Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvini aks ettiruvchi asosiy belgilar


Download 1.08 Mb.
bet44/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

3.6-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvini aks ettiruvchi asosiy belgilar
Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim belgilarini sanab o‘tgan holda, kasbiy faoliyati xo‘jalik sohasi bilan bog‘liq har bir mutaxassis uchun o‘z faoliyatida alohida korxona doirasidagi jarayonlarga jahon bozorining ta’sir qilish omillarini u bank, zavod yoki savdo kompaniyasi bo‘lishidan qat’i nazar, bilishi va hisobga olishi kerak.
Shuning uchun xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy ko‘rinishlarining globallashuvini o‘rganish, ularni modellashtirish usullari ko‘p omillarga asoslangan tahlil va statistikani qo‘llanishiga qarab turli-tuman bo‘lishiga qaramasdan, makro va mikrodarajada jahon va milliy xo‘jalik kon’yunkturasidan muvaffaqiyatli xabardorlikning zaruriy shart-sharoiti hisoblanadi.
Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotining turli sohalarini qamrab oladi, ya’ni;
- tashqi, xalqaro, jahon miqyosidagi tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intellektual mulk ob’ektlari savdosini;
- ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakatini (ishchi kuchi, kapital, axborot);
- xalqaro moliya-kredit va valyuta operatsiyalarini (beg‘araz moliyalashtirish va yordam, iqtisodiy munosabatlar sub’ektlarining kredit va qarzlari, qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar, maxsus moliyaviy mexanizmlar va vositalar, valyuta operatsiyalari);
- ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, texnologik, injiniring va axborotlar sohasidagi hamkorlikni.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi jarayonlarda namoyon bo‘ladi:
- ishlab chiqarish baynalmilallashuvining chuqurlashuvi. Ishlab chiqarish baynalmilallashuvi iste’mol uchun yaratiladigan mahsulotni tayyorlashda jahonning turli davlatlari ishlab chiqaruvchilari qatnashishini namoyon qiladi;
- kapital baynalmilallashuvining chuqurlashuvi, ya’ni davlatlaro xalqaro kapital harakatining o‘sishi, bunda, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ko‘rinishida, fond bozorlarining baynalmilallashuvi;
- ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy, texnologik bilimlar vositalarini almashinuvi natijasida, shuningdek, xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuv, xalqaro miqyosda ishlab chiqarish resurslarining joylashuvi natijasida ishlab chiqarish kuchlarining globallashuvi;
- xalqaro hamkorlikni amalga oshirishni ta’minlovchi global miqyosdagi material, axborot, tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmaning shakllanishi;
- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida ayirboshlashni baynalmilallashuvini kuchayishi, bunda xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish sohasiga nisbatan xizmatlar sohasi asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanadi.
- xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining o‘sishi. Bunda rivojlangan davlatlarda kambag‘al davlatlardan kelgan ishchi kuchlarini malaka talab qilmaydigan yoki past malaka talab qiladigan ishga jalb etiladi.
- ishlab chiqarish va iste’molning baynalmilallashuvini atrof-muhitga ta’sirining ortishi, bu esa zamonaviy global muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan xalqaro hamkorlikka bo‘lgan ehtiyojning ortishini keltirib chiqaradi;
Globallashuv jarayoni quyidagilarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi:
- mintaqaviy integratsion jarayonlarni jadallashtirish;
- hozirgi paytda xo‘jalik yuritishni to‘liq erkinlashtirmagan davlatlar iqtisodiyotining ochiqligini ta’minlash;
- barcha bozorlardagi ishtirokchilarning to‘siqlarsiz qatnashuvini ta’minlash;
- moliyaviy va savdo operatsiyalarning qonun-qoida va chegaralarini universallashtirish;
- bozorlarni tartibga solish va nazorat qilishni bir me’yorga keltirish, ya’ni unifikatsiya qilish;
- kapital joylashtirish, investitsion jarayonlar va umumjahon to‘lov-hisob tizimini standartlashtirish.
Makroiqtisodiy darajadagi globallashuv davlatlar va integratsion uyushmalarning iqtisodiy faollikka intilib, savdo va investitsion to‘siqlarni olib tashlash, erkin savdo hududlarini tashkil qilish asosida paydo bo‘ladi. Undan tashqari globallashuv jarayoni davlatlararo xo‘jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, axborot va siyosiy miqyosdagi o‘zaro kelishuvlarni ham qamrab oladi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling