1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari
Birinchi usul - bu YalMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha yondashuv
Download 116.59 Kb.
|
1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy va ichki investitsiyalar
Birinchi usul - bu YalMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha Yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi hisoblab chiq- iladi. Qo‘shilgan qiymatni aniqlash jami ijtimoiy mahsulotdan oraliq mahsulotlar va xomashyo, yoqilg‘i, materiallar qiymatini chegirish orqali amalga oshiriladi. Biz YalMni hisoblashning mazkur usuliga tegishli ba’zi tushunchalar (masalan, takroriy hisob, oraliq mahsulot) va shartli misollami darslikning 2-bobida ko‘rib chiqqan edik. Bu usul bilan hisoblangan YalM alohida tarmoqlaming shu mahsulotni yaratishdagi o‘mini va hissasini aniqlash imkonini beradi.
Ikkinchi usul - bu YalMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuv. Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini so’lib olishga qilingan hamma sarflar qo‘shib chiqiladi. Mil- liy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlami mamlakat ichida xo‘jalikning uchta subyekti - uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste'molchilar so’lib olishi mumkin. Uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir. Investitsion sarflar - tadbirkorlik sektorining asosiy va aylan- ma kapital tovarlarini (investitsion tovarlar) so’lib olishga qiladi- gan sarflaridir. Investitsion sarflar asosan uchta qismdan iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, yskuna va stanoklaming barcha xari- di; b) barcha qurilishlar; v) zaxiralaming o‘zgarishi. Birinchi gumh elementlaming «investitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi aniq: qurilishlaming bimday sarflar tarkibiga kiritilishi, o‘z-o‘zidan aniqki, yangi fabrika, ombor yoki elevator qurilishi investitsiyalar shakli hi- soblanadi. YalM tarkibiga tovar zaxiralaming ko‘payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda so’lilmagan barcha mahsulotlar kiriti- ladi. Boshqacha aytganda YalM o‘z ichiga yil davomidagi zaxiralar va ehtiyotlar barcha o‘sishining bozor qiymatini oladi. Zaxiralaming bu o‘sishi YalMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichi sifatida qo‘shiladi. Zaxiralar kamayganda, bu kamayish YaEM hajmidan chiqarilishi zarur. Zaxiralaming kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ish- lab chiqarilgandan ko‘proq mahsulot so’lilganligini bildiradi. Boshqa- cha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsu- lotni va bunga qo‘shimcha oldingi yillardan qolgan zaxiralaming bir qismini iste’mol qilgan boiadi. Milliy hisoblar tizimida YalMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflami bildiradi. Yalpi investitsiyalar o‘z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mash- ina, uskuna va qurilmalaming o‘mini qoplash uchun mo‘ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda kapital qo‘yilmalar hajmiga har qanday sof qo‘shimchalami oladi. Yalpi investitsiyalar mohiyatiga ko‘ra iste’mol qilingan asosiy kapi- talni qoplash summasi va investitsiyalaming o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushun- chasi joriy yil davomida qo‘shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi. Davlat sarflari - bu mahsulotlar va iqtisodiy resurslarni, xusu- san ishchi kuchini so’lib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilgan barcha sarflarini o‘z ichiga oladi. Download 116.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling