Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
X bob bo’yicha qisqacha xulosalar
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
X bob bo’yicha qisqacha xulosalar
Xavfsizlik muammosi mustaqil davlatchilikning shakllanishi va jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlarning qaror topishi bilan bir paytda vujudga keladi. “Xavfsizlik” tushunchasi 1190 yilda Rober ma’lumotnomasiga ko‘ra paydo bo‘ldi. Bu tushuncha o‘zini har qanday xavf-xatardan himoyalangan deb hisoblovchi inson ruhining xotirjam holatini ifodalagan. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyotning turli sub’ektlariga tegishli bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: - alohida fuqarolar; - xususiy tadbirkorlik, biznes; - davlat korxonalari; - milliy iqtisodiyot; - davlat. Oziq-ovqat xavfsizligi bu – iqtisodiyotning shunday holati bo‘lib, bunda jahon bozorlari tebranishlaridan qat’i nazar, bir tomondan, ilmiy asoslangan ko‘rsatkichlarga mos miqdorlarda, ikkinchi tomondan, tibbiy me’yorlar darajasida iste’molni qondirish uchun shart-sharoit yaratilgan holda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash kafolatlanadi. Iqtisodiy xavfsizlikni o‘rganish omillari omilli matritsa deb nomlanuvchi ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqdir. Omilli matritsa tahlil davomida aniqlangan omil va ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqlik darajasini xarakterlaydi. Omilli tahlilning asosiy maqsadi – shaxs, jamiyat va davlat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlaydigan umumiy qoidalarini ishlab chiqish va ularning iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish jarayonidagi nuqsonlar va bu sohalarda eng muhim ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bilan uzviy bog‘lanishini ta’min etishdan iboratdir. Zamonaviy jahon iqgisodiyoti xalqaro mehnat taqsimoti asosida milliy iqtisodiyotlar o‘rtasida barqaror, har tomonlama o‘zaro alokadorlikning shakllanishi oqibatida xo‘jalik hayotining xalqaro miqyosda baynalmilallashuvini ifodalaydi. Buning oqibatida iqtisodiy makon vujudga kelmoqda. Ushbu makonda xalqaro tovarlar, xizmatlar, xom ashyo resurslari, moliyaviy mablag‘lar, kapital, ishchi kuchi bozorlari vujudga kelib, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik hamda bog‘liqlik kuchaymoqda. Jahon miqyosida global-texnologik, moliyaviy, axborot, madaniy tizimlar jadal rivojlanmoqda. Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, tashqi dunyoga nisbatan yopiqlik muqarrar inqirozga olib keladi. Mamlakat iqtisodiyotining xalqaro mehnat taqsimotiga integratsiyalashish darajasi - bu iktisodiyotning ochiqlik ko‘rsatkichidir. Milliy iqgisodiyot uchun jahon bozoriga jalb etilganlik muhim ahamiyat kasb etadi. «Ochiqlikning» ratsional darajasi va tavsifini tanlash milliy iktisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlab berishi mumkin. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling