Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


Download 1.08 Mb.
bet147/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

2. Talab parametrlari. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ichki va tashqi bozorlardagi talabning hajmi, tarkibi va ularning o‘zgarishi milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu mahsulotlarga talab hajmining oshishi milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshiradi va aksincha, pasaytirish.
3. O‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi tarmoqlar. Raqobatdosh hamkor tarmoqlarning mavjudligi murakkab mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mamlakat ichidan qimmat resurslarni topish, mahsulot yetkazib beruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, yangiliklarni joriy qilishga ko‘maklashish imkonini beradi.
Turdosh va qo‘llab-quvvatlovchi tarmoqlar determinanti quyidagi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi:
• Mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;
• Insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) qaratilgan katta qo‘yilmalar;
• Aholi hayot kechirishining uzoqligi;
• Ishchi kuchi resurslarining raqobatbardoshligi;
• Mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi.
4. Firmalar strategiyasi tarkibi va raqobatchilik muhiti. Firmani boshqarishda raqobatning xususiyatlari e’tiborga olinadi. Bunda turlicha strategiya va maqsadlar ishlab chiqiladi. Ichki bozorda keskin raqobatning mavjudligi firmalarni o‘z faoliyatini takomillashtirishga, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun tashqi bozorlarga chiqishga undaydi. Kuchli ichki raqobat muhitida toblangan firmalar tashqi bozorlarda ham osonroq muvaffaqiyatga erishadi.
M.Porter konsepsiyasiga asoslangan zamonaviy model mamlakatning umumiy xususiyatga ega bo‘lgan va unda ishlab chiqaruvchilar raqobatlashadigan bozor muhitini shakllantiruvchi 4 ta xususiyatdan iborat. Ushbu muhit raqobat ustunliklarini shakllantirishga ko‘maklashishi yoki aksincha unga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Globallashuv sharoitida mamlakat milliy raqobatbardoshligini oshirishga M.Porterning “raqobat ustunliklari rombi”da ko‘rsatilganlar bilan birga narx va narx bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa omillar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Narxni shakllantirish mezanizmi bozor iqtisodiyoti sharoitida narx shakllanishi qoidalarini belgilovchi eng muhim vositalardan biri hisoblanadi. JST (Jahon savdo tashkiloti)ga kirish jarayonida O‘zbekiston oldida murakkab vazifa turibdi - ishlab chiqarishni maksimal samaradorligiga va raqobat afzalliklariga erishish maqsadlarida xarajat va narxlarning shakllanishiga davlatning ta’sir ko‘rsatishini saqlagan xolda, bozor narxlariga to‘liq ravishda o‘tish masalasi.
Narx shakllanishini tartibga solishning samarali modeli mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga yordam ko‘rsatishi kerak. Bunda korxonaning sof daromadi ko‘lamlari “olib sotarlik omillari” (narxlarni oshirish o‘yini)ga emas, balki resurslardan samarali foydalanishga bog‘liq bo‘lishi kerak. Narx shakllantirish mexanizmi (renta va boshqa to‘lovlar) yordamida turli hududlardagi tabiiy-iqlim, geografik va boshqa xo‘jalik sub’ekti faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan omillarning ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga ta’sirini “tekislab yuborish” zarur. Davlat boshqaruvining yana bir muhim vazifasi ijtimoiy tovar ishlab chiqaruvchilarini import mahsulotlar bilan bir qatorda, mahalliy korxonalar tovarlariga ham qo‘yilishi mumkin bo‘lgan demping (asossiz ravishda pasaytirilgan) narxlardan himoya qilishdir. Bu narsani import mahsulotlari bo‘yicha asoslangan ravishda “keltiriladigan mollarga ustama narx” (aksiz yoki boj) joriy etish, mahalliy tovarlar bo‘yicha esa - xarajatlar tarkibini shakllantirish qoidalari va alohida xarajatlarning me’yoriy ko‘rsatkichlarini o‘rnatish, tannarxni kalkulyatsiya qilish tizimini yaxshilash, barcha korxonalar uchun qonun tomonidan tasdiqlangan hamma uchun majburiy bo‘lgan mehnatga haq to‘lashning eng kam va eng yuqori stavkalarini tasdiqlash orqali amalga oshirish mumkin.
Bundan tashqari narxlar shakllanishining davlat tomonidan tartibga solib turishda konchilik sanoati mahsulotlari, yonilg‘i-energetika majmuasi, metallurgiya, shuningdek, monopolistlar tovarlari (xizmatlari) narx (tarif)larining belgilanishi ustidan nazorat qilish ham ko‘zda tutiladi.
Umuman olganda, narx shakllanishining davlat tomonidan boshqarish tizimi davlatning narx bo‘yicha siyosati yo‘nalishlari asosida shakllangan bo‘lishi lozim.
Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi – «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi, umuman olganda, ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Faqat shundagina mahsulotning individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, uning narxini arzonlashtirish imkoni tug‘iladi.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamida ham raqobat bo‘lishi mumkin. Bunday holatda yangi tovarlar sifatining oshishi va iste’mol xususiyatlarining yaxshilanishi ularning narxi oshishiga qaraganda tezroq natija beradi.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin.
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatishni amalga oshirmoqdalar.
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalarning har doim raqobat kurashida yutib chiqish imkoniyati ortadi.
Mamlakatlarning milliy va xalqaro raqobatbardoshligiga iqtisodiy omillar bilan birga ijtimoiy omillar ham ta’sir etadi. Taraqqiyotning bugungi davrida “inson omili” raqobatbardoshlikning asosiy ijtimoiy omili sifatida qaraladi va bu omilning shakllanishi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hamda texnologik shart-sharoitlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Insonni rivojlantirish konsepsiyasida ta’lim uning asosiy tarkibiy qismlardan biri ekanligi yangilik emas. Soddalashtirilgan statistika tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda inson rivojlanishi indeksining qariyb 40 %i ta’lim darajasi ko‘rsatkichiga bog‘liq. O‘z navbatida, buning uchdan ikki qismi qismi katta yoshli aholisining savodxonlik darajasi, uchdan bir qismi ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotganlarning jami koeffitsenti, ya’ni 6 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lganlar ulushi bilan belgilanadi.
O‘zbekiston ta’lim darajasi bo‘yicha dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida turadi. O‘zbekistonda ta’lim ko‘rsatkichi 0,998 ni tashkil etgani holda jahon bo‘yicha ushbu o‘rtacha ko‘rsatkich 0,77 ga tengdir.
Mehnatni bilimlar bilan almashtirish bilan bog‘liq tub o‘zgarishlarning mohiyati shundan iboratki, bilimlar resurslarni qayta ishlashga jalb qilinar ekan, mehnat emas, balki bevosita bilimlar qiymat manbai sifatida namoyon bo‘ladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining mutaxassislari tomonidan bilimga asoslangan iqtisodiyotga batafsilroq ta’rif berilgan, ya’ni u “bilimlar barcha tarmoqlar, barcha sektorlar, iqtisodiy jarayonlarning barcha qatnashchilarini boyitadigan iqtisodiyotdir. Ayni paytda bunday iqtisodiyot turli shakllardagi bilimlardan foydalanibgina qolmasdan, balki mazkur bilimlarni yuqori texnologiyali mahsulotlar, yuqori malakali xizmatlar, ilmiy mahsulot va ta’lim sifatida yaratadi” (10.11-rasm)204.
Bilimga asoslangan iqtisodiyot “moddiy iqtisodiyot”dan “intellektual iqtisodiyot”ga o‘tishni nazarda tutadi. Buning mohiyati shundan iboratki, bilimlar va maxsus noyob ko‘nikmalar barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy manbai va hal qiluvchi omiliga aylanadi.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling