Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


-jadval Jahonda ochlik geografiyasining o‘zgarishi: hududlar bo‘yicha ochlikka mahkum aholi soni va ulushi


Download 1.08 Mb.
bet134/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

10.1-jadval
Jahonda ochlik geografiyasining o‘zgarishi: hududlar bo‘yicha ochlikka mahkum aholi soni va ulushi194




Mamlakatlar


Aholi soni, mln kishi


Ulushi, %


1990 yil


2014 yil


1990 yil


2014 yil

1

Rivojlangan mamlakatlar

20

15

2,0

1,5

2

Janubiy Osiyo

291

281

28,8

35,4

3

Afrika mamlakatlari (Sahroi Kabirdan janubiy qismi)

176

220

17,4

27,7

4

Sharqiy Osiyo

295

145

29,2

18,3

5

Janubi-Sharqiy Osiyo

138

61

13,6

7,6

6

Lotin Amerikasi va Karib havzasi

66

34

6,5

4,3

7

G‘arbiy Osiyo

8

19

0,8

2,4

8

Shimoliy Afrika

6

4

0,6

0,5

9

Kavkaz va Markaziy Osiyo

10

6

0,9

0,7

10

Okeaniya

1

1

0,1

0,2

Aholining oziq-ovqat xavfsizligi holatini baholash quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshiriladi:



- mamlakatning barcha hududida to‘lovga qobil talabga mos keladigan miqdorda va assortimentda oziq-ovqat mahsulotlarining doimiy ravishda mavjudligi;
- barcha iste’molchilar uchun uning ijtimoiy maqomi va yashash joyidan qat’i nazar oziq-ovqat mahsulotlarini minimal darajada iste’mol qilish imkoniyatining mavjudligi;
- oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi – inson uchun ushbu mahsulotni yaroqsiz holga keltiruvchi yoki xavfli bo‘lgan moddalarning mavjud emasligi;
- oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ya’ni har kuni inson tomonidan unga zarur bo‘lgan miqdordagi kaloriya va ozuqaviy komponentlarning uning yoshi va faoliyat sohasiga bog‘liq ravishda iste’mol qilinishi. Bunda ovqatlanish sifati mutasaddi tashkilotlar tomonidan tavsiya qilingan ratsional me’yorlarga muvofiq keladigan oqsil, yog‘, uglevodlar, vitaminlar, makro va mikroelementlarni uyg‘unlashtirish orqali ta’minlanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan aholi ehtiyojlarini ta’minlash uchun mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini umumlashtiruvchi mezoni belgilanadi. Aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishini baholashda muayyan belgilari asosida ham miqdori, ham sifati bo‘yicha bo‘sag‘aviy qiymat butun dunyoda mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘z-o‘zini ta’minlashi va o‘tkinchi zahiralar darajasi hisoblanadi. Bu miыdor zahiralarning 15-20 %ini tashkil qilishi kerak.
Ma’lum bir davrda qishloq xo‘jaligining rivojlanishi nuqtai nazaridan oziq-ovqat xavfsizligining erishilgan darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar asosida baholash mumkin:
1. Asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori. Ushbu ko‘rsatkich yordamida iqtisodiyotning mazkur sektoridagi takror ishlab chiqarish jarayonining dinamikasini ko‘rib chiqilayotgan davrda aholi sonining o‘zgarishini inobatga olgan holda baholash mumkin.
2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan standartlariga va xalqaro standartlarga mosligi. Shu standartlarga muvofiq holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning ularni jon boshiga iste’mol qilishining yetarli darajasini ta’minlash uchun miqdor va sifat tarkibini tavsiya etish mumkin.
3. Asosiy moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Davlat yoki hududlar darajasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining moliyaviy-iqtisodiy holatini tezkor baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin:
- qishloq xo‘jaligi korxonalarining butun faoliyatidan olingan qoldiq natija (foyda minus zarar);
- foyda olib yoki zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalar soni;
- umuman qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining, jumladan, o‘simlikchilik hamda chorvachilikning rentabellik darajasi.
Alohida uy xo‘jaliklarining oziq-ovqat xavfsizligiga, asosan, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad katta ta’sir ko‘rsatadi, chunki har bir kishining amalda oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishlari ularning daromadlari darajasiga bog‘liq. Daromadlar, o‘z navbatida, oiladagi ishlovchi a’zolarning ish haqi miqdoriga, nogironlar, pensionerlar va aholining kam ta’minlanganlar qatlamlarining pensiyalari va ijtimoiy nafaqalariga; individual faoliyatdan keladigan daromadlarga bog‘liq bo‘ladi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlariga ketadigan xarajatlarning real pul daromadlari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining, ASMning oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati mahsulotlari narxlarining o‘zgarishlari bilan korrelyatsiyalashuvi yuz beradi.
Aholi ovqatlanishining miqdor va sifat ko‘rsakichlari bo‘yicha quyi chegarasi tarkibiga ma’lum bir tovar va xizmatlar to‘plami kiritiladigan minimal iste’mol savati sifatida qarash mumkin.
Oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir etuvchi omillar doimiy, shartli doimiy va davriy tavsifga ega bo‘ladi.
Doimiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- muayyan hududning tabiiy iqlim sharoiti;
- mamlakat yoki hududlardagi agrar ishlab chiqarishning tabiiy salohiyati sekin-asta susayib borishi va buning oqibatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomondan qo‘shimcha ta’sir o‘tkazilmagan holda oziq-ovqat ta’minoti darajasining pasayib ketishi.
Ma’lum bir davr uchun shartli-doimiy omillarga quyidagilar misol bo‘ladi:
- kambag‘allik chegarasidan pastda joylashgan va zarur oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamini sotib olish uchun yetarli miqdordagi daromadga ega bo‘lmagan aholi guruhlari;
- alohida aholi guruhlari ovqatlanishining muvozanatlashmaganligi, bu ularning salomatligiga tahdid solishi mumkin;
- muayyan omillarning ta’siri tufayli faqat bozor mexanizmidan foydalangan holda oziq-ovqat bilan ta’minlashning imkoni bo‘lmagan hududlar aholisi;
- oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish darajasining pastligi, bu holat kishilar salomatligiga tahdidlarni vujudga keltirishi mumkin;
- jahon bozorlari kon’yunkturasining nobarqarorligi va importdan keladigan valyuta tushumlari tufayli.
Dunyoning ko‘p mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligiga erishish qishloq xo‘jaligi va savdo tarmog‘ida strategiya va dasturlarning tatbiqiga bog‘liq. Ularni to‘rtta guruhga bo‘lish mumkin:
1. Ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash siyosati;
2. Savdo siyosati;
3. Iste’molni qo‘llab-quvvatlash strategiyalari;
4. Ozuqa moddalar ta’minoti dasturlari.
Bunday dasturlar bir birini cheklamagan va ko‘p mamlakatlarda bir vaqtda amalga oshirilganini ta’kidlash lozim. Ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash siyosati yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida “Yashil inqilob” nomi bilan tanilgan ekinlar hosildorligi birdan yuksalishi jarayoni sharofati bilan oziq-ovqat ishlab chiqarish hajmi ancha oshdi.
Iqtisodiy xavfsizlik turlarining mohiyati, vujudga kelish sabablarini o‘rganish, milliy manfaatlarga tahdidlarni aniqlash, ularning oldini olish va ulardan muhofazalanish chora-tadbirlari, mexanizmlarini ishlab chiqish hamda vujudga keltirishga imkon beradi. Buning uchun ushbu xavf-xatarlar va xavfsizlik darajasini aniqlash, ularning ko‘rsatkich va mezonlarini o‘rganish lozim bo‘ladi.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling