Innovatsion texnologiyalar
|
|
joriy etish, trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini o‘z ichiga oluvchi iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish bosqichlarida qo‘llaniluvchi usul va vositalar majmui.
| |
Innovatsiya jarayoni
|
yangilik g‘oyasini rivojlantirishdan uning pirovard iste’molchi tomonidan iste’mol qilinishigacha bo‘lgan mantiqiy izchillikda harakatlanuvchi jarayon.
|
Inflyatsiya
|
pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy valyutaning qadrsizlanishi, narxlarning o‘sishi.
|
Infratuzilma
|
tovar ishlab chiqarish shartlarini ta’minlovchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari kompleksi majmui.
|
Ishsizlik
|
iqtisodiy faol aholining bir qismi o‘z kuchini qo‘llay olmay "ortiqcha", mehnat zaxirasi bo‘lib qolish hodisasi.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (EKOSOS)
|
BMTning asosiy boshqaruv organlaridan biri bo‘lib, uning xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi.
|
Iqtisodiy integratsiya
|
hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni yaratish yo‘li orqali milliy xo‘jalik komplekslarining o‘zaro yaqinlashish va bir-biriga kirib borish jarayoni.
|
Iqtisodiy ittifoq
|
iqtisodiy integratsiyaning oliy ko‘rinishi, u umumiy huquqiy me’yorlar, soliq bazasining soddalashtirilishi, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda yagona standartlarning joriy etilishi, yagona valyutaga o‘tish kabilar bilan tavsiflanadi.
|
“Katta yigirmalik”
|
20 ta yirik mamlakatlar guruhi bo‘lib, unga jahondagi eng boy mamlakatlar va yirik rivojlanayotgan davlatlar kiradi va jahon yalpi ichki mahsulotining 90 foiz ulushi ular hissasiga to‘g‘ri keladi.
|
Kon’yunktura
|
bu bozorda ma’lum bir vaqtda yuzaga kelgan iqtisodiy holat (asosan talab hamda taklif nisbati va u bilan bog‘liq bo‘lgan narxlar darajasi orqali yuzaga keladi).
|
| |