Xamidov abulqosimning kimyoda sinfdan tashqari ishlar fanidan tayyorlagan
Onlayn arizani ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi
Download 358.25 Kb. Pdf ko'rish
|
XAMIDOV A OLIMPIADA O'TKAZISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Onlayn olimpiadaning test topshiriqlarini bajarish tartibi
Onlayn arizani ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi
O‘quvchining onlayn arizasida xato va noto‘g‘ri ma’lumotlar Mas’ul xodim tomonidan arizani rad etishga asos bo‘ladi. Boshqa sabablar bilan onlayn arizani rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘quvchining onlayn arizasini tasdiqlash mas’ul xodim tomonidan faqat bir marotaba amalga oshiriladi va
shu orqali o‘quvchi ta’lim muassasasini bitirgunga (o‘zgartirgunga) qadar onlayn olimpiadada ishtirok etishi mumkin. Onlayn olimpiadaning test topshiriqlarini bajarish tartibi O‘quvchi berilgan topshiriqlarni tanlash orqali ixtiyoriy ketma-ketlikda yechishi mumkin. O‘quvchi berilgan har bir topshiriqning faqat bitta javob variantini belgilaydi yoki berilgan topshiriqning hech bir javob variantini belgilamasligi mumkin. O‘quvchi o‘z xohishiga ko’ra “Yakunlash” tugmasini bosish orqali onlayn olimpiadada o‘z ishtirokini tugatishi mumkin. O‘quvchi onlayn olimpiadani “Yakunlash” tugmasini bosib yakunlagadan so‘ng, ushbu onlayn olimpiadada yana qaytadan ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘quvchi onlayn olimpiadani berilgan vaqt muddatidan oldin yakunlash imkoniyatiga ega. Bu holda natijalarni barcha uchun ajratilgan vaqt tugagandan keyin ko’rish mumkin bo’ladi.
O‘quvchi ajratilgan vaqt davomida onlayn olimpiadani yakunlashga ulgurmasa, axborot tizimi uni avtomatik tarzda yakunlaydi. «Kimyodan sinfdan tashqari ishlar» fanidan ta’lim texnologiyasi «Iqtisodiy oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza va seminarlarni o’qitish texnologiyasi» o’quv qo’llanmasida bayon etilgan dars mashg’ulotlarida yangi texnologiyalarni qo’llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan.Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati to’g’risida so’z borganda Prezidentimiz I.A.Karimovning “O’quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko’rsatadigan o’qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish diqqatimiz markazida bo’lishi darkor” degan so’zlarini ta’kidlash o’rinlidir. Bu masala “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham asosiy yo’nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan.Kitobda keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o’zida o’quv mashg’ulotini o’tkazish shart-sharoiti to’g’risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad, vazifa va ko’zlangan natijalarni, o’quv mashg’ulotning rejasi, o’qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu o’quv mashg’ulotining texnologik kartasini, ya’ni o’qituvchi va o’quvchining mazkur o’quv mashg’ulotida erishadigan maqsadi bo’yicha hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma-bosqich ta’riflanishini ham o’z ichiga oladi.Kitob tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining kontseptual asoslari, har bir mavzu bo’yicha ma’ruza,laboratoriya va seminar mashg’ulotlarida o’qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o’zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.Kitobning kontseptual asoslari qismida dastlab «Kimyodan sinfdan tashqari ishlar» fanining dolzarbligi va ahamiyati, mazkur o’quv fanining tarkibiy tuzilishi, o’qitishning usul va vositalarini tanlashda tayanilgan kontseptual fikrlar, kommunikatsiyalar, axborotlar berilib, so’ngra loyihalashtirilgan, o’qitish texnologiyalari taqdim qilingan. Olti turdagi ma’ruza mashg’ulotlari: kirish, tematik, muammoli, vizual–ma’ruza, ma’ruza-munozara, hamkorlikdagi ma’ruza berilgan. Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko’rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga o’qitishning yangi, zamonaviy usul va vositlari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmoqda. O’qituvchi bilim olishning yagona manbai bo’lib qolishi kerak emas, balki talabalar mustaqil ishlash jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi, o’quv jarayonining menejeri bo’lishi lozim. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu g’oyalar yotadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling