Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
-jadval Iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegaralari
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
10.2-jadval
Iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegaralari
Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlik quyi tahlikali chegarasi indikatorlari 50 ta ko‘rsatkichni o‘z ichiga olgan holda quyidagicha turkumlangan195: - iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Ushbu guruhga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab chiqarish va uning tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun xarajatlar ulushi, investitsiyalar, foydali qazilma boyliklarining zahiralari bo‘yicha quyi tahlikali chegarani ifodalovchi indikatorlar kiradi; - moliyaviy tizim barqarorligi ko‘rsatkichlariga davlat budjeti kamomadi, davlat qarzi, pul muomalasi, o‘zaro hisob-kitob va soliq intizomini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi; - ijtimoiy soha ko‘rsatkichlari aholi daromadlari darajasi va uning mulkiy jihatdan tabaqalanishi, ishsizlik va ijtimoiy soha xarajatlari bo‘yicha quyi tahlikali chegaralarni o‘z ichiga oladi; - tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari guruhiga mamlakat ichki iste’molida importning ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi bo‘yicha quyi tahlikali chegaralarni ifodalovchi indikatorlar kiradi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling