Tayanch iboralar
Milliy xavfsizlik, siyosiy xavfsizlik, ekologik xavfsizlik, iqtisodiy xavfsizlik, texnologik xavfsizlik, oziq-ovqat xavfsizligi, raqobat, monopolistik raqobat, oligopoliya, milliy iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiyotning ochiqligi, xufyona iktisodiyot.
Nazorat uchun savollar
1. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini izohlang.
2. Mamlakat iqtisodiy tizimining qanday darajalaridagi iqtisodiy munosabatlar iqtisodiy xavfsizlik ob’ektlari hisoblanadi?
3. Iqtisodiyot sub’ektlari nuqtai nazaridan iqtisodiy xavfsizlik qanday shakllarda namoyon bo‘ladi?
4. Oziq-ovqat xavfsizligiga erishishning muhim shartlari qaysilar?
5. Aholining oziq-ovqat xavfsizligi holatini baholash qanday ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshiriladi?
6. Iqtisodiy xavfsizlikning umumiy ko‘rsatkichlari (indikatorlari) nimalardan iborat?
7. Taraqqiyotning hozirgi davrida ilmiy tadqiqotlar va tahlillar asosida iqtisodiy xavfsizlik omillari qanday tasniflanadi?
8. Iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi ichki omillar tarkibini tushuntiring.
9. Iqtisodiy xavfsizlikka salbiy ta’sir etuvchi tashqi omillar qatoriga qaysilar kiritiladi?
10. Jahon amaliyotida iqtisodiyotning ochiqlik darajasi qaysi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi?
11. Iqtisodiyotning ochiqlik darajasiga ta’sir etuvchi omillar nimalardan iborat?
12. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligi va manfaatlariga tahdidlardan himoyalanish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim?
13. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning qanday samarali tizimi shakllantirilishi lozim?
14. Qanday unsurlar mamlakat ichki xavfsizligiga tahdidlar sirasiga kiradi?
“GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH” FANI BO`YICHA TESTLAR
I BOB. “GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH” FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI
Jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning global ravishda rivojlanib borishi qaysi davrlarga to‘g‘ri keladi?
A) XIX asrning iqkinchi yarmi va XX asrning boshlarida
B) XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrning o‘tgan 20 yilida
C) XX asrning birinchi yarmi va XXI asrning boshlarida
D) XX asrning 80 yillarida
Do'stlaringiz bilan baham: |