Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


“Vashington konsensus” tomonidan ishlab chiqilgan “Jahon savdosini isloh etishning 10 tavsiyasi”


Download 1.08 Mb.
bet35/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

2.4. “Vashington konsensus” tomonidan ishlab chiqilgan “Jahon savdosini isloh etishning 10 tavsiyasi”
Dunyoda globallashuv fonida jahon savdosini takomillashtirish va isloh qilish yo‘nalishida ko‘plab yondashuvlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular orasida “Vashington konsensus” tomonidan ishlab chiqilgan “Jahon savdosini isloh etishning 10 tavsiyasi” muhim o‘rin tutadi.

Vashington konsensus 10 ta standart iqtisodiy islohotlar paketini o‘z ichiga oluvchi siyosiy tavsiyalardan iborat bo‘lib, ushbu tavsiyalar jahon moliyaviy-iqtisodiy sharoitida Xalqaro Valyuta Fondi (XVF), Jahon banki va AQSh G‘aznachilik departamenti kabi institutlar tomonidan keng qo‘llanilgan.


Bu atama birinchi marta 1989 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Uilyamson tomonidan qo‘llanilgan. Ushbu tavsiyalar makroiqtisodiy barqarorlashtirish, savdo va investitsiyalar uchun iqtisodiy ochiqlik va ichki iqtisodiyotda bozor kuchlarini kengaytirish kabi sohalardagi siyosatni o‘z ichiga oladi.
Uilyamson tomonidan ushbu atamadan foydalanilgandan keyin, mavjud ziddiyatlarga qaramasdan, Vashington konsensus iborasi ikkinchi, kengroq ma’noda kuchli bozorga yo‘naltirilgan yondashuvga nisbatan umumiy yo‘nalishda juda keng qo‘llanildi. Ushbu bahs-munozara va ziddiyatlarga qaramasdan, bir qator institutlar va iqtisodchilar ushbu tavsiyalardan agar u alohida mamlakatlar sharoitlariga mos keladigan bo‘lsa, har qanday strategiyadan foydalanish samarali bo‘lishi nuqtai nazaridan keng foydalanishmoqda.
Vashington konsensusning jahon savdosini isloh etish bo‘yicha 10 ta tavsiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Budjet kamomadini minimallashtirish. Ushbu tavsiya yalpi milliy mahsulot (GDP)ga nisbatan katta moliyaviy kamchiliklardan qochish uchun fiskal siyosat intizomini kuchaytirishni nazarda tutadi.
2. Korxonalarga berilgan subsidiyalarni minimallashtirish. Bunda asosiy e’tibor asosiy ko‘rsatkichlar o‘sishini ta’minlash, aholining kambag‘al qatlamlariga yo‘naltirilgan boshlang‘ich ta’lim, tez tibbiy yordam va infratuzilmalarga yo‘naltirilgan davlat subsidiyasi xarajatlarini qayta ko‘rib chiqishga qaratiladi.
3. Soliq bazasi keng, soliq stavkasi esa past bo‘lishi zarurligi. Ushbu tavsiyada soliq islohotlarini amalga oshirish orqali soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish va o‘zgarmas chegaralardagi past soliq stavkalarini belgilash ko‘zda tutiladi.
4. Foiz stavkalari ichki moliya bozorlari tomonidan belgilanishi zarurligi. Bunda foiz stavkalari bozor tomonidan belgilanishi va u aniq ko‘rsatkichlar uchun ijobiy bo‘lishi nazarda tutiladi.
5. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi almashuv kursi eksportni rivojlantirishi zarurligi.
6. Tashqi savdo tariflari minimal bo‘lishi zarurligi. Bunda savdoni erkinlashtirish – litsenziyalash va boshqa miqdoriy cheklovlarni olib tashlash orqali importni erkinlashtirish, past va nisbatan yagona tariflardagi savdoni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ko‘rinishida tavsiflanadi.
7. Xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish siyosati qabul qilinishi zarurligi.
8. Xususiylashtirish har tomonlama rag‘batlantirilishi zarurligi.
9. Davlat tomonidan tartibga solishni minimallashtirish. Bunda tartibga solishning moliyaviy muassasalardan tashqari barcha ko‘rinishlarini olib tashlash nazarda tutiladi.
10. Xususiy mulk huquqi kafolatlanishi va kuchaytirilishi zarurligi.
Uilyamson Vashington konsensus atamasi odatda uning birlamchi ma’nosidan boshqacharoq ko‘rinishda ishlatilishini aytib o‘tadi.
Uilyamson ko‘rsatib o‘tilgan 10 ta tavsiyadan dastlabki 3 tasi iqtisodiy doiralarda isbotsiz qabul qilinishi, qolgan 7 tasi esa munozaralarga sabab bo‘lishini ta’kidlab o‘tgan. U tavsiyalarning asosiy qismi davlatning ayrim funksiyalarini qisqartirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, ta’lim va sog‘liqni saqlashni qo‘llab-quvvatlash kabi funksiyalar davlatning doimiy funksiyalaridan bo‘lishini ham ko‘rsatib o‘tgan. U bozor fundamentalizmini qo‘llab-quvvatlamasligini aytadi va konsensus tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar to‘g‘ri amalga oshirilsa, kambag‘allarga foyda keltiradi, deb hisoblaydi.
Qayd etilganidek, Uilyamsonning e’tirozlariga qaramay, Vashington konsensus atamasi 1970-yillardagi Keyns ta’limotidan keyingi erkin bozor siyosatiga nisbatan umumiy siljishni tavsiflash maqsadida keng qo‘llanilgan.
2000-yillarda turli siyosatchilar tomonidan keng ma’noda konsensus 2008 yildagi global moliyaviy inqirozdan so‘ng o‘z dolzarbligini ta’kidladilar. Bozor muvaffaqiyatsizliklariga javoban hukumatlarning kuchli aralashuvidan so‘ng, Jahon banki kabi global institutlarning qator mutaxassislari Vashington konsensusi o‘z hayotini yashab o‘tdi deya boshladilar. Ular orasida Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Gordon Braun 2009 yilgi G-20ning London sammitidan so‘ng “eski Vashington konsensusi tugadi” deb e’lon qilgan.
Ko‘pgina mamlakatlar Vashington konsensusi tavsiyalarining turli tarkibiy qismlaridan ba’zan XVF va Jahon bankidan kredit olish maqsadida qo‘llashgan. Bu islohotlar natijalari ancha munozarali. Ayrim tanqidchilar islohotlar beqarorlikka olib keldi, degan iddaolarga e’tibor qaratishgan. Ayrim tanqidchilar Vashington konsensusini Argentina iqtisodiy inqirozi kabi o‘ziga xos iqtisodiy inqirozlarda, shuningdek, lotin Amerikasidagi iqtisodiy tengsizlikning kuchayishida ham ayblashgan.
Uilyamsonning o‘zi turli mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sish, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tavsiyalarni “...yumshoq qilib aytganda - umidsizlik” sifatida umumlashtiradi. U bu cheklangan ta’sirni uchta omilga qaratadi:
a) konsensusning o‘zi vayron qiluvchi iqtisodiy inqirozlarning oldini olish mexanizmlariga alohida e’tibor bermaydi;
b) tavsiyalarda keltirilgan islohotlar aslida to‘liq amalga oshirilmagan;
s) islohotlar daromad taqsimotini yaxshilash bo‘yicha yetarli darajada samarali emas va u qo‘shimcha harakatlar bilan to‘ldirilishi lozim edi.
Uilyamson va boshqa tahlilchilar ham Chili kabi izchil ravishda tegishli siyosiy o‘zgarishlarini amalga oshirgan bir qator mamlakatlardagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning uzoq muddatli yaxshilanishiga ishora qilishadi.
Uilyamsonning o‘zi ta’kidlaganidek, bu atama bozor fundamentalizmi yoki neoliberalizmining sinonimi sifatida asl niyatiga nisbatan kengroq ko‘lamda ishlatilib kelindi. Uilyamsonning fikrlari Jorj Soros va Nobel mukofoti laureati Jozef Stiglitslar tomonidan keng ma’noda tanqid qilingan. Vashington konsensus tavsiyalari yuqoridagilar bilan birga Erik Reynert kabi Lotin Amerikasi siyosatchilari va iqtisodchilari tomonidan tanqid qilindi. Bu atama, umuman, neoliberal siyosat bilan bog‘liq bo‘lgan erkin bozorni kengaytirish, AQSh va uning ta’siri bo‘yicha cheklovlar hamda milliy mamlakatlar suvereniteti bilan bog‘liq munozaralarga aylandi.
Tashqi qarzni yanada kengaytirish yoki eksport daromadini oshirish oson, Lotin Amerikasining ko‘p davlatlari proteksionizmni qisqartirish va iqtisodiyotning eksport yo‘nalishini oshirish uchun parallel siyosatni amalga oshirishda kuchli moliya intizomi orqali umumiy ichki talabni kamaytirishga qaratilgan aniq barqaror yo‘nalishlarni topa olmadilar.
Shunday bo‘lsa-da, o‘tgan asrning oxiri va asrimizning o‘tgan davri uchun Vashington konsensus tomonidan jahon savdosini isloh etish yo‘nalishidagi tavsiyalar ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotiga integratsiyasida muhim omil bo‘ldi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling