Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


Download 1.08 Mb.
bet55/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

Antiglobalizm – bu globallashuv jarayonlarning hozirgi kunda namoyon bo‘layotgan ba’zi jihatlari (transmilliy korporatsiyalarning gegemonligiga va turli xil xalqaro savdo tashkilotlariga, asosan, Jahon savdo tashkilotiga e’tirozlar, shuningdek, global tengsizlik, TMKlarning gegemonligi, bir qutbli dunyoning shakllanishi, atrof-muhitning ifloslanishi, milliy urf-odatlarning yo‘qolib ketishi va h.k.lar)ga qarshi yo‘naltirilgan siyosiy harakatdir.
“Antiglobalizm” atamasi 1998 yil iyunda Fransiyada paydo bo‘ldi. Fransiyada bir nechta nashriyotlar, ijtimoiy assotsiatsiyalar va kasaba uyushmalari birgalikda, “ATTAC” (Association for the Taxation of Financial Transactions for the Aid of Citizens) tashkilotiga asos solishdi va “Tobin solig‘i”ni muomalaga kiritmoqchi bo‘lishdi. Tobin solig‘i 1972 yilda Jeyms Tobin tomonidan taklif etilgan bo‘lib, unda dunyo miqyosida barcha moliyaviy operatsiyalarning 0,1 foizi miqdoridagi ulush qashshoqlikni yo‘qotish va uchinchi dunyo mamlakatlari iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirilishi ko‘zda tutgan.
Bundan tashqari, ATTAC tashkiloti rivojlanayotgan mamlakatlarning qarzlarini kechishni ham talab qildi. Keyinchalik antiglobalistlarning qatori kengaydi: ko‘p sonli marksistlar, patsifistlar, hayvonlar g‘amxo‘rlari, vegetarianlar, anarxistlar, “yashillar”, izolyatsionistlar, kasaba uyushmalari, diniy kamchilikni tashkil qiluvchilar, yoshlar, ekologik, talabalar va urushga qarshi harakatlar, inson huquqi sohasidagi kurashchilar, iste’molchi huquqi himoyachilari, xomila abortiga qarshilar, ishsizlar ularga qo‘shildi.
2001 yilda Portu-Alegreda antiglobalistlarning birinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Fransiyaning olti sotsialist vaziri va Belgiya bosh vaziri shaxsan ishtirok etdi.
Keyinchalik Sietl, Praga, Genuya, Barselona, Davos va boshqa shaharlarda, shuningdek, globallashuvni ma’qullaydigan “Katta yettilik” davlatlari, XVF, Jahon banki uchrashuvlari o‘tadigan shaharlarda bunday chiqishlar odatiy hol bo‘lib qoldi. Antigloballashuv harakatining faolligi yildan-yilga oshib bormoqda (4.1-jadval).

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling