Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


-jadval Rim klubi tomonidan ishlab chiqilgan tahliliy ma’lumotlar


Download 1.08 Mb.
bet33/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

2.2-jadval
Rim klubi tomonidan ishlab chiqilgan tahliliy ma’lumotlar


Yil


Ma’ruza nomi


Mualliflar

1972

O‘sish chegaralari

D.Medouz va boshqalar


1974

Insoniyat burilish nuqtasida

M.Mesarovich va E.Pestel


1975

Xalqaro tartibni qayta ko‘rib chiqish

Ya.Tinbergen


1976

Chiqindilar asri chegaralaridan tashqarida

D.Garbor va boshqalar


1977

Insoniyat uchun maqsadlar

E.Laslo va boshqalar


1978

Energiya: teskari hisob

T.Monbrial


1979

Ta’lim olish uchun chegaralar yo‘q

J.Botkin, E.Elmanjra, M.Malitsa


1980

Uchinchi dunyo: jahonning to‘rtdan uch qismi

M.Gerne

1980

Boylik va farovonlik haqida dialog


O.Jiriani


1980

Kelajakka eltuvchi yo‘nalishlar

B.Gavrilishin


1981

Shimol va Janub hamkorligi imperiativlari

J.Sen-Jur


1982

Mikroelektronika va jamiyat

G.Fridrixs, A.Shaff


1984

Uchinchi dunyo o‘zini o‘zi boqa oladi

R.Lenuar


1986

Ummonlar kelajagi

E.Mann-Borgaze


1988

Yalangoyoqlar inqilobi

B.Shnayder


1988

O‘sishdan tashqarida

E.Pestel


1989

Ma’naviy qashshoqlik chegaralari

O.Jarini, V.Siel


1989

Ochlikni yenggan Afrika

A.Lemma, P.Malaska


1991

Birinchi global inqilob

A.King, B.Shnayder


1994

Boshqaruv qobiliyati

Ye.Dror

1995

Janjal va uyat: qashshoqlik va rivojlanmaganlik


B.Shnayder


1995

Hayotni ta’minlovchi milliy boylikda tabiatni e’tiborga olish

V.Van Diren


1997

To‘rtinchi omil: boylikning ikkilanishi, resurslarni ikki marta tejash

Z.Vayszekker, E.Lovins, L.Lovins


1997

Ijtimoiy birlik chegaralari: ziddiyatlar va xilma-xillik sharoitida tushunish

P.Berger


1998

Biz qanday ishlashimiz kerak

O.Jarini, P.Lidtke


1998

Dengizlarni global resurs sifatida boshqarish

E.Mann-Borgaze


1999

Tarmoqda: farazli jamiyat

J.L.Sebrian


2000

Insoniylik g‘alaba qiladi

R.Mon

2001

Axborot jamiyati va demografik inqilob


S.kapitsa


2002

San’at o‘ylashga majbur qiladi

F.Fester


2003

Ta’lim va ishning ikkilangan spirali

O.Jarini, M.Malitsa


2004

O‘sish chegaralari – 30 yildan so‘ng

D.Medouz va boshqalar


2005

Xususiylashtirish chegaralari

E.Vayszekker


Taqdim etib borilgan har bir ma’ruzada jahonni siyosiy, iqtisodiy, madaniy yoki ekologik jihatdan taraqqiy ettirishdagi alohida va global muammolar o‘rganilib, yakunda ushbu muammolarni hal etishning muqobil variantlari tavsiya etilgan. Rim klubi tomonidan ishlab chiqilgan traktatlar so‘nggi yillarda jahon taraqqiyotidagi muammolarni yechishda yetakchi manbalardan biri bo‘lib kelmoqda.



Shunday qilib, Rim klubi taraqqiyot va rivojlanish (shu jumladan, barqaror rivojlanish konsepsiyasi) bo‘yicha zamonaviy qarashlarni shakllantirishda muhim rol o‘ynadi. Rim klubi g‘oyalarining asosiy kamchiligi zamonning keskin siyosiy vaziyatida ularni amalga oshirish imkoni yo‘q edi.
1983 yilda Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha xalqaro komissiya (ARXK) tashkil etildi. Ushbu tadqiqot guruhining faoliyati BMT Bosh Assambleyasi qarori bilan yaratilgani bois tashkil etilgandan buyon jahon hamjamiyati e’tiborini tortib kelmoqda. Komissiya ishining maqsadi jahon taraqqiyoti tamoyillarini izlashdan iborat bo‘lib, ular asosida birgalikdagi xalqaro harakatlar amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. 1987 yilda Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha xalqaro komissiyaning “Umumiy kelajagimiz” nomli hisobotida chop etilgan asosiy postulatlari jahon taraqqiyoti Barqaror rivojlanish konsepsiyasi nomli tamoyiliga aylandi. Konsepsiya iqtisodiyot va atrof-muhit o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etish, ilmiy-texnik portlashlarning salbiy oqibatlarini oldini olish uchun mo‘ljallangan.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasining paydo bo‘lishining asosiy sabablari iste’mol falsafasining hukmronligi, resurslarni yo‘q qilish texnologiyalarining ustunligi va global iqtisodiy muammolar edi.
Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha xalqaro komissiya jahon iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish maqsadida quyidagi asosiy vazifalarni belgiladi:
1. O‘sish jarayonlarini jonlantirish. Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi jon boshiga iqtisodiy o‘sishni yiliga 5-6% ga, rivojlangan mamlakatlarda esa 3-4% ga oshirish.
2. O‘sish sifatining o‘zgarishi, ya’ni foydaning yanada adolatli taqsimlanishiga o‘tish hamda kam resurs talab qiladigan sifatli texnologiyalarni amaliyotga joriy etish. Iqtisodiy o‘sish ekotizimlarning ko‘payish qobiliyatiga putur yetkazmasligi kerak. Konsepsiya mualliflarining fikricha, iqtisodiyotning miqdoriy o‘sishini uning rivojlanish sifati bilan almashtirish zarur.
3. Yer yuzidagi barcha aholining asosiy ehtiyojlarini qondirish. Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha xalqaro komissiya bandlik, oziq-ovqat, energetika, uy-joy, suv, sanitariya, ta’lim va sog‘liqni saqlashni asosiy ehtiyojlar sifatida belgilab berdi. Insoniyatning asosiy vazifalaridan biri – bu ehtiyojlarni har kim qondira olishi uchun iqtisodiy tizim yaratishdir.
4. Aholi sonining barqaror, ya’ni ekotizimlarning mahsuldor sig‘imiga mos keladigan darajasini ta’minlash.
5. Resurs bazasini saqlash va mustahkamlash.
6. Texnologiyaning qayta yo‘naltirish va inqirozlar yuzaga kelishining oldini olish.
7. Qaror qabul qilishda ekologik-iqtisodiy jihatlarni birlashtirish. Barqaror rivojlanish bilan iqtisodiy o‘sish ekologik muammolarni keltirib chiqarmasligi kerak. Bu barqaror rivojlanish tushunchasining asosiy g‘oyasi hisoblanadi. Global ekologik va iqtisodiy tizimlar o‘rtasidagi munosabatlar zamonaviy dunyodagi eng muhim muammo sifatida ko‘rib chiqildi.
Barqaror rivojlanishga erishish dunyoning alohida mamlakatlari va mintaqalarida, ayniqsa, butun dunyoda ijtimoiy va siyosiy keskinlikni to‘liq bartaraf etish imkonini bermaydi. Shunday bo‘lsa-da, barqaror rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirish global vazifa hisoblanadi, ammo har bir mamlakat konsepsiyaning g‘oyalarini amalga oshirish uchun o‘z faoliyat dasturini ishlab chiqishi lozim.
Shunday qilib, globallashuvning rivojlanishida va xususan, barqaror rivojlanish bo‘yicha zamonaviy qarashlarning shakllanishida Rim klubi faoliyati katta rol o‘ynadi. Rim klubi, shuningdek, boshqa shu kabi tashkilotlarning shakllanishi dunyoda global muammolarning paydo bo‘lishi va avj olishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Biroq Rim klubi nafaqat global muammolarni, balki ularning bir-biri bilan aloqalarini tadqiq qilgan birinchi tashkilot edi. Global muammolarning o‘zaro bog‘liqligi g‘oyasi asosida Rim klubining eng mashhur ma’ruzasi – “O‘sish chegaralari” hisoboti yaratildi.
Ushbu hisobotning paydo bo‘lishi globalistika va global prognozlash rivojlanishida butunlay yangi bir bosqich bo‘ldi. Hisobot mualliflari ijtimoiy-iqtisodiy omillarning global muammolarning rivojlanishi va o‘zaro aloqasiga ta’sirini hisobga olmaganiga va tadqiqot usulida xatolar ehtimoli borligiga qaramay, hisobot mualliflari asosiy maqsadga erishishga muvaffaq bo‘ldilar. Hisobotni nashr etishning eng muhim natijalarini global muammolar haqidagi munozaraning boshlanishi va G‘arb mamlakatlaridagi ziyoli insonlar orasida dunyo masalalariga qiziqish kuchayishi deyish mumkin. Bundan tashqari Rim klubi “iste’mol falsafasi”ni jiddiy rivojlantirishga muvaffaq bo‘ldi, uning hukmronligi global muammolarning paydo bo‘lishi va avj olishining eng muhim sabablaridan biridir.
“O‘sish chegaralari” hisoboti chop etilgandan so‘ng nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlar uchun ham yerni saqlab qolish va global muammolarni hal qilish yoki hech bo‘lmaganda ijobiy tomonga siljitish yo‘llarini izlash insoniyat rivojlanishining asosiy kun tartibidan o‘rin oldi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling