Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi bosqichlari
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bosqich – 1920-1970 yillar.
- 4.3-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining bosqichlari Jahon iqtisodiyoti globallashuvining birinchi bosqichi “Pax Britannica
4.4. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi bosqichlari
Fransuz tarixchisi F.Braudel o‘z tadqiqotlarida muayyan jamoatchilik bilan aloqa va funksiyalarning faqat xalqaro emas, balki global xarakterdagi milliy davlatlar chegarasidan tashqariga chiqish davri XVI-XVII asrlarga to‘g‘ri kelishini ta’kidlagan. Hozirgi globallashuv kapital baynalmilallashuvining bevosita davomi bo‘lib, uning boshlanishi Yevropa kapitalizmining shakllanish markazlari (Genuya, Gollandiya, Angliya) atrofida “jahon iqtisodiyoti” ning ilk ko‘rinishlarini vujudga keltirdi. B.Badi, V.Kuznetsov qarashlarida ham shunga o‘xshash nuqtai nazar mavjud. Jumladan, V.Kuznetsovning fikricha: “Globallashuv chiziqli jarayon emas. U siklik to‘lqinlarda rivojlanmoqda va hozircha bir nechta bosqichdan o‘tdi. Buyuk geografik kashfiyotlar, Ispaniya va Portugaliya mustamlakachi imperiyalarining vujudga kelishi XIX asrda dunyoning kapitalistik mustamlakasidan tortib sovuq urush oqibatlarining sotsializm tufayli barcha hodisalar globallashuvga aloqador bo‘lib, uning muayyan bosqichlari sanaladi53”. Mavjud adabiyotlarda globallashuv jarayoni bosqichlari uchta asosiy davrga bo‘lib ko‘rsatiladi (4.3-rasm): I bosqich – 1880-1920 yillar. Ushbu bosqichning asosiy belgisi - globallashuv jarayoni ishtirokchilarining asosiy maqsadi siyosiy va iqtisodiy mustamlakalardagi xomashyo manbalarini egallab olishga qaratilganligibilan ajralib turadi . II bosqich – 1920-1970 yillar. Ushbu bosqichning asosiy belgisi jahondagi mahsulot bozorlarini egallab olishga urinish hisoblanadi. III bosqich – 1970 yildan hozirgi kunga qadar. Ushbu bosqichning asosiy belgilari investitsiya tarkibining optimallashuvi, global yoki mintaqaviy xalqaro iqtisodiy integratsiya afzalliklaridan foydalanish, global raqobatbardoshlikni ta’minlash, saqlash va oshirish asosida jahonning tez o‘sib borayotgan bozorlaridagi o‘z o‘rnini mustahkamlashga qaratilganligidir. 4.3-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining bosqichlari Jahon iqtisodiyoti globallashuvining birinchi bosqichi “Pax Britannica” deb nomlanib, ushbu integratsion sikl XIX asr o‘rtalaridan Birinchi jahon urushigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Jahon bozori, haqiqatan ham, buyuk geografik kashfiyotlar davrida shakllana boshladi, lekin faqat 1900-yillarning boshlariga kelib, iqtisodiy munosabatlar uchun ochiq bo‘lgan butun dunyoni qamrab oldi. Yevropa “jahon iqtisodiyoti”ning markazi vazifasini bajarilishini o‘z zimmasiga oldi va globallashuv jarayonini boshlab berdi. Sanoat inqilobi natijasi sifatida dunyoning iqtisodiy birligi vujudga keldi. Bu jarayonda Buyuk Britaniya birinchi bo‘lib ishlab chiqarish sanoatini yaratdi. mamlakatning “dunyo ustaxonasi”ga aylanishi uning tashqi savdo siyosatini tubdan o‘zgartirdi. Xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talablar anaxronizmga aylandi – mamlakatda xomashyo va oziq-ovqat tanqisligi yuzaga keldi. Ushbu davrda “erkin savdo” davri boshlandi. Cheklovlarning bekor qilinishi umumiy xalqaro savdoning rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Tarixda “erkin savdo”ga o‘tish hatto “shok terapiyasi”ning birinchi namunasi deb ataladi: atigi o‘n yil ichida jahon savdosining miqdori deyarli ikki barobar oshdi. XIX asr o‘rtalaridan to birinchi jahon urushi boshlanguniga qadar xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida liberal jahon tartiboti ustun keldi. 1870-yillarning o‘rtalaridan boshlab tovar eksporti bilan birga kapitalni eksport qilish ham muhim ahamiyat kasb etdi. Bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga kapital qo‘yilmalarning ko‘chishi global iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biriga aylandi. Masalan, shu davrda fransuz aholisining 10% ga yaqini Rossiya obligatsiyalariga ega edi. Rossiyada nizom kapitalining uchdan bir qismiga chet elliklar, xususan nemislar egalik qilishgan. Xalqaro qarz olishning “buyuk davri” 1914 yilda nihoyasiga yetdi. Shunisi ahamiyatliki, globallashuv omillari iqtisodiyotdan tashqari boshqa sohalarda ham namoyon bo‘ldi. K.Doych tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ichki kapital aylanmasiga nisbatan xalqaro kapital aylanmasining ulushi 1950-yillar boshida 1913 yilga nisbatan ancha past va 1880 yilga nisbatan biroz past bo‘lgan. XIX asr o‘rtalarida baland ko‘tarilgan migratsiya to‘lqini ta’sirida dunyo yangi davrga o‘tdi. 1880 yillarda amal qilingan mehnat migratsiyasidagi yengilliklar tufayli Skandinaviya aholisining 7%i, Italiya aholisining 6% dan ko‘prog‘i AQShga ko‘chib kelgan. 1900 yillarda antik va uyg‘onish davriga xos bo‘lgan dunyo birligi va yaxlitligi hissi qayta tiklandi: 1896 yildan boshlab Jahon Olimpiya o‘yinlari o‘tkazila boshladi, 1901 yildan boshlab xalqaro Nobel mukofotlari ta’sis etildi, 1887 yilda xalqaro muloqot tili - esperanto yaratildi. Global kapitalizm tizimi 1910 yilga kelib o‘z cho‘qqisiga yetdi. Dunyo aholisining taxminan 89%i valyuta ayrboshlash mumkin bo‘lgan mamlakatlarda yashagan, dunyo savdogarlar va sayohatchilar uchun ochiq edi. Biroq 1914 yil avgusti “Rax Britannica” tarixiga chek qo‘ydi. Birinchi (1914-1918 yillar) va Ikkinchi jahon urushlarining yuzaga kelishi (1939-1945 yillar) jahon iqtisodiyoti globallashuvi birinchi bosqichiga yakun yasab, uning yangi belgi va xususiyatlar bilan ikkinchi bosqichga o‘tishiga olib keldi. Globallashuvning ikkinchi bosqichida jahonda yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalarga bog‘liq holda bir necha sikllarda o‘zgarishlar kuzatildi. Jumladan, uning birinchi sikli 1914-1945 yillardagi global tarqoqlik (dezintegratsiya) bilan boshlandi. V.S.Solovyovning yozishicha, har qanday jiddiy va uzoq muddat davom etgan urush muqarrar ravishda dunyo miqyosidagi aloqalarda silkinishlarga olib keladi. XIX asrning oxirida erkin savdo tizimining qulashi birinchi jahon urushi davrida urush davri iqtisodiyotiga xos bo‘lgan turli cheklovlarni joriy etish va avtokratik jarayonlarni mustahkamlash bilan boshlandi. Bu jarayon iqtisodiy tarix nuqtai nazaridan 1914 yilga keib tugadi. 1914 yildan boshlab xalqaro mehnat taqsimoti tizimida qattiq cheklovlar joriy qilindi. Birinchi jahon urushi xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qisman izdan chiqardi. Munosabatlarning izdan chiqishi urushdan keyin juda katta qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. 1929-1933 yillardagi Buyuk depressiya jahon iqtisodiyotida yangi tartibsizliklarni boshlab berdi. Ko‘pchilik davlatlarning savdo siyosatida proteksionizm va iqtisodiy millatchilik ko‘rinishlari keskin darajada oshib bordi. 1938 yilda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining tashqi savdoga bog‘liqligi 1880 yilga nisbatan 1,5 barobar past va 1850 yilga nisbatan atigi 20% yuqori bo‘ldi. Yevropa mamlakatlarida chet elliklarni ishga joylashtirishni ta’qiqlovchi tizim joriy etildi. Ikkinchi jahon urushi jahon iqtisodiy aloqalarini birinchi jahon urushidan ham ko‘proq izdan chiqardi Jahon iqtisodiyotidagi “buyuk sinish“ texnologik ukladlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq chuqur ildiz otgan sabablarga ham ega edi. Eski industrial mamlakatlar (Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Shveysariya)da temiryo‘l qurilishi davri tugadi. N.D.Kondratev jahon iqtisodiyotining yangi siklik o‘sishini avtomobil sanoati bilan bog‘ladi. Ford konveyeri 1913 yilda ish boshlaganiga qaramay ikkinchi jahon urushidan keyingina bu sohada yuksalish –boshlandi. Ushbu davr oralig‘ida Buyuk Britaniya “global iqtisodiy yetakchilik”ni qo‘ldan boy berdi, AQSh esa bu vaqtda ushbu vazifani qabul qilib olishga hali tayyor emas edi. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining ikkinchi global integratsiya sikli 1946 yildan boshlandi. Ushbu sikl XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro mehnat taqsimotining asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylangan avtomobilsozlik, neft qazib olish va qayta ishlash kabi tarmoqlarni vujudga keltirgan ikkinchi sanoat (texnologik) inqilobi ta’sirida yuzaga keldi. XX asr o‘rtalarida avtomobillar, neft, va neft mahsulotlari jahon savdosida uchta eng muhim tovar guruhi hisoblanib, jahon eksportining taxminan 25% ni tashkil etdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin, jahon iqtisodiyotidagi ko‘plab jarayonlarni noldan boshlash lozim bo‘ldi. 1970 yillarning birinchi yarmiga kelib xalqaro mehnat taqsimoti va tashqi savdoning jahon iqtisodiyotidagi ulushi qayta tiklandi. Bu davrda sanoat mamlakatlari tovar eksportining YaIMdagi ulushi 1913 yildagi natijalar darajasiga qaytdi. 1974 yilda Jahon hamjamiyati tomonidan BMT qoshida transmilliy korporatsiyalar bo‘yicha komissiya va TMKlar markazi tashkil etilishi jahon iqtisodiyotida TMKlarning roli o‘sib borayotganidan dalolat beradi. Biroq 1990-yillar boshidagina yalpi jahon mahsulotining ulushi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 1913 yildagi ko‘rsatkichga yetdi. Qo‘shma Shtatlar savdo aylanmasi XX asr o‘rtalarida jahon savdosining 80% ini tashkil etganligi uning ikkinchi globallashuv to‘lqinining “etakchisi” bo‘lganligini ko‘rsatadi. AQShning tashabbusi va to‘la qo‘llab-quvvatlashi bilan global iqtisodiy tashkilotlar - JST, XVF va Jahon banki yaratildi va ular globallashuvning hozirgi bosqichining o‘ziga xos xususiyatiga aylandi. Shuni e’tirof etish kerakki, bugungi kunda dunyoda globallashuv va iqtisodiy birlikning “ikkinchi to‘lqini” kuzatilmoqda. Ko‘rsatib o‘tilganidek, ba’zan integratsiya davrlari parchalanish davrlari bilan o‘rin almashadi. Bu o‘zgarishlar uzoq vaqt davomida sodir bo‘ladi va odatda, iqtisodiy rivojlanish tabiatidagi “umumiy” o‘zgarishlar, masalan, ilmiy va texnologik inqilob tufayli ro‘y beradi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling