1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari


Download 116.59 Kb.
bet5/13
Sana25.01.2023
Hajmi116.59 Kb.
#1119527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari (1)

Ko‘rsatkichlar

2000

2004

2008

2012

2013

2014

2015

2016

Sanoat

14,2

17,5

22,3

24,0

24,1

24,1

24,3

25,7

Qishloq xo‘jaligi

30,1

26,4

19,4

17,5

17,4

17,2

16,7

17,6

Qurilish

6,0

4,8

5,6

5,9

6,4

6,8

7,3

7,2

Xizmatlar sohasi

37,2

37,2

43,4

44,9

43,9

43,5

42,9

49,5

Sof soliqlar

12,5

14,1

9,3

7,7

8,2

8,4

8,8

8,7


1.1-jadval


Yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish tarkibi, foizda


Manba: O ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo ‘mitasi ma 'lumotlari.

Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmat- lar bir marta hisobga olinishi zamr. YalM hajmini topishda so’lilgan va qayta so’lilgan mahsulotlami ko‘p marta hisobga olishlami bar- taraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha korxona va tarmoqlaridagi qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi.


Qo‘shilgan qiymat - bu korxonalar yalpi mahsulo’li bozor qiy- matidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangandan qolgan qismidir.
YalM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlaming bozor narxidagi summasi boiganligi uchun tovaming o‘zi yoki uning nafliligi ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqarish umumiy hajmining har xil elementlarini yagona umumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan ko‘psatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi ichki mahsulo’lga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan mil- liy mahsulot nominal milliy mahsulot, o‘zgarmas, qiyosiy narx- larda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YalM qiymatini faqat narx o‘zgarmagan taqdirda o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi. Bun- dan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx dara- jasining o‘sishi) yoki deflyatsiya (narx darajasining pasayishi) o‘rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi.
Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy yildagi ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami narxlari summasini xuddi shunday tovarlar va xizmatlar miqdorining ba- zis davrdagi narxlari summasiga taqqoslash opqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang‘ich davri «bazis yil» deyiladi. Agar bu ay- tilganlami formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:

Narx Indeksl =
Joriy yild'\qi iste'mol tovarlari narxi Bazis yildagi iste'mol tovarlari narxi
Amaliyotda bir qator turli xil tovar va xizmatlar to‘plami yolci iste’mol savatining ftarx indeksidan foydalaniladi. G’arb mamlakat- lari va xususan AQSHda bu indekslar ichida eng keng qoTlaniladigani iste’mol narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida tipik shahar aholisi so’lib oladigan, iste’mol tovar va xizmatlarining 300 turini o‘z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning umumiy darajasini hisoblash uchun YalM narx
>
indeksidan foydalaniladi. YalM narx indeksi ancha keng tushun- cha boMib, u o‘z ichiga nafaqat iste’mol tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan so’lib olinadigan hamda xalqaro bozorda so’lilgan va so’lib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YalM narx indeksi nominal YalMni real YalMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi. Nominal YalM shu mahsulot ishlab chiqaril- gan davrda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.



Reali YAIM =

Nominal YAIM
A7

Joriy yildagi nominal YalMni real YalMga aylantirishning ancha oddiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuli nominal YalMni narx indeksi (NI)ga bo‘lishdir, ya’ni:
Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‘rsatkichi YalM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo‘lgan bir qator o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab beradi.
YaMM va YalM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi si- fatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqa- rish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning o‘mini qoplash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi.
Mamlakat iqtisodiyo’lining qanchalik rivojlanganligi va sama- rali ekaniigini aniq bilish uchun avnan shu yilda jonli mehnat- ning unumli harakati natijasida vujudga keltirilgan sof milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi.
YalMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qi- lingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi:
YAIM — Amortizatsiya yillik summasi = SMM.
SMM qiymatiga davlat tomonidan o‘matiladigan egri soliq- lar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‘matiladigan
narxga qo‘shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og‘irligi iste’molchi zimmasiga tushib, natijada ular daromadining bir qismini yo‘qo’ladi. Hozirgi davrda qo‘llanilayotgan milliy hisoblar tizimida SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlanib, milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi aniqlanadi:
SMM - Biznesga egri soliq = Milliy daromad.
Shunday qilib, hozirgi hisoblar tizimida SMM miqdori bilan MD miqdori bir-biridan farq qilib qolgan. Aslida mamlakat miqyosida ulaming miqdori farq qilmasligi lozim. Chunki milliy daromad sof milliy mahsulotning so’lilgandan keyingi puldagi ko‘rinishidir. Shu- ning uchun ba’zi adabiyotlarda milliy daromadni sof mahsulotning o‘zgargan shakli deb ham yuritiladi. Bu holat milliy hisoblar tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad - bu yangidan Yaratilgan mahsulotning butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad - bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan har xil yo‘qo’lish!ar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zaxirada saqlash- dagi yo‘qo’lishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig‘i chiqarib tashlangan miqdorga teng. Milliy daromadni barcha tupdagi daromadlarni (amortizatsiya ajratmasi va biznesga egri soliqlar- dan tashqari) qo‘shib chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy sug‘urtaga ajrat- malar, kopxona foydasidan to‘lanuvchi soliqlar va kopxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo‘jaliklari ixtiyoriga kelib tushmaydi. Ikkinchi tomondan esa, uy xo‘jaliklari oladigan daro- madning bir qismi, masalan, ijtimoiy to‘lovlar - ular mehnatining natijasi hisoblanmaydi.
Shaxsiy daromad ko‘rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydigan daromadlaming yuqorida- gi uchta turini chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlami unga qo'shishimiz zarur:
Milliy daromad, - Ijtimoiy sug'urta ajratmasi - Korxona foydasiga soliqlar

  • Korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi + Ijtimoiy to'lovlar

  • SHaxsiy daromad.

Shaxsiy daromaddan soliqlar to‘langandan keyin uy xo‘jaliklarining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad shaklla- nadi.
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu daromadlaming bir qismini iste'mol uchun sarflaydilar va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradilar.

Download 116.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling