MAVZU : OLIMPIADA O’TKAZISH METODIKASI.
REJA :
1. Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 4-11-sinf o‘quvchilari
o‘rtasida onlayn olimpiadani o‘tkazish umumiy qoidalari
2.
Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 4-11-sinf o‘quvchilari
o‘rtasida onlayn olimpiadani o‘tkazish
umumiy qoidalari
Oʼzbekiston
Respublikasida
umumiy o‘rta taʼlim
maktablarining 4-11-
sinf o‘quvchilari o‘rtasida butunjahon Internet tarmogʼida onlayn fan
olimpiadalarini (keyingi o‘rinlarda – onlayn olimpiada) tashkil etish, o‘tkazish,
o‘quvchilarning olimpiadada ishtirok etishi hamda reytingini aniqlash tartibini
belgilaydi. O‘quvchilarning intellektual musobaqalarda ishtirok etishini
ta’minlash, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni ragʼbatlantirish, fan
olimpiadalariga bo‘lgan qiziqishini va ijodiy faolligini oshirish,
o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashning muqobil baholash imkoniyatini
yaratish, ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
samarali foydalanish, onlayn olimpiadaning asosiy maqsad va vazifalari
hisoblanadi. Onlayn olimpiada Xalq ta’limi vazirligi Fan olimpiadalari
bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti (keyingi o‘rinlarda –
Tahskilotchi) tomonidan muvofiqlashtiriladi, olimpiadaning tashkiliy va
texnik taʼminotini Xalq taʼlimi sohasida Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda –
АKT markazi)
tomonidan amalga oshiriladi. Onlayn olimpiadani o‘tkazish kuni va vaqtlari
Tashkilotchi tomonidan belgilanadi.