Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
Transmilliylashuv indeksi, uni hisoblash usullari
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
9.2. Transmilliylashuv indeksi, uni hisoblash usullari
Jahon miqyosida so‘nggi yillarda yirik TMKlar rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlariga kirishga urinmoqdalar va ushbu urinishlarning aksariyatida TMKlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni bu mamlakatlarning moliya-sanoat sektoriga kiritish orqali kuchli asosdagi tuzilmalarni shakllantirishga harakat qilinmoqda. Shu nuqtai nazardan TMKlarning transmilliylashuv darajasi, ular ko‘lamining shakllanish mezonlarini o‘rganish rivojlanayotgan mamlakatlar uchun bugungi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. TMKlar faoliyatini davomiy o‘rganib boruvchi BMTning Savdo va rivojlanish Konferensiyasi (United Nations Conference on Trade and Development, UNCTAD) ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 70 mingga yaqin TMKlar faoliyat ko‘rsatib, ular tomonidan turli mamlakatlarda joylashgan 1 millionga yaqin sho‘‘ba korxonalar faoliyati nazorat qilib borilmoqda. TMKlarning “kuch” xususiyatlarini yoki ushbu kuch va ahamiyatga ega bo‘lgan mezonlarni “tortish” mumkinligini tahlil qilish muhimdir. TMKlar “kuchi”ning asosiy xususiyatlaridan biri korporatsiyaning umumiy kapitallashuv darajasi va uning mamlakatlardagi mavjud aktivlaridir. Kapitallashuvning umumiy darajasi davlat va xalqaro tashkilotlarga, muayyan mamlakatlarda esa ularning davlat tuzilmalariga bosim o‘tkazish kuchidan iboratdir. Shu munosabat bilan TMK faoliyatini tahlil qilishda “transmilliylashuv indeksi” tushunchasidan foydalaniladi. Transmilliylashuv indeksining ikki turi mavjud: 1. Kompaniyalarning transmilliylashuv indeksi ma’lum bir TMKning xorijda tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga jalb etilganlik darajasini aks ettiradi. Bu quyidagi uch ko‘rsatkichning o‘rtacha miqdori sifatida hisoblanadi: jami xorijiy aktivlarning umumiy aktivlardagi ulushi, xorijga sotish hajmining umumiy sotish hajmiga nisbati va xorijiy bo‘linmalardagi xodimlar sonining TMK umumiy xodimlari sonidagi ulushi. 2. Mamlakatning transmilliylashuv indeksi ma’lum bir mamlakat uchun xorijiy TMKlarning ahamiyatini baholaydi. Bu quyidagi to‘rt o‘zgaruvchi yig‘indisi sifatida hisoblanadi: - mamlakat ichidagi barcha kapital investitsiyalardagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushi; - mamlakatda to‘plangan xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbati; - mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi xorijiy kompaniyalar filiallarining ulushi; - ushbu xorijiy kompaniyalarda ish bilan band shaxslarning mamlakatdagi umumiy ish bilan band shaxslar sonidagi ulushi. Kompaniyalarning transmilliylashuv indeksini quyidagi bog‘lanish asosida aniqlash mumkin: Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling