“тасдиқламан”


Download 18.83 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi18.83 Kb.
#1505811
Bog'liq
Giyohvandlik bo‘yicha tanlov NIZOMi 2022 iyul





TASDIQLAYMAN”
Jizzax politexnika instituti rektori
_________ prof. A.Usmankulov
2022-yil “____” ________





JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTIDA “GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH ” OYLIGININI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH BO‘YICHA
YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA YO‘Q DEYDI” MAVZUSIDA ONLAYN INTELLEKTUAL TANLOVINING
NIZOMI


  1. UMUMIY QOIDALAR

Mazkur onlayn intellektual tanlov institutda fakultetlar talaba-yoshlari orasida “Yoshlar giyovandlikka yo‘q deydi” mavzusida rasmlar hamda insholar tanlovini tashkil etish tartibini belgilaydi.


Ushbu onlayn intellektual tanlov 2022-yil iyul oyi davomida - Yoshlarda giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalar hosil qilish. Shu bilan birga kelajagimiz egalarini ezgu maqsad va g‘oyalar bilan sog‘lom, barkamol, har xil zararli illatlar va yot g‘oyalarga nisbatan immuniteti kuchli avlod qilib tarbiyalashga har jihatdan jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim. Institutimiz miqyosida o‘tkazilayotgan “Yoshlar giyovandlikka yo‘q deydi” mavzusida rasmlar hamda insholar onlayn intellektal tanlov ana shunday ezgu maqsadga qaratilgan. Talaba-yoshlarning giyohvandlikka qarshi kurashishga oid bilimini aniqlash, yetuk salohiyatli talaba-yoshlarni munosib taqdirlash maqsadida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan mavjud fakultetlar bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Talaba-yoshlarni giyohvand va turli narkotik moddalar iste`mol qilish qanday oqibatlarga olib kelishidan xabardor etish. Shuningdek, giyohvandlik global muammo ekanligi, ushbu illatga qarshi doimiy kurash olib borilishi kerakligi va ayni bu ishda juda katta javobgarlik nafaqat huquqni muhofaza qilish muassasalari xodimlari, balki ta’lim muassasalaridagi pedagoglari, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik zimmasida ekanligi ham ta’kidlashimiz kerak. “Yoshlar giyovandlikka yo‘q deydi” mavzusidagi rasmlar hamda insholar onlayn intellektual tanlovi, Talaba-yoshlarning giyohvandlikka qarshi kurash haqidagi bilimlari, talaba-yoshlarning intellektual salohiyatlarini aniqlash, ularning faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.

  1. TANLOVNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Yoshlar giyovandlikka yo‘q deydi” mavzusida rasmlar hamda insholar tanlovi quyidagi maqsad va vazifalarni o'z ichiga olishi kerak:
- aholi va yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning salbiy oqibatlari haqidagi tushunchalarini yanada mustahkamlash, sog‘lom turmush tarziga qat’iy rioya qilishlarini taʼminlash;
- aholi va yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda qonunga itoatkorlik hissini kamol toptirish;
- ijodkor yoshlarni izlab topish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
- yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash;
- aholi va yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar ta’siriga tushib qolishiga barham berishga erishish.
III. TANLOVNI TASHKIL ETISH TARTIBI
Yoshlar giyovandlikka yo‘q deydi” onlayn intellektual tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy komissiya tarkibi institut rektori tomonidan tasdiqlanadi. Tashkiliy komissiya tarkibiga Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va boshqalar kiradi.
Tashkiliy komissiya tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni boshqaradi.
Institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi tanlovning asosiy tashkilotchilari hisoblanadi.
Yoshlar giyovandlikka yo‘q deydi” onlayn intellektual tanlovi hakamlar hay’ati tanlov ishtirokchilarini belgilangan shartlar asosida 100 ballik tizimda baholash huquqiga ega.
IV. TANLOVNI O‘TKAZISH MUDDATLARI VA G‘OLIBLIKNI BELGILASH ME’YORLARI
Tanlovda I (birinchi), II (ikkinchi) va III (uchinchi) o‘rinlar belgilanadi.Tanlov g‘oliblari institut rektorining I (birinchi), II (ikkinchi) va III (uchinchi) diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
V. TANLOVNING BAHOLASH MEZONI
Yoshlar giyovandlikka yo‘q deydi” mavzusida rasm hamda insholar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- Rasm hamda insholar mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi – 20 ball;
- Rasm hamda insholar giyohvandlikka qarshi kurashning eng so‘nggi yillar (so‘nggi 5 yil 2018-2022 yillar)ning yoritilishi – 20 ball
- Rasm hamda insholar mantiqiylik, ishtirokchining dunyoqarashi, fikrlash doirasi va e’tiborni jalb qila olish xususiyati – 20 ball;
- Rasm hamda insholar mazmuni, uning yuqoridagi mavzular bo‘yicha qamrovi, unga bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni kreativ nuqtai nazardan aks ettirish darajasi – 20 ball;
- Rasm hamda insholarning o‘ziga xosligi, boshqa rasm hamda insholardan ajralib turishi - 20 ball.
Download 18.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling