10.4-jadval
Iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlarini aniqlashda qo‘llaniladigan daromadlar chegarasi201
Rivojlanish bosqichlari
|
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM hajmi, AQSh doll.
|
Birinchi bosqich: Resurslarga yunaltirilgan
|
<2000
|
Birinchi bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tish
|
2000-3000
|
Ikkinchi bosqich: Samaradorlikka yo‘naltirilgan
|
3000-9000
|
Ikkinchi bosqichdan uchinchi bosqichga o‘tish
|
9000-17000
|
Uchinchi bosqich: Innovatsiyaga yo‘nalgirilgan
|
>17000
|
Raqobatbardoshlik muammosi bilan bog‘liq muhim masala - bu iqtisodiy xavfsizlik masalasidir.
Milliy iqtisodiyot va kompaniyalarning jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligi bilan bog‘liq mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi turli pozitsiyalari mamlakatning ichki va tashqi holati, iktisodiy xavfsizligiga jiddiy ta’sir etishi mumkin.
Mamlakatlarning notekis rivojlanishi o‘zaro munosabatlarda teng bo‘lmagan sharoitlarni yaratadi. Tabiiyki, rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy bosim o‘tkazishlari mumkin. Shu bilan bog‘liq holda rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan iqtisodiy xavfsizlik to‘g‘risidagi masala ko‘tarilgan. Natijada 1974 yilda Jamoaviy iqtisodiy xavfsizlikning Braziliya konsepsiyasi qabul qilingan.
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik bu - mamlakatlarning iqtisodiy manfaatlariga zarar keltiruvchi xavflar va ularning iqtisodiyotini izdan chiqarishga bo‘lgan urinishlarni bartaraf etishning kafolatlangan mexanizmini yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar yig‘indisidir.
Ushbu ekspansiya quyidagi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin:
2000>
Do'stlaringiz bilan baham: |