig‘i va axloqini muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan cheklashlarga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi nazarda tutilgan. Ushbu Paktning 4-moddasi davlatda favqulodda holat davrida millat hayoti xavf ostidaligi va bu to‘g‘rida rasman e’lon qilinganda Pakt ishtirokchilari muayyan shartlarga rioya qilgan holda Paktdagi majburi-yatlardan chetga chiqadigan choralar ko‘rishi mumkin. Biroq 4-moddaga muvofiq irqi, rangi, jinsi, tili, dini yoki ijtimoiy kelib chiqishiga asosan kamsitishni taqiqlovchi, shuningdek yashash huquqini mustahkamlovchi, qiynoqqa solish, quldorlik va boshqalarni taqiqlovchi standartlardan chekinish mumkin emas. 3. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro hujjatlarning umumiy tavsifi Mazkur masalaning echimini inson huquqlari muammosiga bevosita daxldor bo‘lgan xalqaro-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish asosida ko‘rish mumkin.Inson huquqlari bo‘yicha asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlar qatoriga avvalo Inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro bill kiradi. Xalqaro billga 1948 yildagi Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi, 1966 yildagi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro pakt, 1966 yiddagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro pakt va unga 1966 va 1992 yillardagi Fakultativ protokollar kiradi. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar jumlasiga yana qu-yidagilar kiradi: 1. 1960 yildagi Mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish to‘g‘risidagi Deklaratsiya. 2. 1948 yildagi Genotsid jinoyatining oldini olish va uni sodir etganlarni jazolash to‘g‘risidagi Konvensiya. 3. 1965 yildagi Irqiy kamsitishlarning barcha shaklini bekor qilish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiya. 4. 1973 yildagi Aparteid jinoyatlarining oldini olish va uni sodir etganlik uchun jazolash Xalqaro konvensiyasi. 5. 1949 yildagi Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasi va 1977 yildagi I va II qo‘shimcha protokollar. 6. 1952 yildagi Ayollarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya. 7. 1979 yildagi Ayollarga nisbatan kamsitishning har qanday shaklini bekor qilish to‘g‘risidagi Konvensiya. 8. 1959 yildagi Bolalar huquqi Deklaratsiyasi. 9. 1989 yildagi Bolalar huquqi to‘g‘risidagi Konvensiya. 10. 1957 yildagi Turmushga chiqqan ayolning fuqaroligi to‘g‘risidagi Konvensiya. 11. 1974 yildagi Ayollar va bolalarni qurolli mojarolar davridagi favqulodda vaziyatlarda himoya qilish to‘g‘risidagi Deklaratsiya. 12. 1961 yildagi Fuqarosizlikni kamaytirish to‘g‘risidagi Konvensiya. 13. 1954 yidagi Apartridlarning maqomi to‘g‘risidagi Konvensiya. 14. 1951 yildagi Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi Konvensiya va 1966 yildagi protokol. 15. 1950 yildagi BMTning Qochoqlar ishi bo‘yicha Oliy Komissari boshqarmasining Ustavi. 16. 1967 yildagi Hududiy boshpana to‘g‘risidagi Deklaratsiya va boshqalar. BMT Ustavi inson huquqlari tushunchasini anik tushuntirmasada. ma’lum darajada unga ko‘maklashuvchi bir necha tamoyillarni ifodalaydi. Jumladan, unda millatlarning teng huquqliligi, erkaklar va ayollarning teng huquqliligi, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmati, ya’ni vijdon, e’tiqod erkinligi va hokazolar xususida so‘z boradi. Ustavning Muqaddimasi tashkilot a’zolarini "yuksak erkinlikda ijtimoiy taraqqiyotga ko‘maklashish"ga intilishlari to‘g‘risida so‘z boradigan qismida asosiy demokratik erkinliklarga havola qilinadi. Eng avvalo ushbu qoidalardan kelib chiqib ko‘plab tegishli Xalqaro hujjatlar ishlab chiqilgan va ishlab chiqilmoqda. Bu boradagi asosiy ishlar BMT doirasida va uning eng avvalo YUNESKO, Xalqaro Mehnat Tashkiloti kabi ixtisoslashgan muassasalarida olib borilgan va olib borilmoqda. Qayd etilgan hujjatlarning bir qismi — xalqaro tashkilotlarning rezolyusiyalari — tavsiyaviy xususiyatga ega. 1948 yildagi Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, 1981 yildagi Dini yoki e’tiqodi asosida barcha SHakldagi kamsitishlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi Deklaratsiya, 1992 yildagi Kam sonli milliy yoki etnik, til va diniy guruhlarga kiruvchi shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiya va boshqalar ana shu hujjatlar sirasiga kiradi.Inson huquqlari sohasida xalqaro standartlarni shakllantirish va mavjudlarini aniklashtirishda qabul qilinadigan rezolyusiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning ko‘plarini axloqiy, siyosiy nufuzi baland, garchi rasman yuridik majburiyatlar yuklamasada, davlatlar ular bilan hisoblashadi. Inson huquqlari bo‘yicha Umumjahon deklaratsiyasida birinchi marta inson huquqlari toifasiga kiradigan huquq va erkinliklar sanab o‘tilganligi uchun ham muhim rol o‘ynagan. Deklaratsiya qoidalari xalqaro odat normasiga aylanib ketgan, degan fikr keng tarqalgan.Rezolyusiyalar inson huquqlari sohasida xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Holbuki, 1975 yil 9 dekabrdagi Barcha shaxslarni qiynoqqa solish va boshqa g‘ayriinsoniy zulm o‘tkazish yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomala qilish va jazolashdan himoya qilish to‘g‘risidagi Deklaratsiya 1984 yil 10 dekabrdagi Qiynoq hamda muomala va jazolashning shafqatsiz g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi Kon-vensiyani ishlab chiqishda foydalanilgan.Inson huquqlari sohasidagi boshqa hujjatlar — ishtirokchilar uchun majburiy xarakterga ega bo‘lgan xalqaro shartnomalardir. Ularga 1965 yil 21 dekabrdagi Barcha irqiy kamsitishlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiya, 1966 yil 19 dekabrdagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro pakt, 1984 yil 10 dekabrdagi Qiynoq hamda muomala va jazolashning shafqatsiz g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi Konvensiya va boshqa shartnomalar kiradi. Ushbu shartnomalar inson huquklari sohasidagi xalqaro standartlarni mustahkamlaydi. Evropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) doirasida qabul qilinayotgan hujjatlar o‘ziga xos xususiyatga ega. Ularning bir qator qoidalari inson huquqlariga bag‘ishlangan. EXHTning YAkuniy hujjatida inson huquqlarini hurmat qilish tamoyilining mazmuni Umumevropa jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlariga qo‘llashga nisbatan ochib berilgan. Mazkur hujjatda inson huquqlari bo‘yicha hamkorlikka bag‘ishlangan maxsus bo‘lim mavjud. Inson o‘lchovi (mezoni) bo‘yicha uch bosqichda — 1989 yilda Parijda, 1990 yidda Kopengagenda va 1991 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan EXHT Konferensiyasida qabul qilingan hujjatlarni alohida ta’kidlab o‘tish joiz.EXHT ishtirokchilari inson huquqlari bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlar doirsidagi masalalar majmuini "inson mezoni" atamasi bilan yuritiladi. Konferensiya inson mezoni sohasidagi qoidalarni amalda tadbiq qilishning tegishli mexanizmini yaratdi.EXHT hujjatlari siyosiy xususiyatga ega va xalqaro huquq manbai hisoblanmaydi. Ularning qoidalari aksariyat hollarda kelishuv deb yuritiladi. Zotan, EXHT ishtirokchi-davlat rahbarlari bir necha marta mazkur kelishuvlar so‘zsiz ravishda hayotga tadbiq qilinishi kerak deb bayonot bergan bo‘lsalarda, ular yuridik tusga ham ega. Bunday bayonotlarni davlatlarning xalqaro-huquqiy xarakterdagi bir tomonlama majburiyati sifatida qaralishi mumkin. SHu bois ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning nafaqat siyosiy, balki muvofiqlashtirilgan bir tomonlama xalqaro-huquqiy majburiyatlar majmuini aks ettiruvchi deb hisoblanishi mumkin. Umuman olganda, mazkur hujjatlarning inson huquqlariga oid qoidalari inson huquqdari sohasidagi mintaqaviy standartlar hisoblanadi. 4. Inson huquqlari sohasida davlatlararo hamkorlikning rivojlanish tarixi Inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq ayrim masalalar BMT Ustavi qabul qilinishidan bir muncha ilgari xalqaro hujjatlarda o‘z aksini topgan edi. Lekin faqat BMT Ustavi inson huquqlari sohasida keng ko‘lamli davlatlararo hamkorlikni boshlab berdi.Bunday xalqaro hamkorlikning birinchi bosqichi 1945 yildan boshlanib, taxminan 80-yillarning boshlarigacha davom etgan. U inson huquqlari sohasida xalqaro standartlarning shakllanishi bilan xarakterlanadi. Bu jarayon hozirgi kunda ham to‘liq tugaganicha yo‘q. Lekin 80-yillarga kelib uning sur’ati pasaydi, uning yo‘nalishi va urg‘usi o‘zgardi. Umuman inson huquqlari sohasidagi asosiy xalqaro standartlar tizimi shakllanib bo‘ldi.Taxminan 80-yillarning o‘rtalaridan bu boradagi davlatlararo hamkorlik yangi bosqichga — to‘plangan xalqaro standartlarning samaradorligini oshirish yo‘llarini qidirishga o‘tdi. Jahon ham-jamiyatning diqqati tobora tegishli xalqaro standartlarni amalga oshirishni ta’minlash maqsadida xalqaro nazorat mexanizmlarini yaratish, ushbu maqsadlarga erishishda ko‘maklashuvchi xalqaro tartiblarni ishlab chiqishga qaratilmoqda.Inson huquqlari sohasida xalqaro tartib va nazoart mexanizmlarini yaratish — hozirgi xalqaro hayotdagi sezilarli hodisadir. Bunday mexanizmlar avval ham, 80-yillargacha ham (masalan, Xalqaro Mehnat Tashkiloti doirasida) yaratilgan edi. Lekin umumiy tendensiya sifatida aynan 80-yillarda paydo bo‘ldi. Agar shu kungacha inson huquqlari bo‘yicha shartnomalarda aksariyat hollarda qandaydir — bir implementatsiyaviy qoidalarni o‘z ichiga olmagan bo‘lsa, hozir esa inson huquqlari sohasidagi har qanday shartnoma ishlab chiqishda u yoki bu nazorat (impementatsiyaviy) mexanizmini tuzishni ko‘zda tutadigan modda kiritiladi. 3. Konsullik huquqining tushunchasi va manbalari Konsullik huquqini konsullik muassasalari faoliyatini tartibga solish va ularning xodimlari maqomi, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilovchi xalqaro-huquqiy tamoyil va normalar majmui sifatida ta’riflash mumkin.Konsullik huquqi manbalari xalqaro shartnomalar va xalqaro odat normalaridir.Konsullik huquqi — davlatlar o‘rtasidagi konsullik aloqalarini tartibga solishga xizmat qiluvchi xalqaro huquq institutlaridan biridir. Uning normalari 1963 yilgi Vena Konvensiyasida kodifikatsiya qilingan. Davlatlarning keng tarqalgan amaliyotlaridan biri xalqaro huquqning tegishli qoidalarini aniqlashtiruvchi yoki ularga boshqacha shakl beruvchi ikki tomonlama konsullik konvensiyalarining tuzilishidir. Misol uchun, konsullik organlari deb nomlanuvchi konsullik muassasalari faoliyati doirasini belgilovchi konsullik vakolatxonasi joylashgan davlat hududi chegaralarini aniqlashga qaratilgan konvensiyalar.Konsullik masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar ham ikki tomonlama, ham ko‘ptomonlama asosda tuziladi. 1963 yilda qabul qilingan Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi universal ahamiyatga ega. Konvensiya 1967 yil 18 martda kuchga kirdi. O‘zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyani 1995 yilda ratifikatsiya qilgan.Konsullik huquqida konsullik masalalari bo‘yicha konvensiya-lar va ikkitomonlama shartnomalar muhim o‘rin tutadi. SHuning-dek, konsullik organlari maqomi, funksiyalari, tuzilishini hamda xorijsy konsullik muassasalari huquqiy holatini belgilab be-ruvchi milliy qonunchilik qoidalari ham katta ahamiyatga ega. 1. Xalqaro tashkilotlar tushunchasi va tasnifi Hozirgi zamon xalqaro aloqalarida xalqaro tashkilotlar davlatlar hamkorligining shakllaridan biri sifatida muhim rol o‘ynaydi.Xalqaro tashkilotlar tizimining murakkablashib borishi va vakolatlarining kengaytirilishi tabiiy tus olmoqda. XXI asr boshida faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq bo‘lib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotlardir. Ular o‘rtasidagi aloqalar va olib borilayotgan hamkorlik ko‘lami xalqaro tashkilotlar tizimi haqida gapirishga imkon beradi."Xalqaro tashkilotlar" atamasi odatda davlatlararo (hukumatlararo) va nohukumat tashkilotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Davlatlararo (hukumatlararo) tashkilot uchun quyidagi belgilar xarak-terlidir: birinchidan, davlatlarning a’zoligi; ikkinchidan, xalqaro ta’sis shartnomasining mavjudligi; uchinchidan, doimiy organlarining mavjud bo‘lishi; to‘rtinchidan, davlatlar suverenitetining hurmat qilinishi. Xalqaro tashkilotlar xalqaro huquqning sub’ektlari hisoblanadilar. Nohukumat xalqaro tashkilotlarning asosiy farqli belgilari ularning davlatlararo shartnoma asosida tashkil etilmaganlikla-ri, jismoniy va yuridik shaxslarni birlashtirganliklari (masa-lan, Xalqaro huquq assotsiatsiyasi)dan iborat. A’zolarining tarkibiga ko‘ra xalqaro hukumatlararo tashkilotlar: birinchi, universal, barcha davlatlar ishtirok etishlari uchun ochiq tashkilotlar (BMT va uning ixtisoslashtirilgan tashki-lotlari); ikkinchi, mintaqaviy, ma’lum mintaqada joylashgan davlatlar-gina a’zo bo‘lishlari mumkin tashkilotlar (Evropa kengashi, Af-rika birligi tashkiloti)ga bo‘linadi.Davlatlararo tashkilotlar umumiy va maxsus vakolatli tashkilotlarga bo‘linadi. Umumiy vakolatli tashkilotlar faoliyati a’zo davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning hamma (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa) sohalariga tegishli bo‘ladi.Maxsus vakolatli tashkilotlarning faoliyat sohasi biror aniq (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy) soha bilan chegaralangan bo‘ladi.Vakolatlari tabiatidan kelib chiqqan holda tasniflash davlatlararo va davlatlardan yuqori turuvchi tashkilotlarni farqlashga imkon beradi. Birinchi guruhga mavjud tashkilotlarning aksariyat qismi kiradi va ularning vazifasi davlatlar o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirishdan iborat bo‘lib, bu borada qabul qilingan qarorlar a’zo davlatlarga yuboriladi. Davlatlardan yuqori turuvchi tashkilotlar maqsadi integratsiyaga yo‘naltirilgan. Bu tashkilotlarning qarorlari a’zo tashkilotlarning fuqarolari va yuridik shaxslariga bevosita yo‘naltirilgan bo‘ladi. 3. Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlarining roli va tizimi BMT — tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan universal tashkilotdir. BMT Ustavi San-Fransiskoda o‘tkazilgan konferensiyada imzolangan bo‘lib, 1945 yildan kuchga kirgan. BMT Ustavi barcha davlatlar rioya etishlari shart bo‘lgan yagona xalqaro hujjatdir. BMT Ustavining ahamiyati nafaqat uning tinchlikni ta’minlovchi tashkilotning faoliyatini tartibga soluvchi hujjatligida, balki barcha davlatlar uchun teng bo‘lgan jamoa himoya tizimining yaratilishida asos bo‘lib xizmat qilishi va davlatlar tomonidan olib boriladigan harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, insonparvarlik sohalaridagi faoliyatlarini belgilovchi o‘ziga xos kodeks ekanligida hamdir. BMT Ustavi doirasida ko‘p tomonlama kelishuv va shartnomalarning ko‘p tarmoqli tizimi vujudga kelgan. BMT tuzilishining asosiy sabab va maqsadlari uning Ustavi "Muqaddima"sida qo‘yidagicha ifodalangan: "Biz, Birlashgan Millatlar xalqlari quyidagilarga jazm etdik: 1. Kelgusi avlodlarni bizning hayotimizga ikki marotaba insoniyat boshiga dahshatli kulfatlar solgan urushlardan qutqarish; 2. Inson huquklari, inson shaxsiyatining qadri va qimmati, ayollar va erkaklarning tengligi, katta va kichik millatlar huquqlarining tengligiga ishonchni yanada mustahkamlash; 3.Adolat va shartnoma va xalqaro huquqning boshqa manbalaridan kelib chiquvchi majburiyatlarga sodiqlikning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratish; 4. Ijtimoii taraqqiyot va hayot sharoitlarining katta ozodlik sharoitida yaxshilanishiga ko‘maklashish maqsadida: — sabru-qanoat bilan bir-birlarimiz bilan yaxshi qo‘shnilar singari yashash, — xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun birgalikda harakat qilish, — tamoyillar qabul etish va usullar ishlab chiqish yo‘li bilan qurolli kuchlarni ko‘pchilikning maqsadlaridan boshqa yo‘lda ishlatilmasligini ta’minlash, — barcha xalkdarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun xalqaro apparatni ishlatish kabi maqsadlarni amalga oshirish uchun birgalikda harakat qilishga qaror qildik. BMT Ustavida uning 6 ta asosiy organlari ko‘rsatilgan. Ular quyidagilardir: 1. Bosh Assambleya; 2. Xavfsizlik Kengashi; 3. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS); 4. Vasiylik bo‘yicha Kengash; 5. Kotibiyat; 6. Xalqaro Sud. Bosh Assambleya — suveren davlatlarning haqiqiy demokratik vakillik organidir. Har bir a’zo davlat hududining hajmi, aholi-ning soni, iqtisodiy va harbiy qudratidan qat’iy nazar, bir ovozga ega. Bosh Assambleyaning muhim qarorlari ovoz berish jarayonida ishtirok etayotgan davlatlarning ko‘pchiligi tomonidan qabul qilinadi. U Xavfsizlik kengashining nodoimiy a’zolarini saylash, EKOSOSning a’zolarini saylash, BMT yangi a’zolarini qabul qilish, BMT Bosh Kotibini tayinlash, tashkilot a’zolarining huquq va vakolatlarini cheklash, tashkilot a’zoligidan chiqarish, byudjet va boshqa texnik-ma’muriy masalalalar bo‘yicha Bosh Assambleya bajarilishi shart bo‘lgan qarorlar qabul qilish kabi muhim ishlarni bajaradi. Xalqaro xavfsizlik va tinchlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan masalalar bo‘yicha u tavsiyaviy xarakterga ega rezolyusiya va deklaratsiyalar qabul qiladi. Bosh Assambleya ishida BMTga a’zo bo‘lmagan BMT qoshida doi-miy kuzatuvchilarga ega bo‘lgan( Vatikan, SHveysariya) va ega bo‘lma-gan davlatlar ham ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari Falastin Ozodlik Harakati Tashkiloti, boshqa bir qator xalqaro tashkilotlar va BMTning ixtisoslashgan muassasalari ham doimiy kuzatuvchi maqomiga egadirlar.Xavfsizlik Kengashi — BMTning eng muhim organi bo‘lib, 15 a’zodan iborat. Ushbu a’zolarning beshtasi (AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya va Xitoy) doimiy, qolgan o‘ntasi nodoimiy bo‘lib, ular saylanadilar.Xavfsizlik Kengashining qoidalariga tegishli masalalar bo‘yicha qarorlar a’zolarning istalgan to‘qqiztasi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi. Qolgan barcha masalalar bo‘yicha qarorlar Kengashning barcha doimiy a’zolari ovozlarini qo‘shib hisoblagan-da to‘qqizta a’zo yoklab ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, doimiy a’zolardan bittasi yoki bir nech-tasi biror bir qarorga nisbatan qarshi ovoz bersa, bu qaror qabul qilinmaydi. Bunday holat veto qo‘yilishi deb ataladi.BMT Ustaviga ko‘ra Xavfsizlik Kengashi urushning oldini olish, davlatlarning tinch hamkorlik qilishlariga shart-sharoitlar yaratishda katta vakolatlarga ega.XX asrning ikkinchi yarmida Xavfsizlik Kengashi e’tibor qaratmagan birorta davlatlar o‘rtasidagi nizo yoki xalqaro tinchlikni xavf ostiga qo‘yuvchi hodisa bo‘lgan emas. BMT Ustaviga muvofiq Xavfsizlik Kengashi ikki xil yuridik hujjatlarni qabul qilishi mumkin. Bular: 1. u yoki bu davlatga o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish uchun tavsiya etiluvchi; 2. bajarilishi barcha a’zo davlatlar tomonidan nazorat etiluvchi, bajarilishi shart bo‘lgan hujjatlardir. Xavfsizlik Kengashi tomonidan BMT Ustaviga muvofiq qabul qilingan ba’zi qarorlar me’yor o‘rnatuvchi mazmunida bo‘lishi mumkin. BMT tizimi Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning boshqa organ tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi yoki da’vo qilinishi imkonini bekor qiladi. Bu qarorlar mukammal sanaladi va tekshirilishi mumkin emas,BMT Ustaviga muvofiq Xavfsizlik Kengashi doimiy faoliyat ko‘rsatishi va a’zo davlatlar nomidan tez va samarali ish ko‘rmog‘i lozim. SHu maqsadda Xavfsizlik Kengashining har bir a’zosi BMT qarorgohida doim o‘z vakiliga ega bo‘lishi kerak.Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS) xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik masalalariga doir faoliyatni olib boradi. EKOSOS 54 a’zodan iborat bo‘lib, ular Bosh Assambleya tomonidan uch yil muddatga saylanadilar va har yili vakolatlari tugagan 18 a’zoning o‘rniga yangilari saylab boriladi.EKOSOS BMT Ustavidan kelib chiqqan holda davlatlar o‘rtasida iqtisodiy ilmiy-texnikaviy hamkorlikni ta’minlash, uni muvofiqlashtirish yo‘lida samarali ish olib borishi, xalqaro huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishida ishtirok etishi va dav-latlar iqtisodiy xavfsizligini kafolatlovchi institutlar va me-xanizmlar ishlab chiqishi lozim.Vasiylik bo‘yicha Kengash — bu uning otalig‘idagi hududlarda hukmronlik qilish huquqiga ega va majburiyatlarni bajarilishini nazorat qiluvchi BMT organidir. Hozirgi kunda uninng besh a’zosi (AQSH, Angliya, Rossiya, Fransiya, Xitoy) bor. Kengash har yili Nyu-Yorkda bir sessiya o‘tkazadi. AQSH boshqaruvida bo‘lgan dast-labki ikki hududdan faqat bittasi — Tinch okeani orollari (Mik-roneziya) qoldi.BMT Kotibiyati Bosh Kotib va tashkilotga lozim miqdordagi xodimdan iboratdir. Ushbu organ BMTning boshqa organlari tomo-nidan qabul qilingan qarorlarning hayotga tadbiq etilishini ta’minlaydi va BMT asosiy va yordamchi organlariga konferensiya-viy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadi. Kotibiyat: birinchi, Xavfsizlik Kengashi sanksiyalaridan kelib chiquvchi, tinchlikni ta’minlovchi operatsiyalarni olib borish; ikkinchi, tinchlik mazmunidagi xalqaro konferensiyalarni tashkil etish va o‘tkazish (Dengiz huquqi bo‘yicha konferensiya); uchinchi, jahon miqyosidagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yuzasidan obzorlar tayyorlash; to‘rtinchi, qurolsizlanish va inson huquqlarining rivojlani-shi kabi sohalar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazish singari ishlarni bajaradi. BMT Kotibiyatining funksiyalari quyidagilardan iborat: 1. BMT tizimidagi organlarga xizmat ko‘rsatadi; 2. BMT tizimidagi organlar tomonidan dasturlarning ishlab chiqarilishi va ular tomonidan ishlab chiqilgan siyosatning amalga joriy etilishini ta’minlaydi; 3. BMT shug‘ullanuvchi turli masalalar bo‘yicha BMT Bosh Koti-biga axborotlar beradi; 4. Bosh Assambleya va uning komitetlari va organlari ma’ruzalari va rezolyusiyalarini qabul qiladi, tarjima qiladi, chop etadi va tarqatadi; 5. Majlislardagi chiqishlarning og‘zaki tarjimasini amalga oshiradi; 6. Sessiya majlislari hisobotlarini tuzadi, chop etadi va tarqatadi; 7. Arxivlarda hujjatlarni saqlaydi va BMT a’zolari bo‘l gan barcha, davlatlarga Bosh Assambleyaning hujjatlarini tarqatadi; 8. BMT a’zolari tomonidan tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatga oladi va o‘rganadi; Bosh Assambleya talabiga ko‘ra boshqa ishlarni amalga oshiradi. Kotibiyat BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida joylashgan. Bosh Kotib Kotibiyatni boshqaradi va bosh mansabdor shaxs hisoblanadi. Bosh Kotib Bosh Assambleya tomonidan Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga muvofiq besh yil muddatga tayinlanadi. Bosh Kotib Bosh Assambleyaga tashkilotning faoliyati haqida har yili hisobot beradi va xalqaro tinchlikka tahdid soluvchi masalalar haqida Xavfsizlik Kengashida ma’lumot beradi.Xalqaro Sud — BMTning asosiy sud organidir. U 15 ta mustaqil sudyadan iborat bo‘lib, ular fuqaroliklaridan qat’i nazar, o‘z mamlakatlarida oliy sud lavozimlariga tayinlanishlari uchun talab etilgan oliy axloqiy talablarga javob beruvchi va xalqaro huquq sohasida tanilgan yuristlar orasidan saylanadi.Sudyalar Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi tomonidan qayta saylanish huquqi bilan to‘qqiz yilga saylanadilar. Xalqaro Sud 3 yil muddatga rais, raisning o‘rinbosari va kotibni saylay-di. Xalqaro Sud tarkibida ikkita ayni mamlakat fuqarolari bo‘lishlari mumkin emas.Xalqaro Sud Statutiga muvofiq a’zo davlatlar o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqadi va echimini beradi; a’zo bo‘lmagan davlatlar bo‘yicha Xavfsizlik Kengashi tomonidan har bir holat bo‘yicha alohida aniqlangan shartlar asosida ish ko‘radi, huquqiy masalalar bo‘yicha konsultatsiyaviy xulosalari beradi (Xalqaro Sud konsultatsiyaviy xulosalarni bevosita so‘rash huquqiga Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi va BMTning boshqa organlari ega. Boshqa xalqaro tashkilotlar va organlar bunday xulosani Bosh Assambleyaning ruxsati bilan so‘rashlari mumkin). Xalqaro sud Gaaga shaxrida joylashgan. BMT Ustavida muhim siyosiy organ bo‘lgan Xavfsizlik Kengashi va Xalqaro Sudning vakolatlari keskin farq qiladi. BMT Ustavining 36-modda 3-bandiga ko‘ra Xavfsizlik Kengashi yuridik nizolarni hal etish uchun umumiy qoidaga muvofiq Xalqaro sud nizomidan kelib chiqqan holda nizodagi tomonlar Xalqaro sudga murojaat qilishlari kerakligini e’tirof etadi. Xalqaro Sudning qarori nizodagi davlatlar tomonidan bajarilishi shart. Tomonlardan biri bu qarorni bajarmagan taqdirda, nizodagi tomonlarning biri murojaat etganidan so‘ng Xavfsizlik Kengashi qaror bajarilishini ta’minlovchi tavsiyalar yoki xatti-harakatlar qo‘llashi mumkin.Xalqaro Sud sud faoliyatidan tashqari yuridik konsultatsiya-viy faoliyat ham olib boradi.Xalqaro Sud davlatlar o‘rtasidagi nizolarning tinch yo‘llar bilan hal etilishi va jahonda adolat o‘rnatilishiga qaratilgan strategiyaning ishlab chiqilishida asosiy organlardan biri bo‘lishi ko‘zda tutilgan.Hozirgi kunda BMTning 16 ta ixtissoslashgan muassasalari mavjud. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: birinchi, ijtimoiy xususiyatli tashkilot (MOT,VOZ); ikkinchi, madaniy va insonparvarlik tashkilotlari (YUNESKO); uchinchi, iqtisodiy tashkilot (YUNIDO); to‘rtinchi, moliyaviy tashkilotlar (MBRR, MVF, MAR, MFK); beshinchi, qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkilotlar (FAO, IFAD); oltinchi, aloqa va transport sohasidagi tashkilotlar (IKAO, IMO, VPS, MSE); ettinchi, meteorologiya sohasidagi tashkilot (VMO). O‘zbekiston Respublikasi BMTdan tashqari uning barcha asosiy ixtisoslashgan muassasalari a’zosidir. 5. Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Hozirgi kunda Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti xalqaro mintaqaviy tashkilotdir. Uning ta’sis etuvchi hujjatlari 1975 yilda Xelsinkida imzolangan YAkunlovchi hujjat, 1990 yilda Parijda qabul qilingan YAngi Evropa uchun Xartiya va unga qo‘shimcha hujjat, 1992 yilda Xelsinkida qabul qilingan "O‘zgarishlar vaqti chaqirig‘i" Deklaratsiyasi va Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining asosiy faoliyat yo‘nalishlari va tuzilishini belgilovchi paket hisoblanadi. SHunga muvofiq Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining asosiy faoliyat sohalari: xavfsizlik, qurolsizlanish, kelishmovchiliklarni bartaraf etish, iqtisodiyot, madaniyat, ekologiya, inson huquqlari va erkinliklari va boshqa masalalarda hamkorlik qilishdan iborat.Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti — tarkibiga jug‘rofiy jihatdan Vankuverdan Vladivostokkacha bo‘lgan hududda joylashgan 55 mamlakat a’zo bo‘lgan xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi umumevropa tashkilotidir.Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tinchlik va xavfsizlik masalalariga har tomonlama yondashadi. Uning organlari va institutlari hamkorlik asosida tinchlikni mustahkamlash, qurollanish ustidan nazorat olib borish, priventiv diplomatiya, ishonch va tinchlikni mustahkamlash, inson huquklari, saylovlarda kuzatuvchilikni amalga oshirish, iqtisodiy va ekologik xavfsizlik kabi keng masalalar doirasida faoliyat ko‘rsatadi.Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti faoliyatida ishtirok etuvchi barcha davlatlar bir xil maqomga ega va qarorlar konsensus asosida qabul qilinadi.Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining ichki tuzilishi quyidagichadir. Venada har yili Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar delegatsiyalarining uchra-shuvlari bo‘lib o‘tadi. Har haftada bir marta yig‘iluvchi Doimiy kengash siyosiy konsultatsiyalar o‘tkazuvchi va qarorlar qabul qiluvchi organdir. Venada, shuningdek, qurollanish ustidan nazorat o‘rnatish, o‘zaro ishonch va tinchlikni mustahkamlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi xavfsizlik yo‘lida hamkorlik Forumi, (Evropada oddiy qurolli kuchlar bo‘yicha shartnomaning bajarilishi bilan shug‘ullanuvchi) Qo‘shma konsultatsiyaviy guruh va Ochiq osmon bo‘yicha konsultativ komissiyaning yig‘ilishlari o‘tkaziladi.Ushbu organlarning majlislari bilan bir qatorda yilda uch marta Pragada Rahbarlik kengashi doirasida a’zo davlatlar siyosiy departamentlari rahbarlarining uchrashuvi o‘tkaziladi. Bundan tashqari har yili tashqi ishlar vazirlari ishtirokida Vazirlar kengashi chaqiriladi, har ikki yilda bir marta Evropada Xavfsiz-lik va Hamkorlik Tashkiloti doirasida barcha davlatlar va hukumatlar rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari (sammitlari) o‘tkaziladi.Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tarkibiy jihatdan bir necha institutlardan iborat. Venada tashkilotning kundalik faoliyatini ta’minlovchi Kotibiyat joylashgan. Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Pragada ham kichik bo‘limi bor.Nizolarning oldini olish va tugatilishida Evropada Xavfsiz-lik va Hamkorlik Tashkilotining kam sonli millatlar bo‘yicha oliy komissari institutining roli katga. Oliy komissar nizolarning iloji boricha barvaqt tahlil qilinishi va bartaraf etilishi choralarini ko‘radi. Konsultatsiyalar o‘tkazish va tavsiyalar berish yo‘li bilan nizodagi tomonlarni to‘qnashuvlarga bormaslikka chaqiradi.Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti amaldagi raisi ijroiya faoliyatining amalga oshirilishi uchun javobgar. Mazkur lavozim rotatsiya asosida bir davlatdan boshqasiga berib boriladi: 1998 yilda Polsha va 1999 yilda Norvegiya ushbu lavozim egasi bo‘lgan. Rais o‘z faoliyatida tarkibiga o‘zidan tashqari sobiq va bo‘lajak raislar kiruvchi Uchlikka tayanadi.Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi-ning funksiyalariga Tashkilotning tizimi va operatsiyalarini boshqarish kiradiEvropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Ustaviga ko‘ra Evropadagi nizolarning oldini olish va echimini topish maqsadida mintaqaviy tashkilot sifatida tashkil etilgan. Ushbu tashkilot tomonidan uning amal qilish hududida Bosniya, Gersogovinya, Makedoniya, sobiq YUgoslaviya Respublikasi, Gruziya, Latviya, Moldova, Tojikiston, Ukraina, Xorvatiya va Estoniyada missiyalar ochilgan.Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, shuningdek, oddiy qurollarni nazorat qilish va ishonchni mustahkamlash borasida tadbirlar qo‘llashga asos yaratadi. Bu sohada eng muvofiqlashtiruvchi kelishuv 1994 yildagi Vena hujjatidir. U davlatlar oldiga o‘z harbiy faoliyatlarining oshkoraligi va oldindan ko‘ra-biladigan bo‘lishi majburiyatini qo‘yadi. Mazkur Tashkilot doirasida demokratik jamiyatda qurolli kuchlarning o‘rnini belgilovchi tamoyillar keltirilgan Faoliyat kodeksi qabul qilingan. Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotida bundan tashqari tortishuvlarni hal etishning bir qancha mexanizmlari ham ishlab chiqilgan.Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament As-sambleyasining har yili o‘tkaziladigan sessiyalarida tashkilot faoliyatiga tegishli masalalar muhokama etiladi, mintaqada xavf-sizlik va hamkorlikni kuchaytirish borasida deklaratsiya, tavsiya va takliflar tayyorlanadi. Parlament Assambleyasi Kotibiyati Kopengagenda joylashgan.Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi 1990 yilga qadar me’yor va burchlar ishlab chiquvchi va ularning bajarilishini muntazam tekshirib boruvchi konferensiya va kengashlar sifatida faoliyat olib bordi. 1990 yil oliy darajadagi Parij uchrashuvi uning faoliyatini tubdan o‘zgartirdi. YAngi Evropa uchun Parij xartiyasida Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi oldiga Evropadagi tarixiy jarayonlarni boshqarishga o‘z hissasini qo‘shish va sovuq urush tugaganidan keyingi davrda yuzaga kelgan yangi talablarga javob berish vazifalari qo‘yildi. Ularni bajarish maqsadida bir nechta institut va muassasalar tashkil etildi, uchrashuvlarni o‘tkazish doimiy asosga qo‘yildi.1990 yil noyabrida Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi faoliyati doirasida qurollanishni nazorat qilish borasida muhim bitim — Evropada oddiy qurolli kuchlar bo‘yicha shartnoma ishlab chiqildi.Kengash faoliyatining keyingi rivojlanishi 1990—1999 yil-lar mobaynida o‘tkazilgan bir qator doimiy uchrashuvlar shakliga kirib bordi. Ularda yangi mexanizmlar ishlab chiqildi, tarkibiy bo‘linmalar tashkil etildi va sovuq urush tugaganidan keyingi davr Evropasining muammolarini echish tamoyillari ishlab chiqildi.Bugungi kunda Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamkorlik asosida Evropada xavfsizlikni ta’minlash jarayonida etakchi o‘rin tutadi. Mazkur Tashkilot o‘zining bu boradagi urinishlarini kuchaytira borar ekan, boshqa bir qancha xalqaro, mintaqaviy va nodavlat tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. 6. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ushbu mintaqaviy tashkilot sobiq SSSR ayrim respublikalari tomonidan tuzilgan edi. Uni ta’sis etuvchi hujjatlar 1991 yil 8 dekabrda Minskda Belorusiya, Rossiya va Ukraina tomonidan imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini tuzish to‘g‘risidagi bitim, 1991 yil 21 dekabrda (Boltiq Bo‘yi respublikalari va Gruziyadan tashqari) 11 sobiq Ittifoq respublikalari tomonidan Olmaotada imzolangan Bitimga Protokol va 1991 yil 21 dekabrda imzolangan Olmaota Deklaratsiyalari hisoblanadi. 1993 yil 22 yanvarda Minskda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat boshliqlari kengashida (Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston nomidan) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ustavi qabul qilindi. Hamdo‘stlikning maqsadlari quyidagilardan iborat: birinchi, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, insonparvarlik, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni amalga oshirish; ikkinchi, umumiy iqtisodiy makonni yaratish; uchinchi, umuminsoniy tamoyillar va Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining me’yorlaridan kelib chiquvchi insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash; to‘rtinchi, a’zo davlatlarning xalqaro tinchlikni va xavfsizlikni ta’minlash va qurolsizlanishga yo‘naltirilgan hamkorliklarni amalga oshirish; beshinchi, a’zo davlatlar fuqarolarining Hamdo‘stlik hududida erkin yurishlari va muloqotlarini ta’minlash; oltinchi, huquqiy munosabatlarning boshqa sohalarida o‘zaro yordam va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; ettinchi, nizo va tortishuvlarni tinch yo‘llar bilan hal etish. MDH o‘z faoliyatini xalqaro huquqning umum tan olingan ta-moyillari asosida tashkil etadi. SHuningdek: davlatlararo munosabatlarda xalqaro huquqning ustuvorligi, o‘zaro bir-birlari va umuman Hamdo‘stlik manfaatlaridan kelib chiqish, birgaliqda harakat qilish va bir-birini qo‘llab-quvvatlash, har bir a’zo davlat xalqi ma’naviyatining butunligini saqlash, madaniy qadriyatlarni saqlash va madaniy almashinish sohalarida hamkorlik qilish kabi qo‘shimcha tamoyillar ham ishlab chiqilgan.Hamdo‘stlik davlat bo‘lmaganligi uchun milliy vakolatlarga ega emas. Bu xalqaro huquqning teng sub’ektlari tomonidan milliy suverenitet asosida tashkil etilgan davlatlar birlashmasidir.Ustavda Hamdo‘stlik manfaatlarining mavjudligi tan olinadi va 1991 yil 8 dekabrda imzolangan bitim asosida davlatlarning hamkorlik sohalari belgilanadi. Ular jumlasiga: - insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash; tashqi siyosatni muvofiqlashtirish; - umum Evropa va Evroosiyo bozorlarining umumiy iqtisodiy hududini yaratish va rivojlantirish yo‘lida hamkorlik qilish; - bojxona siyosati; - transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish yo‘lida ham-korlik qilish; - sog‘liqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish; - ijtimoiy va migratsiyaviy siyosat masalalari; - uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash; - tashqi chegaralarni qo‘riqlash va mudofa masalalari kabilar kiradi.Hamdo‘stlikdagi davlatlarning o‘zaro manfaatlari, umumiy maqsadlari, birga faoliyat olib borish sohalarining mavjudligi uni vakolatlari va huquqiy sub’ektligi shartnomaviy asosga ega xalqaro hukumatlararo tashkilot deb atashga imkon beradi.Hamdo‘stlik Ustavidan kelib chiqqan holda ta’sis etuvchi va a’zo davlatlar farqlanadi. Birinchi guruhga 1991 yil 8 dekabrda imzolangan Hamdo‘stlikni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim va unga qo‘shimcha 1991 yil 21 dekabrda imzolangan Protokolni Hamdo‘stlik Ustavining qabul qilinishi vaqtiga qadar qabul qilgan va ratifikatsiya qilgan davlatlar, aniqrog‘i Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston va Ukraina kiradi.Hamdo‘stlikka qabul qilinish a’zo davlatlarning roziligi bilan uning maqsad va tamoyillarini qabul qiluvchi, Ustavda ko‘rsatilgan majburiyatlarni unga qo‘shilish yo‘li bilan qabul qiluvchi har bir davlat uchun ochiq hisoblanadi. SHuningdek, ba’zi davlatlarning Hamdo‘stlikning ayrim faoliyat sohalarida qo‘shiluvchi a’zo sifatida ish olib borishlari imkoni ham ko‘zda tutilgan.Hamdo‘stlikning oliy organi davlatlar boshliqlarining Kengashi bo‘lib, u a’zo davlatlar umum manfaatlari doirasida davlatlar faoliyatini muhokama etish va qaror qabul qilish vakolatiga ega. Kengash yilda ikki marta yig‘iladi va a’zo davlatlardan birining tashabbusi bilan navbatdan tashqari yig‘ilishlar ham o‘tkazishi mumkin.Hamdo‘stlik hukumatlari rahbarlarining Kengashi ijroiya organlarining umum manfaatlar doirasida iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarni muvofiqlashtiradi. Kengash yilda to‘rt marta yig‘iladi va a’zo davlatlardan birining tashabbusi bilan navbatdan tashqari yig‘ilishlar ham o‘tkazishi mumkin.Ikkala kengashning ham qarorlari o‘zaro rozilik (konsensus) asosda qabul qilinadi. Biror bir davlatning ma’lum sohaga qiziqish bildirmasligi qaror qabul qilinishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.Hamdo‘stlik doirasida iqtisodiy majburiyatlarning bajarilish jarayonida kelib chiquvchi nizolar va shartnoma va boshqa iqtisodiy hujjatlarni tahlil qilishdan kelib chiqadigan farqlarni echib beruvchi iqtisodiy sud, Hamdo‘stlik a’zolari olgan majburiyatlardan kelib chiquvchi inson huquqlari ta’minlanishini nazorat qiluvchi Inson huquklari komissiyasi mavjud.Hamdo‘stlik diorasida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ijroiya organi 1993 yil aprelda Minskda o‘tgan davlat boshliqlari kengashida joriy etilgan koordinatsion-konsultativ qo‘mita hisoblanadi. U davlat boshliqlari kengashi tayinlaydigan qo‘mita koordinatori va har bir a’zo davlatning ikkitadan doimiy muxtor vakilidan iborat. Qo‘mita Hamdo‘stlikning barcha faoliyat sohalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va kiritadi, iqtisodiy hamkorlikning aniq sohalari bo‘yicha shartnomalarning bajarilishiga imkoniyat yaratadi, Hamdo‘stlikning barcha organlarining ishlashiga imkon yaratadi. Uning qoshida Kotibiyat tashkil etilgan. Qo‘mita va Kotibiyat Minsqda joylashgan. 1.Xalqaro huquqni vujudga kelishi . Xalqaro huquq huquqning boshqa sohalari kabi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan emas. U muayyan ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida qadimiy ilk jamoalar va qabilalar bir-biridan alohida ajralgan holda emas, balki qabilalarning yozilmagan qonunlari bilan birlashgan edi. Agar, "xalqaro huquq" tushunchasini davlatlararo huquq sifatida tushunilsa, u holda, davlatchilik paydo bo‘lib, rivojlanishi bilan vujudga kelganini e’tirof etish lozim. Xalqaro huquqning kelib chiqishi tabiiy-ob’ektiv jarayondir. Xalqaro huquq paydo bo‘lishining umumiy shart-sharoiti — davlatlarning xohish-irodasi emas, balki insoniyat hayotining sharoiti, uning tarixiy taraqqiyoti, insonning atrofdagi dunyo bilan o‘zaro munosabati, ijtimoiy mehnat taqsimoti, davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishidir. Xalqaro huquq — bizni o‘rab turgan dunyoning muhim bir ajralmas qismidir. U doimiy ravishda insonga, xalqlarga, davlatlarga ta’sir ko‘rsatib keladi. SHunday qilib, xalqaro huquqning paydo bo‘lishi bevosita dav-latlarning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog‘liq. Davlatlar taraqqiyotining ob’ektiv shart-sharoiti ular o‘rtasidagi siyosiy, iqgisodiy, madaniy va huquqny munosabatlarni o‘rnatish zaruratini keltirib chiqaradi. Buning natijasi o‘laroq huquqning mustaqil tizimi sifatida xalqaro huquqning paydo bo‘lishi va rivojlanishidir. 2.Hozirgi zamon xalqaro huquqi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari. Hozirgi zamon xalqaro huquqi ikkinchi jahon urushidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavi qabul qilinganidan so‘ng yuzaga kelib, rivojlangan. SHu bois, "hozirgi zamon xalqaro huquqi" tushunchasi xalqaro munosabatlarning umum e’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlari rivojlanishining yangi bosqichini aks ettirgan holda, xalqaro huquq harakatining xronologik doirasini belgilaydi. Fikrimizcha, xalqaro huquqning umumiy tushunchasini (ta’ri-fini) quyidagicha ifodalash mumkin: Xalqaro huquq — bu tinchlik va hamkorlikni ta’minlash maqsadida davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik me’yorlar tizimidir. Xalqaro huquq aynan yuridik me’yorlardan tashkil topgan. Ta’-kidlab o‘tish lozimki, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat xalqaro-huquqiy me’yorlar bilan, balki siyosiy, axloqiy me’yorlar hamda amaliyot va boshqa me’yorlar bilan ham tartibga solinadi. 3.Xalqaro huquq subektlariga tushuncha bering. Xalqaro huquq ma’lum xalqaro munosabatlarni tartibga sola-di, buning natijasida ular xalqaro-huquqiy munosabatga aylanadi. Xalqaro huquq me’yorlari bilan tartibga solingan xalqaro-huquqiy munosabatlarning qatnashchilari xalqaro huquq sub’ektlari deb ataladi. Xalqaro huquq sub’ektlari — xalqaro huquq me’yorlari bilan sub’ektiv huquq va sub’ektiv majburiyatlarga ega bo‘lgan xalqaro-huquqiy munosabatlar qatnashchilaridir. Xalqaro huquq sub’ektlari — xalqaro huquq me’yorlari bilan sub’ektiv huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan, shuningdek, tegishli huquqiy munosabatlarning real qatnashchilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan taraflar, shaxslardir. Xalqaro huquq sub’ekti — xalqaro huquqning umumiy me’yorlariga yoki xalqaro-huquqiy hujjatlarning talabiga muvofiq paydo bo‘ladigan xalqaro huquq va majburiyatlar egasidir. SHuningdek, bu xatti-harakatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan va xalqaro-huquqiy munosabatlarga kirishadigan yoki kirishi mumkin bo‘lgan shaxsdir. 4.Xalqaro huquqiy tan olishning qanday shakllari mavjud. Xalqaro-huquqiy tan olish — xalqaro xuquqqa muvofiq davlatlar tomonidan yangi davlatni yoki hukumatni yoxud rasmiy yoki norasmiy, to‘liq yoki qisman, doimiy yoki vaqtinchalik munosabatlarni o‘rnatish mumkin bo‘ladigan boshqa davlat organini tan olishdir. Quyidagilar xalqaro-huquqiy tan olishning turlari hisoblanadi:1) davlatni tan olish;2) hukumatni tan olish;3) qo‘zg‘alon ko‘targan tarafni tan olish;4) milliy ozodlik organlarini tan olish;5) qarshilik ko‘rsatish organlari va boshqalarni tan olish. SHunday tan olishning hozirgi diplomatik amaliyotda eng ko‘p tarqalgan shakli u yoki bu davlat hukumatlari tomonidan mavjud davlatning yangi hukumati bilan yoki yangi paydo bo‘lgan davlatning hukumati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish yoki unga rozilik berish hisoblanadi. Hukumatni tan olish — davlatlar tomonidan biron-bir mamlakatning g‘ayrikonstitutsiyaviy yo‘l bilan hokimiyatga kelgan hukumatni tan olishdir. Rasmiy tan olishning ikki shakli — de-fak-to va de-yure mavjud. De-fakto tan olish — mavjud davlat va hukumatlar tomonidan u yoki bu mamlakatda yangi paydo bo‘lgan davlat yoki hukumatni tan olishning an’anaviy shakllaridan biri hisoblanadi. Odatda de-fakto tan olishi tan olayotgan davlat yangi hukumatni yoki davlatning o‘zini etarli darajada uzoq yashashi mumkinligiga ishonchsizlik bilan qaraganda qo‘llaniladi yoxud ma’lum vaqt o‘tgunga qadar yangi xalqaro huquq sub’ektini yoki uning hukumatini rasman va to‘liq tan olish niyati yo‘qligini ifodalaydi. De-yure tan olish — to‘liq, hal qiluvchi tan olishdir. U odatda diplomatik aloqalar o‘rnatishga olib keladi. De-yure tan olish — mamlakatda vujudga kelgan yangi davlat yoki hukumatni xalqaro maydondagi mavjud davlatlar hamda hukumatlar tomonidan rasmiy tan olishning an’anaviy shakllaridan biridir. 5.Davlat chegaralarining daxlsizligi tamoiliga tushuncha bering. Davlat chegaralarining daxlsizligi tamoyili davlat milliy xavfsizligining eng muhim asoslaridan birini tashkil qiladi.Mazkur tamoyil Evropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Kengashning 1975 yilda qabul qilgan YAkunlovchi hujjatida ta’riflab berilgan. Unda aytilishicha, "ishtirokchi-davlatlar bir-birlariga tegishli, shuningdek, Evropadagi barcha davlatlar chegaralarini buzilmas deb hisoblaydilar, va shuning uchun ular hozir va kelajakda ushbu chegaralarga nisbatan har qanday tajovuz qilishdan o‘zlarini tiyadilar".Ushbu tamoyilni tan olish har qanday hududiy da’volardan voz kechishni ham anglatadi.EXHK ishtirokchi-davlatlari Evropa davlatlarining mavjud chegaralarini tan olishlarini va tasdiqlashlarini izhor qilgan-lar. Ushbu tan olish xalqaro-huquqiy bo‘lib, ma’lum yuridik oqibatlarga ega, xususan uni bekor qilish mumkin emas.CHegaralar daxlsizligi va buzilmasligi tamoyilining asosiy mazmunini quyidagi uch element bilan ifodalash mumkin:birinchidan, mavjud chegaralarni xalqaro huquqqa muvofiq tarzda yuridik belgilangan deb tan olish;ikkinchidan, hozirda va kelajakda har qanday hududiy talablardan voz kechish;uchinchidan, ushbu chegaralarga nisbatan har qanday boshqa tajo-vuzlardan voz kechish.CHegaralar daxlsizligi tamoyili barcha davlatlarning hududiy ustunligi va yaxlitligini hurmat qilishni ham anglatadi. Ushbu tamoyilga muvofiq, davlatlar umumiy chegaralarning, shuningdek, boshqa davlatlarga tegishli chegaralarning buzilmasligini tan ola-dilar. 6.Davlat chegaralarining turlarini aniqlang. Davlat chegaralarining asosiy vazifasi davlat hududi doirasi-ni belgilashdan iborat. Davlat chegarasi — muayyan chiziq va mazkur chiziq orqali o‘tgan vertikal tekislikdir.Davlat hududi quruqlik, suv va havo chegaralari kabi turlardan iborat. Quruqlikdagi chegaralar qo‘shni davlatlar bilan shartnoma asosida o‘rnatiladi. Odatda ushbu chegaralar joyning relefi (tog‘lar, daryolar va boshqa xususiyatli belgilarni) hisobga olgan holda o‘tkaziladi va orfografik chegaralar deb nomlanadi. Suv chegaralari daryo, ko‘l, dengiz va boshqa suv havzalari orqali o‘tadigan chegara turlariga bo‘linadi. Daryolarda chegaralar qirg‘oq bo‘yi davlatlarining o‘zaro kelishuvi asosida o‘rnatiladi. Davlat havo maydonining yon va yuqori chegaralari davlat hududining havo chegaralari hisoblanadi. Davlat chegaralarining quruqlik va suv chiziqlari bo‘yicha o‘tadigan vertikal tekislik havo maydonining yon chegaralarini tashkil etadi. Hozirgi davrda davlatning quruqlik va dengiz chegaralari shakllangan amaliyotga muvofiq chegaradosh davlatlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida o‘rnatiladi. Davlatning xalqaro tan olingan va belgilangan chegaralari uning hududini davlat hududi hisoblanmagan hududdan ham ajratib turadi (odatda bu hududiy dengizning tashqi chegaralari hisoblanadi). Ushbu chegaralar mazkur davlat tomonidan delimitatsiya qilingan va chegara chiziqlarining o‘tkazilishi boshqa davlatlar tomonidan ochiq yoki indamay tan olingan bo‘ladi, chunki bu belgilangan xalqaro-huquqiy talablarga javob beradi. 7.Qanday holatlarda hududiy nizolar vujudga kelishi mumkin va ular qanday hal etiladi. Hududiy nizo davlat hududining u yoki bu qismini yuridik taalluqliligini belgilovchi xalqaro huquq (shartnoma yoki odat) normalarining mavjudligi yoki harakatiga nisbatan tomonlarning turli (bir-biridan farq qiluvchi) nuqtai-nazarlarining mavjud-ligidan kelib chiqadi. Bu holatda shu narsani ta’kidlash lozimki, hududiy nizoni tan olish hali yuridik taalluqliligi tugal belgi-lanmagan ma’lum hududnig mavjud ekanligini tan olish bilan ba-robardir.Barcha kelishmovchiliklar ham hududiy nizoni kelitirib chiqarmaydi. Davlat chegaralari demarkatsiyasini amalga oshirish mobaynida joylarda chegara chiziqlarini belgilash borasida tez-tez kelishmovchiliklar vujudga keladi, biroq ular chegaralar demarkatsiyasi uchun tuzilgan qo‘shma komissiya tomonidan hal etiladi.Hududiy nizolar qolgan barcha xalqaro nizolar kabi nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyili asosida hal etilmog‘i lozim. 8.Xalqaro huquqda fuqarolik. Fuqarolik — jismoniy shaxsni davlat bilan, ularni o‘zaro huquq va majburiyatlari majmuida aks ettiriladigan barqaror huquqiy aloqalaridir.Fuqarolik masalalari asosan davlatning ichki qonunchiligi bilan tartibga solinadi.Fuqarolik — davlatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tushuncha. Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunning yo‘qligi fuqarolikning o‘zi yo‘qligini anglatmaydi. Binobarin, har bir davlat bu borada mustaqil ish ko‘radi, shu bois turli davlatlarning fuqarolik to‘g‘risidagi qonunlarining to‘qnashuvi (kolliziyasi) muqarrardir.Bunday kolliziyalarni bartaraf qilish yoki oldini olish uchun davlatlar ko‘proq xalqaro shartnomalar tuzadi, ya’ni xalqaro huquqning tegishli normalarini ishlab chiqadi. 9.Fuqarolikka ega bo’lish va uni yo’qotish usullari. Fuqarolikka bo‘lish yo‘li ikki katta guruhga bo‘linadi: bi-rinchi guruh — umumiy tartibda fuqarolikka ega bo‘lish usulini qamrab oladi; ikkinchisi — istisno tariqasida fuqarolikka ega ega bo‘lishdir.Umumiy tartibda fuqarolikka ega bo‘lish usuli milliy davlatlar qonunchiligi uchun ozmi-ko‘pmi odatiy va barqaror qoida hisoblanadi. Ularga fuqarolikka ega bo‘lishning quyidagi usullari kiradi:birinchidan, tug‘ilish natijasida;ikkinchidan, naturalizatsiya (fuqarolikni qabul qilish) natijasida;uchinchidan, in’om etish natijasida.Fuqarolikka istisno tariqasida:birinchidan, guruh bo‘lib fuqarolikka ega bo‘lish yoki jamoa bilan naturalizatsiya;ikkinchidan, optatsiya yoki fuqarolikni tanlash;uchinchidan, reintegratsiya yoki fuqarolikni tiklash yo‘li bilan ega bo‘lish mumkin. Fuqarolikni avtomatik Fuqarolikni yo‘qotishga kelsak uning uch shakli:birinchidan, fuqarolikni avtomatik ravishda yo‘qotish;ikkinchidan, fuqarolikdan chiqish;uchiichidan, fuqarolikdan ravishda yo‘qotish faqat xalqaro bitimlarda va maxsus qonunlarda uchraydi.Fuqarolikdan chiqish — manfaatdor shaxsning iltimosiga ko‘ra chiqariladigan davlatning vakolatli organlari qarori asosida fuqarolikni yo‘qotishdir.Fuqarolikdan mahrum qilish o‘z ichiga jazolash elementini oladi va davlat organlari tashabbusi bilan ushbu davlatga dushmanlik faoliyatiga aralashgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. 10.Siyosiy boshpana tushunchasi va uning berilishi oqibatlari. Siyosiy boshpana berishning asosiy xalqaro-huquqiy oqibati bunday boshpana berilgan shaxsni davlat tomonidan bermaslik majburiyati hisoblanadi.Siyosiy boshpana berish bilan biron-bir shaxsga ma’lum bir davlat hududida doimiy yashashga ruxsat berishni farqlash lozim. Zero, ikkinchi holatda davlat hech qanday xalqaro-huquqiy majbu-riyat olmaydi.Ko‘pincha siyosiy boshpana olishga o‘z davlatida siyosiy jinoyatchi hisoblangan shaxs da’vogar bo‘ladi. Bu borada ko‘p nizolar kelib chiqadi. Hududiy boshpana to‘g‘risidagi deklaratsiyada mustahkamlangan tamoyilga ko‘ra pirovardida mazkur masala boshpana bergan davlat tomonidan hal qilinadi.Umumiy jinoyat sodir qilgan shaxslarga siyosiy boshpana berilmasligi lozimligi to‘g‘risidagi qoidalar umum e’tirof etilgan qoida hisoblanadi.Siyosiy boshpana berishning ikkinchi xalqaro-huquqiy oqibati shundan iboratki, biron-bir shaxsga siyosiy boshpana bergan davlat ushbu shaxsning huquqlari xorijiy davlatlarda buzilgan taqdirda kvazidiplomatik himoya ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.Siyosiy boshpana berishning uchinchi oqibati biron-bir shaxsga boshpana bergan davlat mazkur shaxsning faoliyati uchun javobgar bo‘ladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, boshpana bergan davlat bunday shaxslar tomonidan qochib chiqqan davlatiga nisbatan jinoiy xatti-harakatlar qilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.Bevosita xalqaro huquq normalari asosida shaxsga boshpana huquqi berilmaydi. SHaxsning bunday huquklari ichki davlat huquqida o‘z aksini topadi. Xalqaro huquq normalari faqat davlatlarning muayyan toifadagi shaxslarga boshpana berish huquqini va boshqa davlatlarning mazkur huquqni hurmat qilish majburiyatini mustahkamlaydi.Agar siyosiy muhojir (emifant)ni boshpana qidirishga majbur qilgan vaziyat bartaraf qilinsa yoki siyosiy muhojir boshpana ber-gan davlatda naturalizatsiya qilgan bo‘lsa, siyosiy boshpana tugati-ladi. 11.Fuqarolikni qabul qilish va tugatish usullari. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish: umumiy tartibda; soddalashtirilgan tartibda; alohida tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning umumiy tartibi chet davlat fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u:a) chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo‘lsa;b) fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e’tiboran va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida uzluksiz besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan bo‘lsa;v) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;g) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa;d) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa. Davlat tilini bilish darajasaniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagilar oqibatida tugatiladi:a) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish;b) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotganlik. 12.Qanday hollarda shaxslarga qochoqlar maqomi beriladi. Qochoqlar — ta’qib ostida, harbiy harakatlar yoki boshqa favqulodda holatlar natijasida doimiy yashab turgan mamlakatini tashlab chiqqan shaxslardir.Qochoqlar muammosi qator xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi. BMT doirasida qochoqlar muammosini echishga yordam berish uchun Qochoqlar ishi bo‘yicha Bosh Komissariat Boshqarmasi(QBKB) tashkil qilingan. 1951 yil 28 iyulda esa ko‘ptomonlama Qochoqlar maqomi to‘g‘risida Konvensiya qabul qilingan.1966 yili Bosh Assambleya konvensiyaga ba’zi o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadigan qochoqlar maqomiga taalluqli Proto-kolni ma’lumot uchun qabul qildi. "Qochoqlar" atamasi tabiiy ofat oqibatida o‘z mamlakatini tashlab chiqqanlarga nisbatan qo‘llan-maydi.Konvensiya va QBKB Ustavi "qochoq" shaxslar tushunchasiga dini, fuqaroligi, muayyan guruhlarga kirishi yoki siyosiy qarashi oqibatida ta’qib qilinishiga to‘la asosli xavf ostidagi avval fuqarosi bo‘lgan mamlakatdan tashqarida yashovchi va mazkur mamlakat hukumati himoyasidan foydalana olmaydigan yoxud bunday himoyadan foydalanishni istamaydigan shaxslarni kiritadi. Ular ko‘pincha fuqaroligi yo‘q shaxslar deb ataladi, chunki ularning siyo-siy maqomi fuqaroligi yo‘q shaxslarning siyosiy maqomidan hech narsa bilan farq qilmaydi.Siyosiy qochoqlar kategoriyasiga tegishli bo‘lish siyosiy boshpana olishga da’vogarlik qilishga asos sifatida qaralishi mumkin. Biroq, ushbu masalaning pirovard natijasi qochoklar turgan davlatning qonunchiligi va siyosatiga bog‘liqdir.Qochoqlar muammosini turli omillar ta’siri (qochoqlarning ijtimoiy va milliy tarkibi, ularni o‘z yurtini tashlab chiqishga majbur qilgan sabablar va boshqalar) ostida yagona tartib bilan hal qilish mumkin emas. BMTning ba’zi organlarida aholining ommaviy ketishi yoki kelishi to‘g‘risidagi masalani inson xuquqlarini poymol qilish bilan bog‘lab bir necha marotaba ko‘tarib chiqilgan. "Ommaviy ketish (kelish)" tushunchasi qochoqlar muammosini va aholining iqtisodiy migratsiya muammosini sezi-larli darajada birlashtiradi. 13.Xalqaro shartnomalarning bekor qilinishi va xarakatining to’xtatilishi. Xalqaro shartnomaning bekor qilinishi (tugatilishi), ya’ni yuridik kuchini yo‘qotishi yoki undan ishtirokchining chiqishi shartnoma qoidalariga muvofiq tarzda yoki shartnoma qatnashchilarining roziligiga binoan xohlagan vaqgda amalga oshirilishi mumkin.Xalqaro shartnomani to‘xtatish shartnoma harakat muddatining tugashi, uning bajarilishi, shartnomada belgilangan shart-sharoitlar asosida denonsatsiya qilinishi natijasida yuz berishi mumkin.SHartnomani to‘xtatishda denonsatsiya, ya’ni shartnomani bekor qilish to‘g‘risida bildirish keng qo‘llanadi. Agar shartnoma denon-satsiya qilishni nazarda tutmagan va shartnoma ishtirokchilarining bunday imkoniyatdan foydalanishlari maqsad qilib qo‘yilmagan bo‘lsa, shartnoma denonsatsiya qilinmaydi.Xalqaro shartnomani to‘xtatishning yana bekor qilish va shartnomadan voz kechish kabi turlari ham mavjud. Bekor qilish iborasi orqali tomonlar kelishuvi bo‘yicha xalqaro shartnoma yuridik kuchining bekor qilinishiga aytiladi. SHartnomadan voz kechish deb, davlatning shartnomadan bir tomonlama voz kechishiga aytiladi. Misol uchun, shartnomaning o‘zga ishtirokchisi tomonidan uning qoidalari jiddiy buzilgan holatlarda bunga yo‘l qo‘yiladi. 14.Diplomatik vakolatxonaning funksiyasi tarkibi uning xodimlarining immuniteti imtiyozi imkoniyatlari. Diplomatik vakolatxona funksiyalari:birinchidan, vakil qilib yuboruvchi davlatning vakolatxona joylashgan davlatda vakillik qilishida;ikkinchidan, vakil qilib yuboruvchi davlatni vakolatxona joy-lashgan davlatda (xalqaro huquq ruxsat bergan doirada) manfaatla-rini himoya qilishda;uchinchidan, diplomatik vakolatxona joylashgan davlatda huku-mat bilan (keng ma’noda — davlat va hukumat boshlig‘i, tashqi ish-lar vazirligi va vakolatli organlar bilan) muzokaralar olib bo-rishda;to‘rtinchidan, vakolatxona joylashgan davlatdagi shart-sharoit-lar va voqealarni mumkin bo‘lgan barcha qonuniy vositalar orqali o‘rganish va ular to‘g‘risida o‘z davlatini xabardor qilishda;beshinchidan, vakil qilib yuboruvchi va qabul qiluvchi davlatlar o‘rtasida barcha sohalarda o‘zaro do‘stona aloqalarni rag‘batlantirish va rivojlantirishda namoyon bo‘ladi.Maxsus missiya funksiyalari — uning vazifalarini hamda yuboruvchi va qabul qiluvchi davlatlarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha vakil qilib yuboruvchi davlat manfaatlarini vakolatxona joylash-gan davlatda ifodalashda belgilanadi. Doimiy diplomatik vakolatxona tarkibiga diplomatik xodim-lar, ya’ni diplomatik martabaga (rangga) ega bo‘lgan shaxslar (mux-tor vakil, birinchi, ikkinchi va uchinchi kotiblar, attashe, kotib-arxivarius), harbiy, harbiy-dengiz va harbiy-havo attashelari, shuningdek, ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kiri-shi mumkin.Maxsus missiya tarkibiga o‘z navbatida diplomatik, ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kiradi. Diplomatik vakolatxona va maxsus missiyalar immunitetiga nisbatan aytilayotgan gap, xususan, qabul qiluvchi davlat hududida ular ega bo‘lgan va foydalanayotgan mulk to‘g‘risida bormoqsa.Diplomatik vakolatxona va maxsus missiyalar immuniteti qatoriga:birinchidan, ular binolarining (xonalarining) daxlsizligi;ikkinchidan, ushbu binolar (xonalar) va ularda joylashgan buyumlar immuniteti, shuningdek, harakat vositalarini tintuvdan, rekvizitsiyadan, hibsdan va ijro harakatlaridan immuniteti;uchinchidan, arxivlar va hujjatlarning har qanday vaqtda va ularning qaerda joylashganidan qat’i nazar daxlsizligi kiradi. Diplomatik agentlar, yuboruvchi davlat maxsus missiya vakilla-ri va uning diplomatik xodimlari quyidagi imtiyozlardan foyda-lanadilar:birinchidan, missiya joylashgan davlat hududi bo‘ylab erkin harakat qiladi (belgilangan istisnolar bilan);ikkinchidan, barcha davlat, rayon va mahalliy (munitsipal) so-liq, yig‘im va bojlardan ozod etiladi;uchinchidan, ularning xarakteridan qat’i nazar, barcha mehnat va davlat majburiyatlaridan, shu jumladan harbiy majburiyatlardan (rekvizitsiya, tovon to‘lash va uylarni qo‘noq harbiylar qo‘nishidan ozod qilish kabilardan) ozod etiladi;to‘rtinchidan, ko‘rsatilgan shaxslar va ularning oila a’zolari shaxsiy foydalanishlari uchun belgilangan narsalarni bojxona bojlari, soliklar va yig‘imlarni to‘lamasdan olib kirish huquqiga ega beshinchidan, agar ularning shaxsiy yuklarida missiya joylashgan davlatga olib kirish va olib chiqib ketish taqiqlangan narsalarning borligini tasdiklovchi jiddiy asoslar majud bo‘lmasa, ularni tekshirishdan ozod etiladi. Imkoniyatlar — vakolatxona joylashgan davlat, agar bunga zaruriyat bo‘lsa, xorijiy davlatga, uning vakillik organlari va xodimlari timsolida ega bo‘lishi uchun yordam berishi mumkin yoki lozim bo‘lgan ne’mat va imtiyozlardir.Diplomatik vakolatxonaning asosiy majburiyati — o‘z binosidan faqat rasmiy maqsadlarda foydalanish va rasmiy aloqalarni faqat tashqi ishlar idorasi yoki kelishilgan holda boshqa mahkamalar orqali amalga oshirishdir.Diplomatik vakolatxona xodimlari majburiyatlari diplomatik vakolatxona joylashgan davlat qonun va qarorlarini hurmat qilish hamda uning ichki ishlariga aralashmaslikda o‘z ifodasini topadi. Diplomatik vakolatxona joylashgan davlatda diplomatga shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab kasb va tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. 15.Konsullik huquqining tushunchalari va manbalari. Konsullik huquqini konsullik muassasalari faoliyatini tartibga solish va ularning xodimlari maqomi, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilovchi xalqaro-huquqiy tamoyil va normalar majmui sifatida ta’riflash mumkin. Konsullik huquqi manbalari xalqaro shartnomalar va xalqaro odat normalaridir. Konsullik huquqi — davlatlar o‘rtasidagi konsullik aloqalarini tartibga solishga xizmat qiluvchi xalqaro huquq institutlaridan biridir. Uning normalari 1963 yilgi Vena Konvensiyasida kodifikatsiya qilingan. Davlatlarning keng tarqalgan amaliyotlaridan biri xalqaro huquqning tegishli qoidalarini aniqlashtiruvchi yoki ularga boshqacha shakl beruvchi ikki tomonlama konsullik konvensiyalarining tuzilishidir. Misol uchun, konsullik organlari deb nomlanuvchi konsullik muassasalari faoliyati doirasini belgilovchi konsullik vakolatxonasi joylashgan davlat hududi chegaralarini aniqlashga qaratilgan konvensiyalar.Konsullik masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar ham ikki tomonlama, ham ko‘ptomonlama asosda tuziladi. 1963 yilda qabul qilingan Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi universal ahamiyatga ega. Konvensiya 1967 yil 18 martda kuchga kirdi. O‘zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyani 1995 yilda ratifikatsiya qilgan.Konsullik huquqida konsullik masalalari bo‘yicha konvensiya-lar va ikkitomonlama shartnomalar muhim o‘rin tutadi. SHuning-dek, konsullik organlari maqomi, funksiyalari, tuzilishini hamda xorijsy konsullik muassasalari huquqiy holatini belgilab be-ruvchi milliy qonunchilik qoidalari ham katta ahamiyatga ega. Download 53.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling