Xamidov abulqosimning kimyoda sinfdan tashqari ishlar fanidan tayyorlagan
Onlayn olimpiadada ishtirok etish tartibi
Download 358.25 Kb. Pdf ko'rish
|
XAMIDOV A OLIMPIADA O'TKAZISH METODIKASI
Onlayn olimpiadada ishtirok etish tartibi O‘quvchining onlayn olimpiadada ishtirok etishi bepul va ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. O‘quvchi ixtiyorida texnik jihatdan soz holatda bo‘lgan hamda Internet tarmogʼiga ulangan qurilma (shaxsiy kompyuter, noutbuk, planshet, mobil telefon va h.k.). bo‘lishi lozim va o‘quvchida ulardan foydalana olish ko‘nikmasi mavjud bo‘lishi zarur, jumladan qurilma orqali internet tarmog‘idagi Axborot tizimiga mustaqil kira olishi kerak. O‘quvchi dastlab Axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tadi, o‘z shaxsiy kabinetiga ega bo‘ladi va olimpiadada ishtirok etish uchun onlayn ariza yuboradi. Ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘quvchilarning onlayn arizalarini tasdiqlash uchun mas’ul hisoblanadi (keyingi o‘rinlarda – mas’ul xodim) va onlayn arizadagi ma’lumotlarning to’g’rili bo’yicha shaxsan javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Onlayn arizalarni ko‘rib chiqish muddati bir ish kunini tashkil etadi.O‘quvchi yuborgan onlayn arizadagi ma’lumotlar to’g’riligi tahsil olayotgan ta’lim muassasasi mas’ul xodimi tomonidan tasdiqlanadi. Ariza ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangunga qadar yoki rad etilgan hollarda Axborot tizimidan to‘liq foydalanolmaydi. O‘quvchi o‘z sinf kesimida bir necha fanlardan onlayn olimpiadada ishtirok etishi mumkin. Onlayn olimpiada natijasi va reytinglari har bir sinf va fan kesimida alohida bo’lib, olimpiada uchun ajratilgan vaqt to‘liq yakuniga yetgach Axborot tizimida e’lon qilinadi.
Download 358.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling