1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari


Download 116.59 Kb.
bet12/13
Sana25.01.2023
Hajmi116.59 Kb.
#1119527
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari (1)

Makroiqtisodiyot - moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish so- halarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.
Milliy hisobiar tizimi - milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni, turli tarmoqlar o‘rtasidagi aloqadorlikni tavsiflaydigan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimi.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) - milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste'molchilarga borib tu- shadigan pirovard mahsulot va xizmatlaming bozor narxlardagi sum- masi.
Yalpi ichki mahsulot (YalM) - yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlaming bozor narxlari- dagi qiymati.
Sof milliy mahsulot (SMM) - yil davomida jonli mehnatning unumli harakati bilan Yaratilgan yangi mahsulotdir.
Milliy daromad - yangidan vujudga keltirilgan mahsulot- ning puldagi ifodasi bo‘lib, hozirgi hisoblar tizimida SMMdan egri soliqlami chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Shaxsiy daromad - milliy daromaddan ijtimoiy sug‘urta ajratma- lari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsim- lanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo‘liga kelib tu- shadigan ijtimoiy to‘lovlar summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Nominal YalM - joriy narxlarda hisoblangan YalM.
Real YalM - narxlaming o‘zgarishini hisobga olib, o‘zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YalM.
Qo‘shilgan qiymat - ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan so- tib olingan va unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiy- mati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.

Download 116.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling