Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
- II BOB. JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVI KONSYEPSIYALARINING SHAKLLANISHI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA YO‘NALISHLARI
Tayanch iboralar
Jahon iqtisodiyoti, globallashuv, baynalmilallashuv, global iqtisodiy munosabatlar, global iqtisodiy integratsiya, globballashuv ob’ekti, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi, erkin savdo hududlari, ochiq iqtisodiyot, xalqaro mehnat taqsimoti, moliyaviy globallashuv. Nazorat uchun savollar 1. «Global iqtisodiy rivojlanish» fani milliy iqtisodiyotlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi qonuniyatlarini tushuntiring. 2. Global iqtisodiy munosabatlar tizimiga qanday munosabatlar kiradi? Ularning asosiy jihatlarini izohlang. 3. «Global iqtisodiy rivojlanish» fani predmetining mikro va makroiqtisodiy fanlar predmetidan farq qilovchi jihatlarini tushuntiring. 4. Globallashuv ob’ekti sifatida sub’ekt nima bilan o‘zaro aloqada bo‘lishini, globallashuv muammolarini bartaraf etishda nimalarga qarshi turishini tushuntiring. 5. Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotining qaysi sohalarini qamrab olgan? 6. Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globallashuvi qanday jarayonlarda namoyon bo‘ladi? 7. Globallashuv jarayoni qanday jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi? 8. Iqtisodiy integratsiya qaysi jarayonlarda o‘z ifodasini topgan? 9. Xo‘jalik faoliyatini baynalmilallashtirish bosqichlarini tushuntiring. 10. Globallashuv iqtisodiy o‘zgarishlarning ko‘proq qaysi jarayonlarda o‘z aksini topadi? 11. Kelajakda globallashuv jarayonlari qanday ko‘rinishlarda yuzaga kelishi bashorat qilinmoqda? 12. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi rivojlanish jarayonida nechta bosqichni bosib o‘tgan? Ularni izohlang? 13. Qanday omillar globallashuv jarayonlarining tezlashishiga sabab bo‘ladi? 14. Globallashuv sharoitida o‘tish iqtisodiyotili mamlakatlarning rivojlanish tendensiyalarini tushuntiring. II BOB. JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVI KONSYEPSIYALARINING SHAKLLANISHI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA YO‘NALISHLARI 2.1. Globallashuvga bag‘ishlangan ilmiy qarashlarning vujudga kelishi va rivojlanishi “Globallashuv” tushunchasi 1996 yildan boshlab Davos forumining asoschisi va prezidenti Klaus Shvab rahbarligidagi jahon iqtisodiy forumining 25-sessiyasida “Sayyoradagi asosiy jarayonlarning globallashuvi” mavzusida bo‘lib o‘tgan muhokamadan so‘ng maxsus atama sifatida kiritildi. 1981 yilda amerikalik sotsiolog J.Maklean tomonidan “globallashuv” atamasi konseptual atamalardan biri sifatida ishlatilgan. Uni iqtisodiyot fani atamasi sifatida birinchi marta 1983 yilda T.Levit “Harvard Business Review” jurnalidagi ko‘p millatli korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan alohida mahsulotlar uchun bozorlarni birlashtirish jarayonini tasvirlab bergan maqolasida qo‘llagan. 1985 yilda R.Robertson globallashuv atamasini maqolalaridan biriga sarlavha sifatida qo‘yadi va uni batafsil talqin qiladi. R.Robertsonning ta’rifiga ko‘ra, globallashuv alohida mamlakatlarda ijtimoiy haqiqatga xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan turli omillar (masalan, yaqin iqtisodiy va siyosiy aloqalar, madaniy va axborot almashinuvi) ta’sirini oshirish jarayonidir. Bugungi kungacha bu atama ma’no mundarijasi ko‘p manbalarda R.Robertsonning ta’rifi asosida tushuntiriladi. Chunki, globallashuv o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy, siyosiy, axborot va ijtimoiy sohalarni qamrab oladi. Mavjud adabiyotlarda “globallashuv” tushunchasining mohiyatini quyidagicha talqin etish mumkin: “Globallashuv (lotincha “globus” – shar) – nazariya va siyosatdagi dunyoning ajralmas iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va siyosiy yagona tizim sifatida shakllanishi, tashkil topishi, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi asosidagi yondashuv tamoyilidir”. Shu bilan birga, globallashuv hodisasining yagona va to‘laqonli ta’rifi hali ham mavjud emas. Hozirgi kunda globallashuv atamasining talqinida 3 xil yondashuv mavjud: 1. Fan nuqtai nazaridan olingan tor doiradagi yondashuv. Bir qator tadqiqotchilar globallashuvni 90-yillarning boshidan to hozirgi kunga qadar yangi komponentlar va texnologiyalar asosida moliyaviy va axborot makonini shakllantirishning ob’ektiv va sifat jihatidan yangi jarayoni deb tushunadilar. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling