1. Umumiy, ya’ni makroiqtisodiy muvozanatlik bu: a yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatlak


Download 14.4 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.4 Kb.
#1593466
Bog'liq
nazariya


1. Umumiy, ya’ni makroiqtisodiy muvozanatlik bu:
a) yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatlak;
b) yalpi talab va yalpi taklif, yengil sanoat bilan oziq-ovqat sanoati
o‘rtasida muvozanat;
c) og‘ir sanoat bilan yengil sanoat o‘rtasidagi muvozanat, ish
kuchiga talab va taklif muvozanati;
d) tovar va xizmatlar taklifi, davlat byudjeti daromadlari va xarajat-
lari o‘rtasidagi muvozanatlik;
e) moliyaviy resurslar bilan ishlab chiqarish, ishlab chiqarish bilan
daromad o‘rtasidagi muvozanatdir.
2. Inflyatsion farq:
a) yalpi xarajatlarning ishlab chiqarish hajmidan kamligi;
b) talab va taklifning o‘sish sur’atidagi mutanosiblik;
c) yalpi xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidan ko‘pligi;
d) yalpi xarajatlar va yalpi daromadlar mutanosibligi;
e) investitsiyalarning o‘sishi tufayli kelib chiqadi.
3. Agar iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan
SMM muvozanatlashgan bo‘lsa, u holda …
a) yalpi daromad yalpi taklifga teng;
b) jamg‘arma investitsiyaga teng;
c) iqtisodiyotda to‘la bandlik va barqaror narx darajasiga erishilgan;
d) yalpi daromad yalpi taklifga, jamg‘arma investitsiyaga teng;
e) jamg‘arma investitsiyaga teng bo‘lib, iqtisodiyotda to‘la bandlik
va barqaror narx darajasiga erishilgan.
4. Iqtisodiyotga quyidagilardan qaysi birini ko‘pincha
«in’eksiya» deb ataladi?
a) jamg‘arma;
b) investitsiya;
c) soliqlar;
d) import;
e) daromad.
5. Iqtisodiy mutanosiblikning zaruriyati asosida nima yotadi?
a) ishlab chiqarishning ma’lum miqdordagi omillar nisbatini talab
qilishi;
b) ishlab chiqarish bilan iste’mol muvozanati;
c) mehnat omilining ixtisoslashuvi;
176
d) kapital omilining tarkibiy tuzilishi muammosi;
e) investitsiyalarni samarali joylashtirish muammosi.
6. Tarmoqlar o‘rtasidagi mutanosiblik(nisbatlar) bu –
a) qishloq xo‘jaligi bilan xizmat ko‘rsatish o‘rtasidagi nisbat;
b) undiruvchi sanoat bilan qayta ishlovchi tarmoq o‘rtasidagi;
c) viloyatlardagi sohalar, tarmoqqa kiruvchi korxonalar o‘rta sidagi;
d) yengil sanoat bilan og‘ir sanoat o‘rtasidagi nisbat;
e) sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, xizmat ko‘rsatish va boshqa
tarmoqlar o‘rtasidagi nisbat.
7. Quyidagilardan qaysi biri tarmoqlar ichidagi nisbat (muta-
nosiblik)larga kirmaydi?
a) neft, gaz, torf, toshko‘mir qazib olish;
b) og‘ir va yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati;
c) dehqonchilik va chorvachilik;
d) avtomobil, temir yo‘l, havo transporti;
e) sanoat va qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish.
8. Quyidagilardan qaysi biri makroiqtisodiyot darajasidagi
muvozanatlikni to‘liq xarakterlaydi?
a) ishlab chiqarish va iste’molning mos kelishi;
b) mavjud iqtisodiy resurslar va jamiyat ehtiyojlarining mos kelishi;
c) aholining sotib olish layoqati va tovarlar massasining mos kelishi;
d) byudjet daromadlari va xarajatlarining mos kelishi;
e) alohida tovarlarga talab va taklifning mos kelishi.
9. Umumiy iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlab borishning aso-
siy yo‘li qanday?
a) iste’molni cheklash;
b) iqtisodiyotni bir me’yorda rivojlantirish;
c) barcha bozorlarda talab va taklifni muvozanatga keltirish;
d) resurslardan samarali foydalanish;
e) ehtiyojlarni cheklash yoki resurslarni ko‘paytirish va ularni
optimal uyg‘unlashtirish.
10. Quyidagi tengliklarning qaysi birida umumiy iqtisodiy
muvozanatlikka erishiladi?
a) aholi pul jamg‘armalari=investitsiyalar;
b) aholi iste’mol hajmi=tovarlar va xizmatlar massasi;
c) korxonalarning investitsion tovarlarga talabi=investitsion tovarlar
massasi;
d) yalpi milliy mahsulot=barcha sarflar (aholi, korxona, davlat va
chet elliklar sarflari);
177
e) ishlab chiqarish=iste’mol darajasi.
11. Investitsion sarflarning 5 mlrd. so‘mga ko‘payishi, sof mil-
liy mahsulotning 20 mlrd. so‘mga ko‘payishiga olib kelsa multiplika-
tor samarasi qanday miqdorni tashkil qiladi?
a) 5,0;
b) 10,0;
c) 4,0,
d) 8,0;
e) 6,0.
12. Quyidagi nisbatlardan qaysi biri inflyatsion farqni ifodalaydi?
a) SMM=yalpi sarflar;
b) SMMc) SMM>yalpi sarflar;
d) SMM=yalpi talab;
e) SMM>yalpi talab.
13. Quyidagi mutanosibliklardan qaysi biri umumiqtisodiy xa-
rakterga ega?
a) sanoat va qishloq xo‘jaligi o‘rtasidagi;
b) qazib oluvchi va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi;
c) YAMM va uning harakat shakllari o‘rtasidagi;
d) hududiy bo‘linmalar o‘rtasidagi;
e) ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi sohalar o‘rtasidagi.
14. O‘zbekistonda makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish siyo-
satidan ko‘zda tutilgan maqsad nimadan iborat?
a) makroiqtisodiyotda muvozanatlikni ta’minlash;
b) ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishining oldini olish;
c) ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
d) iqtisodiy o‘sishga shart-sharoit yaratish;
e) yuqoridagilarning barchasi.
15. Iqtisodiy inqirozlarning asosiy mazmuni nimada namoyon
bo‘ladi?
a) tovarlar ishlab chiqarishning kamayishida;
b) ishsizlikning o‘sishida;
c) narxlarning o‘sishida;
d) ishlab chiqarilgan tovarlar massasining to‘lovga qodir talabdan
oshib ketishi yoki kam bo‘lishida;
e) ishlab chiqarish hajmining keskin kamayib ketishida.
16. Sof milliy mahsulotni ishlab chiqarishning muvozanatli haj-
mi nimalarga bog‘liq?
178
a) yalpi talab bilan yalpi taklifning mos kelishiga;
b) muvozanatli narxga;
c) to‘liq bandlikka;
d) investitsiya darajasiga;
e) eksport va import darajasiga.
17. O‘zbekistonda barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqish-
da qanday yondashuvga ustuvorlik beriladi?
a) pulning qadrsizlanish darajasini pasaytirib turishga qaratilgan
monitor yondashuvga;
b) ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlanti rishni rag‘-
batlantirishga qaratilgan yondashuvga;
c) ma’muriy usullar orqali tartibga solishga qaratilgan yonda
shuvlarga;
d) a) va b) to‘g‘ri;
e) b) va c) to‘g‘ri.
18. Iqtisodiy barqarorlikka erishishning quyidagi mezonlari-
dan qaysi biri bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilganlik xarak-
terini ifodalaydi?
a) ishlab chiqarish hajmining kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik;
b) ustuvor tarmoqlarni yuksaltirishga qulay sharoitlarni vujudga
keltirish;
c) moliyaviy barqarorlikni mumkin bo‘lgan darajada ta’minlash;
d) pulning qadrsizlanishini to‘xtatish, to‘lov balansi va davlat
valyuta rezervlarining holatini yaxshilash;
e) kuchli ijtimoiy siyosatni ta’minlash, aholi turmush darajasini
mumkin qadar yaxshilash.
19. Jamiyat ehtiyojlari, uning iqtisodiy imkoniyatlari va ishlab
chiqarish natijalarining miqdoran hamda tarkiban mos kelishlik
darajasi – bu:
a) umumiy makroiqtisodiy muvozanatlik;
b) yalpi talab va yalpi taklif muvozanatligi;
c) ishlab chiqarish xarajatlari va natijalari muvozanatligi;
d) iste’mol va ishlab chiqarish muvozanati;
e) xarajat va daromadlar muvozantligi.
20. Yalpi iste’mol va milliy ishlab chiqarish natijalari o‘rtasida-
gi muvozatlik uning qaysi turida ifodalanadi?
a) jamiyat ehtiyojlari va ishlab chiqarish natijalari o‘rtasidagi;
b) yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi;
c) jamg‘arma va investitsiyalar o‘rtasidagi;
179
d) daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi;
e) aholining sotib olish layoqati va tovarlar taklifi o‘rtasidagi.
21. Qaysi xususiy muvozanatlik barcha bozorlardagi muvoza-
natlikni anglatadi?
a) ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi;
b) aholi sotib olish layoqati va tovarlar taklifi o‘rtasidagi;
c) pul massasi va tovarlar miqdori o‘rtasidagi;
d) alohida bozorlarda talab va taklif o‘rtasidagi;
e) davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi muvo-
zanatlik.
22. Quyidagilardan qaysi biri makroiqtisodiy muvozanatlikni
ta’minlashning shart-sharoiti hisoblanmaydi?
a) iqtisodiy maqsadlarga ishlab chiqarish imkoniyatlarinig mos
kelishi;
b) iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydigan
xo‘jalik mexanizmi mavjud bo‘lishi;
c) ishlab chiqarish va iste’molning tarkibi mos kelishi;
d) barcha bozorlarda talab va taklifning mos kelishi;
e) davlat tomonidan tartibga solish va bozor mexanizmining o‘zaro
uyg‘unligi.
23. YAIM va uning harakat shakllari, iste’mol va jamg‘arma,
tovarlar miqdori va pul massasi, aholi daromadlari va xarajatlari
o‘rtasidagi mutanosiblik – bu:
a) tarmoqlararo mutanosiblik;
b) tarmoqlar ichidagi mutanosiblik;
c) hududiy mutanosiblik;
d) davlatlararo mutanosiblik;
e) umumiqtisodiy mutanosiblik.
24. Qaysi iqtisodiy mutanosiblik xalqaro mehnat taqsimoti or-
qali bog‘lanish darajasini ifodalaydi?
a) tarmoqlararo mutanosiblik;
b) tarmoqlar ichidagi mutanosiblik;
c) hududiy mutanosiblik;
d) davlatlararo mutanosiblik;
e) umumiqtisodiy mutanosiblik.
25. Milliy iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishidan ko‘zlan-
gan maqsadlardan qaysi biri iqtisodiyotning asosiy muammosini hal
qilishni ham ko‘zda tutadi?
a) mavjud iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda
180
jamiyat ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish;
b) mehnat resurslarining to‘liq va samarali bandligini ta’minlash;
c) narxlar barqarorligiga erishish va uni inflyatsiyadan holi qilish;
d) iqtisodiy o‘sishni yetarlicha investitsiyalar bilan ta’minlash va
uni muomaladagi pul massasiga bog‘lash;
e) tashqi savdo balansining ijobiy qoldig‘iga erishish.
26. Ishlab chiqarish hajmini aniqlashning qaysi usulida barcha
sarflar miqdori ishlab chiqarish hajmi (SMM) bilan taqqoslanadi?
a) jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usulida;
b) balans usulida;
c) xarajat va natijani taqqoslash usulida;
d) tannarx va narxni taqqoslash usulida;
e) yalpi talab va yalpi taklifni taqqoslash usulida.
27. O‘zbekistonda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdan
ko‘zlangan qaysi maqsadga iqtisodiyotni mutanosib va barqaror
rivojlantirish asosida erishib boriladi?
a) iqtisodiyotning tuzilishi va nisbatlarini takomillashtirish;
b) iqtisodiyotning xom ashyo yetishtirishga qaratilgan bir tomon-
lama yo‘nalishini bartaraf etish;
c) mahsulot turlarini o‘zgartirish, uning sifatini yaxshilash va ishlab
chiqarish xarajatlarini kamaytirish;
d) importning o‘rnini bosadigan va eksportga raqobatbardoshli
mahsulotlar ishlab chiqarish;
e) aholi turmush farovonligini o‘stirib borish.
28. Quyidagilardan qaysi biri tarkibiy o‘zgarishning asosiy
yo‘nalishi hisoblanmaydi?
a) iste’molga yo‘naltirilgan;
b) eksportga yo‘naltirilgan;
c) iqtisodiyotning tarmoq tuzilishini takomillashtirishga qaratilgan;
d) iqtisodiyotning texnologik tuzilishini takomillashtirishga qaratilgan;
e) importga yo‘naltirilgan.
JAVOBLAR
1a); 2c); 3d); 4b); 5a); 6d); 7d); 8b); 9c); 10d); 11c); 12c); 13c);14d); 15d); 16a); 17); 18d); 19a); 20b); 21d); 22d); 23d); 24d); 25a);26d); 27d); 28d)
25. Iqtisodiy sikl – bu:
a) takror ishlab chiqarishdagi nomutanosiblik;
b) ortiqcha va kam ishlab chiqarish inqirozi;
c) ishlab chiqarish hajmi, bandlik va narx darajasidagi davrli
tebranishlar;
d) talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik;
e) pul massasi va tovarlar miqdori o‘rtasidagi nomutanosiblik.
26. Qaysi omil siklni keltirib chiqarmaydi?
a) iqtisodiyotdagi nomutanosibliklar;
b) talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosibliklar;
c) yalpi sarflarning o‘zgarishi, investitsiyalarning davriy kamayishi;
d) pul massasining tebranishi;
e) daromadlar tengsizligi mavjud bo‘lishi.
27. Iqtisodiy siklni keltirib chiqaruvchi tashqi omillardan qaysi
biri FTTning natijasi hisoblanadi?
a) urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
b) qimmatli qazilmalar, yirik konlarining ochilishi;
c) yangi hududlarning ochilishi;
d) aholi migratsiyasi va yer shari aholisi sonining o‘zgarishi;
e) texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi katta o‘zgarishlar.
28. Siklli rivojlanishga sabab bo‘ladigan iqtisodiy tizimning o‘ziga
xos ichki omillardan qaysi biri yalpi talabning o‘zgarishiga olib keladi?
a) asosiy kapitalning xizmat muddati;
b) shaxsiy iste’molning o‘zgarishi;
c) ishlab chiqarishni kengaytirish va uni yangilashga yo‘naltirilgan
investitsiyalar;
d) yangi ish o‘rinlarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan
investitsiyalar hajmi;
e) ishlab chiqarish va talab hajmiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan
187
davlatning iqtisodiy siyosati.
29. Iqtisodiy siklning kelib chiqishini faqat tashqi omillarga
bog‘lovchi nazariya qanday nomlanadi?
a) internal nazariya;
b) eksternal nazariya;
c) eksternal-internal nazariya;
d) kliring;
e) eksponatsiya.
30. Iqtisodiy siklining kelib chiqishini faqat ichki omillarga
bog‘lovchi nazariya qanday nomlanadi?
a) internal nazariya;
b) eksternal nazariya;
c) eksternal-internal nazariya;
d) kliring;
e) eksponatsiya.
31. Qaysi nazariya siklni zaxiralar, bank kliringi va ulgurji narxlar
o‘zgarishini YAMM hajmi o‘zgarishiga olib kelishi bilan bog‘laydi?
a) Kitchin sikli;
b) Juglar sikli;
c) Kuznets sikli;
d) Kondratev sikli;
e) Shumpeter sikli.
32. Foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarning asosiy
sabablarini tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o‘rganishga
katta hissa qo‘shgan kishi – bu:
a) J. Kitchin;
b) K. Juglar;
c) S. Kuznets;
d) N.D. Kondratev;
e) Y. Shumpeter.
33. Qaysi sikl “biznes sikli”, “sanoat sikli”, “o‘rta sikl” va
“katta sikl” deb ham nomlanadi?
a) Kitchin sikli;
b) Juglar sikli;
c) Kuznets sikli;
d) Kondratev sikli;
e) Shumpeter sikli.
34. Qaysi sikl “ qurilish sikli” deb ham nomlanadi?
a) Kitchin sikli;
188
b) Juglar sikli;
c) Kuznets sikli;
d) Kondratev sikli;
e) Shumpeter sikli.
35. “Uzun to‘lqinlar” sikli – bu:
a) Kitchin sikli;
b) Juglar sikli;
c) Kuznets sikli;
d) Kondratev sikli;
e) Shumpeter sikli.
36. Kim milliy daromad, iste’mol sarflari va yalpi investitsiya-
larda 20 yillik davrda o‘zaro bog‘liq tebranishlar mavjud bo‘lishini
aniqlagan?
a) J. Kitchin;
b) K. Juglar;
c) S. Kuznets;
d) N.D. Kondratev;
e) Y. Shumpeter.
37. Qaysi olim tovar narxlari, foiz stavkasi, renta, ish haqi, eng
muhim mahsulotlar ishlab chiqarish indeksi o‘zgarishining o‘rtacha
darajasini umumlashtirib bir qator katta sikllarni ajratib
ko‘rsatadi?
a) J. Kitchin;
b) K. Juglar;
c) S. Kuznets;
d) N.D. Kondratev;
e) Y. Shumpeter.
38. Qaysi olim bir uzun to‘qinning boshqasi bilan almashinuvi-
ni ishlab chiqarishning yangi texnologik usuliga o‘tish, ishchi kuchi-
ning sifat jihatdan o‘zgarishi, ta’lim, tashkiliy iqtisodiy munosabat-
lar va boshqarishdagi tub o‘zgarishlar ro‘y berishi bilan izohlaydi?
a) J. Kitchin;
b) K. Juglar;
c) S. Kuznets;
d) N.D. Kondratev;
e) Y. Shumpeter.
39. Kondratev siklining davomiyligi o‘rtacha necha yilni
tashkil qiladi?
a) 20-40 yilni;
189
b) 10-30 yilni;
c) 40-60 yilni;
d) 50-70 yilni;
e) 60-80 yilni.
40. Kondratev katta siklida nechta to‘lqin ajratiladi?
a) 4 ta;
b) 6 ta;
c) 5 ta;
d) 3 ta;
e) 7 ta.
41. Kondratev qaysi katta siklning yuksalish fazasini Angliya-
dagi sanoat revolyutsiyasi bilan bog‘laydi?
a) 1-to‘lqin: 1770-1783 yy.dan, 1812-1825 yy.gacha;
b) 2-to‘lqin: 1825-1838 yy.dan, 1866-1873 yy.gacha;
c) 3-to‘lqin: 1873-1885 yy.dan, 1913-1929 yy.gacha;
d) 4-to‘lqin: 1929-1938 yy.dan, 1966-1974 yy.gacha;
e) 5-to‘lqin: 1974-1982 yy.dan, 2010 yillargacha.
42. Qaysi katta siklning yuksalish fazasi temir yo‘l transporti-
ning rivojlanishi bilan bog‘lanadi?
a) 1-to‘lqin: 1770-1783 yy.dan, 1812-1825 yy.gacha;
b) 2-to‘lqin: 1825-1838 yy.dan, 1866-1873 yy.gacha;
c) 3-to‘lqin: 1873-1885 yy.dan, 1913-1929 yy.gacha;
d) 4-to‘lqin: 1929-1938 yy.dan, 1966-1974 yy.gacha;
e) 5-to‘lqin: 1974-1982 yy.dan, 2010 yillargacha.
43. Qaysi katta siklning yuksalish fazasi elektroenergiya,
telefon va radioning kashf etilishi bilan bog‘lanadi?
a) 1-to‘lqin: 1770-1783 yy.dan, 1812-1825 yy.gacha;
b) 2-to‘lqin: 1825-1838 yy.dan, 1866-1873 yy.gacha;
c) 3-to‘lqin: 1873-1885 yy.dan, 1913-1929 yy.gacha;
d) 4-to‘lqin: 1929-1938 yy.dan, 1966-1974 yy.gacha;
e) 5-to‘lqin: 1974-1982 yy.dan, 2010 yillargacha.
44. Qaysi katta siklning yuksalish fazasi avtomobil sanoatining
rivojlanishi bilan bog‘lanadi?
a) 1-to‘lqin: 1770-1783 yy.dan, 1812-1825 yy.gacha;
b) 2-to‘lqin: 1825-1838 yy.dan, 1866-1873 yy.gacha;
c) 3-to‘lqin: 1873-1885 yy.dan, 1913-1929 yy.gacha;
d) 4-to‘lqin: 1929-1938 yy.dan, 1966-1974 yy.gacha;
e) 5-to‘lqin: 1974-1982 yy.dan, 2010 yillargacha.
45. Qaysi katta siklning yuksalish fazasi elektronika, gen inje-
190
neriyasi, mikroprotsessorlar rivojlanishi bilan bog‘liq?
a) 1-to‘lqin: 1770-1783 yy.dan, 1812-1825 yy.gacha;
b) 2-to‘lqin: 1825-1838 yy.dan, 1866-1873 yy.gacha;
c) 3-to‘lqin: 1873-1885 yy.dan, 1913-1929 yy.gacha;
d) 4-to‘lqin: 1929-1938 yy.dan, 1966-1974 yy.gacha;
e) 5-to‘lqin: 1974-1982 yy.dan, 2010 yillargacha.
46. Siklning qaysi fazasida iqtisodiy faollik o‘zining eng past
darajasiga tushib, nisbatan muqim bo‘lib turadi?
a) inqiroz;
b) turg‘unlik;
c) jonlanish;
d) yuksalish;
e) inqiroz, turg‘unlik.
47. Iqtisodiy siklni farqlantiruvchi belgini toping:
a) siklli ro‘y berishi;
b) iqtisodiy faollikning o‘zgarishi;
c) fan-texnika taraqqiyotini aks ettirish;
d) yalpi talab va yalpi taklif mutanosibligi buzilishi;
e) davomiyligi va intensivligi.
48. Iqtisodiy faollikni tavsiflovchi qaysi ko‘rsatkich sikl faza-
larini ajratishda asosiy mezon hisoblanadi?
a) ishlab chiqarishning real hajmi;
b) bandlik va ishsizlik darajasi;
c) foiz stavkasi o‘zgarishi;
d) valyuta kurslari tebranishi;
e) pul massasi hajmi.
49. Iqtisodiy inqiroz natijasidan unchalik katta yo‘qotishga
uchramaydiganlar – bu:
a) investitsiya tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar;
b) qurilish sohalari;
c) uzoq muddat foydalanuvchi iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi
tarmoqlar;
d) qayd qilingan daromad oluvchilar;
e) kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar.
50. Iqtisodiy inqiroz natijasidan ancha ko‘p yo‘qotishga
uchraydiganlar – bu:
a) kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar;
b) monopoliya mavqeiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar;
c) qayd qilinmagan yuqori daromad oluvchilar;
191
d) ishlab chiqarish vositalari yaratuvchilari;
e) qarz olganlar.
51. Tarkibiy inqirozlarni kelitirib chiqaruvchi omilni toping:
a) FTT, talab tarkibidagi o‘zgarishlar;
b) asosiy kapitalning xizmat davri;
c) davlatning iqtisodiy siyosati;
d) qimmatli resurslar yirik zaxiralari topilishi;
e) investitsion faollikning ortishi.
52. Chakana savdodagi mavsumiy yoki davrli sezilarli tebra-
nishlar nimaning natijasi hisoblanadi?
a) tovarlar taqchilligining;
b) narxlar tushishining;
c) daromadlar ko‘payishi;
d) bayramlar arafasidagi ommaviy xaridlar ortishining;
e) savdo shaxobchalari kengayishining.
53. Quyidagilardan qaysi biri agrar inqirozning namoyon
bo‘lish shakli emas?
a) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydaning kamayishi;
b) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining nisbatan ortiqcha ishlab
chiqarilishi;
c) iqtisodiy faollikka siklik rivojlanish xosligi;
d) fermerlar qarzlarining ortishi, ularning ommaviy ravishda sinishi;
e) qishloqda ishsizlikning o‘sishi.
54. Agrar inqirozga xos bo‘lmagan xususiyatni toping:
a) siklli xarakterga ega bo‘lmaydi;
b) ancha uzoq davrga cho‘zilib ketadi;
c) mahsulotlar nisbatan ortiqcha ishlab chiqariladi;
d) mahsulotlarning sotilmagan zaxiralari to‘planishi;
e) iqtisodiy faollik sikl fazalarida o‘zgaradi.
JAVOBLAR
1d); 2c); 3c); 4c); 5d); 6a); 7b); 8c); 9d); 10d); 11a); 12a); 13d);14b); 15c); 16b); 17d); 18d); 19a); 20d); 21d); 22b); 23a); 24d); 25c);26d); 27d); 28b); 29b); 30a); 31a); 32b); 33b); 34c); 35d); 36c); 37d);38d); 39d); 40c); 41a); 42b); 43c); 44d); 45d); 46b); 47d); 48a); 49d);50d); 51a); 52d); 53c); 54d)

Download 14.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling