6.3. Jahon inqirozlarining xalqaro savdo ko‘lami, tarkibi va yo‘nalishlariga ta’siri. Xalqaro savdo dinamikasi va uning o‘zgarish xususiyatlari
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro savdoning mavqei XX asrda tobora oshib bordi. Buning asosida, birinchi navbatda, xalqaro savdoning hajmi 1870-yillardan boshlab muntazam ravishda o‘sib borishi yotar edi (6.5-jadval). Agar 1870-1913 yillarda eksportning o‘rtacha yillik o‘sishi 3,4 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 1950-2005 yillarda bu ko‘rsatkich 6,2 foizni tashkil etdi, savdoni YaIMdagi ulushi esa ushbu davrda 4,6 foizdan 19,4 foizgacha oshdi.
6.5-jadval
Jahon eksporti va jahon YaIMning o‘zgarishi97, 1870-2010 yy. (mlrd AQSh doll., 1990 yildagi doimiy dollar narxlarida)
|
1870
|
1913
|
1870-1913 yillardagi o‘rtacha
yillik
o‘sish, %
|
1950
|
1998
|
2010
|
1950-2010
yillardagi
o‘rtacha
yillik
o‘sish, %
|
Eksport
|
50,3
|
212,4
|
3,4
|
296
|
5817
|
8043
|
6,2
|
YaIM
|
1102
|
2705
|
2,1
|
5336
|
33726
|
41456
|
3,8
|
Savdo/YaIM,
%
|
4,6
|
7,9
|
|
5,5
|
17,2
|
19,4
|
-
|
XX asrning 50-yillaridan so‘ng jahon iqtisodiyotida xalqaro savdo tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Jahon eksporti 1948 yilda atigi 59 mlrd. dollarga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2010 yilga kelib u 10,159 trln. dollarni tashkil qildi (6.6-jadval).
Ushbu davr ichida mintaqalarning jahon eksportidagi hissasi ham o‘zgardi: Shimoliy Amerikaning hissasi 28,1 foizdan 14,5 foizgacha tushgan bo‘lsa, Yaqin Sharq va Osiyoning ulushi esa qariyb ikki barobar o‘sdi. 1993-2010 yillar ichida MDH mamlakatlarining hissasi ham ikki barobardan ko‘proq oshdi.
1950-2000 yillar orasidagi davrda xalqaro savdoda tovar aylanmasi 14-15 barobar o‘sdi. Mutaxassislarning fikricha, 1950-1970 yillarni xalqaro savdoning “oltin asri” deb aytish mumkin. Aynan ana shu davrda jahon eksporti yiliga o‘rtacha 6-7%ga o‘sdi. Ammo, 70-yillarda u 5,5% ga tushib, 80-yillarda yanada kamaygan edi. 80-yillarning oxirida va 90-yillarda jahon eksporti sezilarli ravishda jonlanganligini ko‘rishimiz mumkin (90-yillarning o‘rtasida 8-9% ni tashkil etgan). Bu davrda xalqaro savdoning barqaror o‘sishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ular quyidagilardir:
- xalqaro mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning baynalmilallashuvining rivojlanishi;
- ilmiy-texnika inqilobi (ITI);
- jahon bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati kengayishi;
- xalqaro savdoning Tariflar va savdo bosh bitimi (GATT) faoliyati orqali tartibga solinishi (erkinlashtirilishi);
- xalqaro savdoning erkinlashtirilishi, ko‘plab davlatlarning importni son jihatdan cheklashni bekor qiluvchi va bojlarni keskin qisqartiruvchi rejimga o‘tishlari, erkin savdo hududlarining tashkil topishi;
- savdo-iqtisodiy integratsiya jarayonlarining rivojlanishi;
- mintaqaviy to‘siqlarning olib tashlanishi, umumiy bozorlar, erkin savdo hududlarining tashkil etilishi;
- sobiq mustamlaka davlatlarning mustaqillikka erishishi. Ularning orasida tashqi bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyot modelini tanlagan “yangi industrial davlatlar”ning ajralib chiqishi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |