Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
It = ( Axa / Aua + Cx / Cu + Xx / Xu ) : 3
Bu yerda: It - transmilliylashuv indeksi; Axa - xorijiy aktivlar hajmi; Aua - umumiy aktivlar hajmi; Cx - xorijiy filiallar sotgan tovar va xizmatlar hajmi; Cu - tovar va xizmatlar sotishning umumiy hajmi; Xx - xorijiy xodimlar soni; Xu - kompaniyaning umumiy xodimlari soni. Mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda eng transmilliylashgan mamlakatlar Gonkong (86 %), Irlandiya (64%), Belgiya va Lyuksemburg (59%), Singapur (59%), Estoniya (47%) hisoblanadi. Boshqa mamlakatlarda transmilliylashuv indeksi ancha past: Braziliyada 15%, Rossiyada 14%, Germaniyada 11%, Xitoyda 10%, Yaponiyada esa 2%171. Agar Amerika TMKlarini Yevropa TMKlari bilan solishtirsak, unda o‘ziga xos bir qonuniyatni ko‘rishimiz mumkin: AQSh savdo bozorining kattaligi tufayli AQSh TMKlarining transmilliylashuv darajasi Yevropa TNKlariga qaraganda ancha past. Bundan tashqari, TMKlarning faoliyati uchun zaruriy sharoitlarni ta’minlab beruvchi AQSh va Yevropaning soliq tizimlari ham bir-biridan farq qiladi. Ayni vaqtda Yevropa TMKlari uchun ishlab chiqarish joyini Sharqqa ko‘chirish ancha foydali. TMKlarni mamlakatda faoliyat boshlashini rag‘batlantirish maqsadida hukumatlar ularga soliq, davlat subsidiyalari, mehnat yoki ekologik qonunlar tizimida alohida imtiyozlarni taklif etadilar. Kapitallashuv darajasini baholashning iqtisodiy mezonlaridan tashqari, kompaniyani TMK sifatida tasniflashning bir qator boshqa mezonlari ham mavjud, masalan: - korporatsiya faoliyat ko‘rsatadigan mamlakatlar soni (kamida 2 tadan 6 tagacha); - korporatsiyaning ishlab chiqarish ob’ektlari joylashgan mamlakatlarning minimal soni; - korporatsiya erishgan hajm; - korporatsiya daromadidagi yoki sotuvdagi xorijiy operatsiyalarning minimal ulushi (odatda 25%); - korporatsiya xodimlari va yuqori boshqaruv organlaridagi xodimlarning xalqaro tarkibi. Shuni ta’kidlash lozimki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanish jarayonida TMKlarning roli muhim ahamiyatga ega. Xalqaro valyuta fondi tomonidan belgilanishicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya – maqsadi boshqa iqtisodiy tizimi rezidenti bo‘lgan kompaniyaning bir iqtisodiy tizim rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan uzoq muddatli manfaati uchun kiritilgan investitsiya hisoblanadi. Uzoq muddatli foizlar investor va xorijiy kompaniya o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlar mavjudligi va investorning tashkilot boshqaruviga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishini nazarda tutadi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling