3-mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakllari. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari Reja


Download 145.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana31.01.2024
Hajmi145.01 Kb.
#1829511
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
70E31036-9F0B-4C85-A783-F93CD888A238.3-mavzu

 
 
Qisqacha xulosalar:
 
Ma’lumki, mamlakatlararo iqtisodiy bog‘liqlikning kuchayishi, tashqi iqtisodiy 
aloqalarning milliy iqtisodiyotlarga ta’sirining ortishi, katta-kichik davlatlarning xalqaro 
munosabatlardagi ishtirokining faollashuvi xо‘jalik faoliyatining baynalminallashuvidir. Iqti-
sodiyot baynalminallashuvining dastlabki bosqichi xalqaro iqtisodiy hamkorlik hisoblanadi. 
Baynalminallashuvning keyingi bosqichi “xalqaro iqtisodiy integratsiya” bilan izohlanadi. Bu 
davr xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, kapital harakati jо‘shqinligining 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
54 
54 
kuchayishi, ilmiy-texnik rivojlanish umumbashariy xarakterga ega bо‘lganligi, milliy 
iqtisodiyotning ochiqligi va erkin savdo darajasi ortishi bilan izohlanadi. 
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi deb, turli mintaqa, mamlakat tarmoq va sohalarda 
kechayotgan jarayonlarning bir-biriga bog‘liqlik darajasining kuchayishi tufayli bosqichma-
bosqich jahon xо‘jaligining yagona tovar, xizmatlar, kapital, ish kuchi, ma’lumot va bilimlar 
bozoriga aylanib borayotganligini tushunamiz. 
Texnologiyalar bilan ta’minlanganligi nuqtai nazaridan, mamlakatlar orasidagi farq oshib 
borayotganligi sababli jahon iqtisodiy muhiti xilma-xilligicha qolmoqda. 
Globallashuvning zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi asosiy ziddiyatli jihati belgisi 
integratsiya va avtonomizatsiya jarayonlarning uyg‘unlashuvidir 
Globallashuv jarayonlari inson salohiyatini oshirishda ham qulay sharoitlar yaratib 
bermoqda. U izlanish va tadqiqotlar, ta’lim va tajriba sohasida xalqaro malaka oshirish
qо‘shma loyihalar va xorijda tajriba almashinishning jadallashuvi natijasida о‘zini milliy 
iqtisodiyotning muhim innovatsion omili sifatida namoyish etmoqda. 
Bozor ishtirokchilari kо‘pchilik mamlakatlarda tarqalgan biznes yuritish tamoyillarini 
qayta shakllantirmoqdalar. Ular faoliyat maydonida gо‘yoki о‘zlarining tashkiliy va texnik 
tо‘rlarini yoyib tashlamoqdalar. 
Oxirgi ellik yil davomida bir necha rivojlanish bosqichlarini, ya’ni avtomatlashtirish, 
kompyuterlashtirish, biologizatsiya kabilarni boshidan kechirgan ilmiy-texnikaviy inqilob 
global jahon bozorida tamomila yangi segmentning - axborotlar va texnologiyalar bozorining 
paydo bо‘lishiga olib keldi. 

Download 145.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling