Iqtisodiy muvozanatlik bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat


Download 19.29 Kb.
Sana11.12.2020
Hajmi19.29 Kb.
#164273
Bog'liq
Iqtisodiy muvozanatlik

Iqtisodiy muvozanatlik - bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat  


ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va ijtimoiy ishlab chiqarish  
natijalari hajmi hamda tarkibining o`zaro mos kelishligini xarakterlaydi.  
Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning turli darajasidagi (mikro va  
makro) har xil muvozanatliklarni qamrab oladi. Bu barcha muvozanatliklarni shartli  
ravishda umumiy va xususiy muvozanatliklarni ajratib ko`rsatish mumkin (5-chizma).  
Umumiy muvozanatlik makroiqtisodiy muvozanatlikni ancha to`liq darajada  
ifodalaydi.   

Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat,  
korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o`zaro mos kelishlik  
darajasini bildiradi. Qiymat ifodasida bu muvozanatlik yalpi talab va yalpi  
taklifning nisbati orqali namoyon bo`ladi. Milliy iqtisodiyotda ro`y beradigan barcha  
o`zgarishlar pirovard natijada yalpi talab va yalpi taklifdagi o`zgarishlar orqali  
ifodalanadi.  
Yalpi talab tovarlar bozorida taqdim qilingan pirovard tovarlar va xizmatlarga  
bo`lgan barcha alohida talablar yig`indisidan iborat. Iqtisodiy muvozanatlik yalpi  
talab va yalpi taklifning tengligini taqozo etsa ham, amaliyotda ularning nisbati  
o`rtasidagi o`zgarishining mumkin bo`lgan har xil variantlari mavjud bo`ladi.  
Jumladan:  
• 
  
Yalpi talabning ortishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning  
o`sishi bilan birga boradi;  
• 
  
Yalpi talabning tushishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning  
pasayishi bilan;  
• 
  
Yalpi taklifning ortishi. Ishlab chiqarish hajmining o`sishi bilan birga boradi va  
baholarning tushishini keltirib chiqaradi;  
• 
  
Yalpi taklifning kamayishi va shunga mos ravishda ishlab chiqarishning  
qisqarishi, baholarning o`sishiga olib keladi.  
Bu barcha shart-sharoitlar ideal holda potentsial imkoniyat darajada vujudga  
keladi. Real hayotda esa umumiy muvozanatlik tarkibiy nomutanosibliklar,  
resurslardan samarasiz foydalanish, baholarning beqarorligi, iqtisodiy tsikl  
fazalarining o`zgarishi, bozor konьyukturasi, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi  
tarkibidagi o`zgarishlar ta’sirida ta’minlanib boriladi.  
  Bunday sharoitda umumiy muvozanatlik holatini (yalpi talab va yalpi taklif  
mos kelishi), turg`un  iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab  
chiqishni taqozo etadi. Bu barcha aytilganlardan xulosa chiqaradigan bo`lsak,  
umumiy muvozanatlik butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, mamlakat milliy  
iqtisodiyotining mutanosibligidir.  
  Bu barcha tarmoqlar, sohalar va iqtisodiyot birlamchi bo`g`inlarining bir  
me’yorda rivojlanishini ta’minlagan, iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari,  
barcha bozorlar va iqtisodiy jarayon munosabatlarining ayrim tomonlari o`rtasidagi  
barqarorlik xarakteridagi bir qator muvozanatliklar tizimini o`z ichiga Яхлит олинган и¢тисодий тизим   oladi.  

  
  


  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
   
  
  
  
  
  
  
  
  мувозанатлиги 
Намаён б¤лиш 
Макрои¢тисодий мувозанатлик
  

Bu muvozanatliklarning shakllari turli-tuman bo`lganligi sababli ular alohida  


holda xususiy muvozanatliklar sifatida chiqadi.   
Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o`zaro bog`liq bo`lgan iqtisodiy  
miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishidir. Xususiy  
muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovarlar  
taklifi byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga bo`lgan talab va taklif  
o`rtasidagi muvozanatliklar ko`rilgandagina yuzaga chiqadi. Bu muvozanatliklar  
ichida mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o`tganidek: «…..ichki bozorda  
talab va taklif o`rtasidagi mutanosiblikka erishish, ya’ni chiqarilgan pul miqdori bilan  
И¢тисодий жараªнларнинг  
бар¢арорлиги ва мутаносиблиги 
 Умуми¢тисодий       Хусусий  
и¢тисодий  

unga sotib olinadigan mollar salmog`i o`rtasidagi nisbatni ta’minlash g`oyat katta rolь  


o`ynaydi» 

.   
Shunday qilib, iqtisodiy muvozanatlik o`zining barcha shakllari bilan  
birgalikda inqirozsiz va ijtimoiy iqtisodiy larzalarsiz rivojlanishni xarakterlaydigan  
iqtisodiy idealdir. Real iqtisodiy hayotda makroiqtisodiy muvozanatlik talablari turli  
tuman beqarorliklar ta’sirida buzilib turadi, biroq iqtisodiy muvozanatlik nazariy  
modelini bilish, real jarayonlarning ularning ideal andozasidan farq qilinishini keltirib  
chiqaradigan aniq omillarni aniqlash, iqtisodiyotning optimal holatida faol hal  
qilinishini ta’minlash yo`llarini topish imkonini beradi.  
  
2. Iqtisodiy muvozanatlikni aniqlash usullari  
  
Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi,  
iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi.  
Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to`xtovsiz rivojlanish holatida  
bo`ladi. Iqtisodiy tsikl fazalarida, bozor konьyukturasi, bozor sub’ektlari  
daromadlari va talabi tarkibida o`zgarishlar ro`y berib turadi.  
Bularning hammasi muvozanatli holatni turg`un iqtisodiyotdagi shartli  
umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqazo qiladi.  
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o`zaro bog`liq  
usuldan foydalaniladi: 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.  
2. Jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.  
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish  
umumiy hajmining miqdoriy ko`rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM),  
iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning  
umumiy summasi (S+Ip) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab  
chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish  
uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy  
mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori  
(SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Ip) teng bo`ladi.  
To`liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi  
mumkin. Bu mos kelmaslik retsession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. Yalpi  
sarflarning SMM hajmidan kam bo`lgan miqdori retsession, yalpi sarflarning  
SMM hajmidan ortiqcha bo`lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.  
Jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki,  
ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini  
beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg`arishga  
qo`yish mumkin. Jamg`arish,  sarflar - daromadlar oqimidan potentsial sarflarni  
olib qo`yish hisoblanadi. Bunda jamg`armaga qo`yilgan mablag` investitsiyalar  
bilan to`liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo`ladi.  
Investitsion sarflarning ko`payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad  
darajasining o`sishiga olib keladi. Bu o`zaro natija mulьtiplikator samarasi  
                                                  
deyiladi. Mulьtiplikator samarasi- bu sof milliy mahsulotdagi o`zgarishning  
sarflardagi (investitsiyalardagi) o`zgarishga nisbati.
Download 19.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling