Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


Download 1.08 Mb.
bet37/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

II bob bo’yicha xulosalar
“Globallashuv” tushunchasi 1996 yildan boshlab Davos forumining asoschisi va prezidenti Klaus Shvab rahbarligidagi jahon iqtisodiy forumining 25-sessiyasida “Sayyoradagi asosiy jarayonlarning globallashuvi” mavzusida bo‘lib o‘tgan muhokamadan so‘ng alohida atama sifatida kiritildi.

“Globallashuv” atamasi 1983 yilda T.Levit tomonidan birinchi marta “Harvard Business Review” jurnalidagi maqolasida qo‘llanilgan. 1981 yilda amerikalik sotsiolog J.Maklean tomonidan “globallashuv” atamasi konseptual atamalardan biri sifatida ishlatilgan. 1985 yilda R.Robertson globallashuv atamasini o‘z maqolalaridan birining nomi sifatida qo‘lladi va uni batafsil talqin qiladi. R.Robertsonning ta’rifiga ko‘ra, globallashuv alohida mamlakatlarda ijtimoiy haqiqatga xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan turli omillar (masalan, yaqin iqtisodiy va siyosiy aloqalar, madaniy va axborot almashinuvi) ta’sirini oshirish jarayonidir.


“Globallashuv (lotincha “globus” – shar) – nazariya va siyosatdagi dunyoning ajralmas iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va siyosiy yagona tizim sifatida shakllanishi, tashkil topishi, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishiga yondashuv tamoyilidir”.
Iqtisodiy globallashuv muammolari bo‘yicha shakllangan nazariy qarashlarni baholab, iqtisodchi va siyosatshunos olimlarning turli yondashuvlarining uchta asosiy yo‘nalishini shartli ravishda ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Giperglobalistik yo‘nalish (giperglobalizm)
2. Shubha yo‘nalishi (skeptitsizm).
3) Transformatsion yo‘nalish.
Globallashuv nazariyalarining bugungi kungacha bo‘lgan taraqqiyotida asosan 4 ta muhim nazariyaga farqlanadi:
1. “Jahon tizimlari” nazariyasi (I.Vallerstayn).
2. “Umumjahon madaniyati” nazariyasi (R.Robertson).
3. “Umumjahon boshqaruvi” nazariyasi.
4. “Global kapitalizm” nazariyasi.
Dunyoda globallashuv fonida jahon savdosini takomillashtirish va isloh qilish yo‘nalishida ko‘plab yondashuvlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular orasida “Vashington konsensus” tomonidan ishlab chiqilgan “Jahon savdosini isloh etishning 10 tavsiyasi” muhim o‘rin tutadi. Vashington konsensus 10 ta standart iqtisodiy islohotlar paketini o‘z ichiga oluvchi siyosiy tavsiyalardan iborat bo‘lib, ushbu tavsiyalar jahon moliyaviy-iqtisodiy sharoitida Xalqaro Valyuta Fondi (XVF), Jahon banki va AQSh G‘aznachilik departamenti kabi institutlar tomonidan keng qo‘llanilgan.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling