“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
37
37
3-mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va
shakllari. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari
Reja:
3.1. Globallashuv jahon iqtisodiyoti baynalminalashuvining eng yuqori bosqichi sifatida
3.2. Global jarayonlarning milliy iqtisodiyot rivojlanishiga ta’siri
3.3. Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi omillar
Tayanch tushunchalar:
Jahon
iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, XMT, mintaqaviylashuv,
globallashuv,
baynalminallashuv, integratsiyalashuv,
xalqaro iqtisodiy hamkorlik, xalqaro iqtisodiy
integratsiya, TMK, tashqi savdo siyosati, investitsiya siyosati, monetar siyosat, fiskal siyosat,
valyuta siyosati, xususiylashtirish, kichik biznes.
3.1. Globallashuv jahon iqtisodiyoti baynalminalashuvining eng yuqori bosqichi sifatida
Globallashuv zamonaviy jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi
eng asosiy jarayonlarning
biri bо‘lib, xо‘jalik hayoti baynalminallashuvining yuqori bosqichi hisoblanadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro ishlab
chiqarish kooperatsiyasi, tashqi savdo va
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqa shakllari rivojlanishi
natijasida milliy
iqtisodiyotlarning о‘zaro aloqasi va bir-biriga bog‘liqligi tobora kuchaymoqda. Hozirgi davrda
tashqi omillarni hisobga olmasdan davlatlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin
emas.
Ma’lumki, mamlakatlararo iqtisodiy bog‘liqlikning kuchayishi,
tashqi iqtisodiy
aloqalarning milliy iqtisodiyotlarga ta’sirining ortishi, katta-kichik davlatlarning xalqaro
munosabatlardagi ishtirokining faollashuvi xо‘jalik faoliyatining baynalminallashuvidir.
Iqti-
sodiyot baynalminallashuvining dastlabki bosqichi xalqaro iqtisodiy hamkorlik
hisoblanadi
va bunda tashqi savdoning roli g‘oyat muhimdir. Davlatlar о‘rtasidagi xalqaro
xо‘jalik aloqalarining meyoriy-huquqiy ta’minlanishi, qayta ishlab chiqarish jarayonlarining
milliy chegaralardan tashqariga chiqishi xalqaro iqtisodiy hamkorlikdir.