Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


-rasm. Global muammolarning asosiy guruhlari


Download 1.08 Mb.
bet48/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

4.1-rasm. Global muammolarning asosiy guruhlari
1-guruh. Global siyosiy muammolar. Ushbu guruh muammolari jahon, mintaqalar va mamlakatlar siyosiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi global muammolardan iborat:
- global, mintaqaviy va hududiy tinchlikni saqlash;
- qurolsizlanish va konversiya;
- mahalliy urushlar va nizolar;
- xalqaro terrorizm;
- “yopiq” mamlakatlar muammosi va boshqalar.
2-guruh. Global iqtisodiy muammolar. Ushbu guruh muammolari jahon, mintaqalar va mamlakatlar iqtisodiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi global muammolardan iborat:
- transmilliy kapital;
- iqtisodiy urushlar va nizolar;
- rivojlanayotgan mamlakatlar qoloqligining kuchayishi;
- global demografik muammolar (rivojlanayotgan mamlakatlardagi demografik portlashlar, aholi ortiqchaligi, taraqqiy etgan mamlakatlarda aholi soni qisqarishi, aholining “qarishi”, migratsiya);
- Shimol-Janub muammosi;
- xalqaro qarzdorlik;
- moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar;
- energetika muammosi va boshqalar.
3-guruh. Global ijtimoiy muammolar. Ushbu guruh muammolari jahon, mintaqalar va mamlakatlar ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi global muammolardan iborat:
- aholi daromadlaridagi tabaqalanishning kuchayishi;
- ishsizlik va qashshoqlik;
- to‘yib ovqatlanmaslik;
- kasalliklar va giyohvandlikka qarshi kurash;
- megapolislar;
- inson salohiyatini rivojlantirish muammosi;
- oziq-ovqat muammosi;
- xavfsizlik;
- demografik va boshqa muammolar.
4-guruh. Global ekologik muammolar. Ushbu guruh muammolari jahon, mintaqalar va mamlakatlar ekologik holatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi global muammolardan iborat:
- global ifloslanish;
- radioaktiv ifloslanish;
- kislota yomg‘irlari;
- tuproq eroziyasi;
- resurslarning cheklanganligi;
- global iqlim isishi;
- ozon qatlami yemirilishi;
- ekologiya va barqaror rivojlanish;
- inson xavfsizligini ta’minlash muammosi;
- jahon okeani muammosi va boshqa muammolar.
Global muammolarni tizimlashtirish nazariy asoslardan ko‘ra empirik asoslangan, tasniflashning nazariy asoslarini, ayniqsa, mazmun jihatidan o‘rganish hali tugallanmagan. Shu sababli global muammolar tasnifi boshqacha shaklga ham ega bo‘lishi mumkin, bularning barchasi uning qanday mezonlarda asoslanishiga bog‘liq.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling