1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari
Download 116.59 Kb.
|
1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
- Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimo’li rivojining natijasi hisoblanadi.
1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari Oldingi boblarda biz iqtisodiy jarayonlar va ularda sodir bo‘ladigan munosabatlami umumiqtisodiy va korxonalar darajasida ko‘rib chiqqan edik. Mazkur bobda iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy iqtisodiyot va uning mak- roiqtisodiy ko‘rsatkichlari tavsifi, milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan yalpi ichki mahsulot, uning tarkibiy qismlarining iqti- sodiy mazmuni va harakat shakllari yoritiladi. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash tizimi hamda uning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash usul- lari bayon etiladi. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari Barchamizga ma'lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyo’li so- biq ittifoq iqtisodiyo’lining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xomashyo ishlab chiqarishga va boy mine- ral xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish vosi- talari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek, «O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodi- yo’lga - markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyo’lga ega bo‘lgan»1 mamlakat edi. Lekin, eng yomoni O‘zbekiston iqtisodiyo’li, asosan, xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilgani, biryoqlama rivojlanish hisobidan mo‘rt va nochor holga tushib qolgan bo‘lib, iqtisodiyo’lga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. Buning oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat va inson salohi- yatiga ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi2. Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlari- ning vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, modemizatsiyalash, yangilash, diversifikatsiyalash, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodi- yotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir. Mamlakatimizda mustaqil amal qiladigan bozor iqtisodiyo’lining qator infra’luzilmalari: savdo, bozor, biija, moliya, bank, kredit, soliq, sug‘urta, bojxona tizimlari va boshqa qator funksional iqtisodiyot tarmoq- lari barpo etildi. Shxmday qilib, O‘zbekistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayo’lgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllantirildi. Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlaming butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi. Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infra’luzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimo’li rivojining natijasi hisoblanadi. Makrodarajada qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi quyidagilar o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi: mavjud ishlab chiqarish resurslari; resurslaming ijtimoiy mehnat taqsimo’li asosida ajralib chiqqan iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi; iqtisodiy subyektlaming ishlab chiqarish hajmlari; milliy mahsulotning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko‘rinishda rasm orqali tasvirlash mumkin (14.1-rasm). Download 116.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling