Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
-rasm. Globallashuvning sohalar va yuzaga kelish jihatlari bo‘yicha shakllari
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
2.1-rasm. Globallashuvning sohalar va yuzaga kelish jihatlari bo‘yicha shakllari
- iqtisodiy globallashuv – nafaqat xalqaro tovar (moliyaviy) oqimlarini intensivlashtirish va TMKlarning o‘sish jarayoni, balki mahalliy iqtisodiy jarayon (tizim)larni tarkibi va ta’siri jihatidan baynalmilallashtirish shaklida jahon mehnat taqsimoti tizimining institutsionallashuvi, ya’ni muntazam amaliyotga kiritilishi hamdir; - siyosiy globallashuv – nafaqat xalqaro tashkilotlar soni va ta’sirini oshirish, balki mahalliy siyosiy aksiyalar yoki harakatlarning baynalmilallashuvi shaklidagi jahon xalqaro munosabatlar tizimini institutsionallashtirish jarayonidir; - madaniy globallashuv – nafaqat G‘arb ommaviy axborot tizimlari va TMKlarning estetik va xulq atvor standart ramzlarining global kengayish jarayoni, balki mahalliy jamoalarning ko‘p madaniyatlilik holatida jahon madaniyatiga institutsionallashtirish hamdir. Globallashuvning shakllanishi ungacha bo‘lgan bir qator tushuncha va jarayonlarning to‘laqonlili shakllanganligi hamda amal qilinishiga ham bog‘liq. Bunday tushuncha va jarayonlar ketma-ketligini “baynalmilallashuv – mintaqalashuv – globallashuv” ko‘rinishida ifodalash mumkin. Sanab o‘tilgan tushunchalar aks etgan hodisalar ilgari mamlakat ichkarisidagi jarayonlar majmuasining yagona davlat chegaralaridan chiqqan holda ro‘y berishini ifodalaydi. Bunda hodisalarning vujudga kelish sharoitlari va vaqtlarida, ularning mohiyati, o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy vazifalarida, jarayonlar predmetlari to‘plamida tegishli farqlar kuzatiladi. Bundan tashqari hodisalarning ko‘lami, chuqurligi va intensivligida, shuningdek, ularning bevosita va uzoq muddatli natijalari va oqibatlarida muayyan farqlar yuzaga kelishi mumkin. Ushbu yo‘sin muntazam ko‘rsatkichlar jadvalini ishlab chiqish mumkin emas, faqat nomlangan konseptual seriyalar va unga kiritilgan toifalar haqidagi tasavvurlarnigina bayon qilish mumkin, xolos. Baynalmilallashuv ilgari faqat ichki hisoblangan tushunchaning dastlabki doiradan chiqishi yoki jahon iqtisodiyoti va siyosatida bir necha sub’ektlar harakati biror umumiy vazifa, maqsad va tadbir atrofida birlashtirilishini nazarda tutadi. Baynalmilallashuv xalqaro hayotdagi barcha ishtirokchilarni to‘la jalb qilmasa-da, sub’ekt va makonni egallash jihatidan universal hisoblanadi. Baynalmilallashuv mahalliy darajada yoki faoliyatning alohida yo‘nalishlari, turlari va sohalariga tatbiq etishda yanada samarali rivojlangan. Baynalmilallashuv tarixan juda erta yuzaga kelishi lozim bo‘lgan hodisa bo‘lib, dastlabki ijtimoiy-hududiy ob’ekt (shaharlar, davlat qismlari va boshqalar)larning yuzaga kelishi bilan namoyon bo‘lgan. Baynalmilallashuvning funksional jihatlari tarkibiy ta’sirlarga nisbatan ustundir. Uning asosiy vazifasi – real dunyoda barqaror xalqaro munosabatlarni ta’minlashdan iborat. Mintaqalashuv ko‘pincha XX asr oxiridagi jahon iqtisodiyoti va siyosatining o‘ziga xos xususiyati sifatida ko‘riladi. Biroq mintaqalashuv hodisasisiz nafaqat antik va o‘rta asrlar, balki bugungi davrda ham o‘rta va yirik davlatlar rivojlanishi mumkin emas. Mintaqalashuv sub’ektlari faqat o‘z davri uchun xalqaro munosabatlarning yetakchi sub’ektlari hisoblanadi. Bunday sub’ektlardan olingan huquq va vakolatlar asosida harakat qiluvchi o‘z agentlari bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda globallashuv bilan bog‘liq jarayonlarni tushuntirishda sanoatlashuv davridan keyingi davr, axborot inqilobi asri, texnoglobalizm va boshqa tushunchalar ko‘p qo‘llaniladi. Ularning barchasi globallashuv keltiradigan eng muhim o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi. Globallashuv jarayonining rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar va boshqalar (virtual davlatlar – Erkin Birma koalitsiyasi) muhim ahamiyat kasb etadi. Kastels globallashuvni iqtisod, madaniyat, ijtimoiy tashkilotlar va milliy davlatlar o‘rtasidagi tobora kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liq munosabatlar deb hisoblaydi. Globallashuv axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalarining o‘sib borayotgan o‘zaro bog‘liqligi yangi madaniyat ko‘rinishlarini shakllantirmoqda. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling