Xalqlar boyligining tabiati ya sababalarini tadqiq qilish haqida


Download 13.38 Kb.
Sana14.05.2020
Hajmi13.38 Kb.
#106031
Bog'liq
Davlatning iqtisodiy aralashuvi nazariyalari


A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko'rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati ya sababalarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o'z-o'zini tartibga solishning zarurligi ta'kidlab o'tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to'liq ozod bo'lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar iste'molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniga ega bo'ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat kilishga majbur kiladi. A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib qoidalari milliy iste'molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to'lovi (poshlinasi) milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo'lgan milliy iste'molchilar yutqazadi. A.Smitning "Tinch qo'yish" nazariyasi, 1923 - 1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqazo qildi. Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Djon M.Keynsning "Ish bilan bandlilik, protsent va pulning umumiy nazariyalari" nomli kitobida o'z aksini topdi (1936). Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag'batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta'minlashi zarurligini isbotlaydi. Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda krizisga qarshi siyosat o'tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini tugatish va sanoat tsiklining o'zgarishini yə'qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugallangan nazariya sifatida AQShda amalga oshirildi
Download 13.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling