Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


Download 1.08 Mb.
bet73/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

Erkin savdo siyosati sof holda deyarli mavjud bo‘lmaydi, chunki unga ko‘ra boshqa mamlakatlar bilan tashqi savdo sohasida ayirboshlash bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarga davlatning aralashuvi talab qilinadi. Haqiqatda esa ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlarga davlatning aralashuvi minimallashtiriladi.
Proteksionizm siyosati – bu boshqa mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish siyosatidir. Bu siyosatning maqsadi milliy kompaniyalarning milliy va xorijiy bozorlardagi faoliyatiga xorijiy raqobatchilarga nisbatan yaxshiroq shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Bu ichki bozorni himoyalash va milliy kompaniyalarning xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashish orqali amalga oshiriladi.
Proteksionizm, odatda, ichki va tashqi bozorlarda doimiy ravishda o‘zgarib boradigan raqobat shart-sharoitlariga moslasha olmaydigan, faoliyatini qayta qura olmaydigan milliy ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini ifodalaydi. Ko‘p mamlakatlar tomonidan xalqaro savdoni cheklash bo‘yicha har qanday cheklashlarni olib tashlash bo‘yicha deklaratsiyalar e’lon qilinganiga qaramasdan, proteksionizm jahon hamjamiyatidagi barcha mamlakatlar milliy iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda.
Eksport-import operatsiyalarini tartibga solishning tarifli va tarifsiz usullari proteksionistik tashqi savdo siyosatining instrumentlari hisoblanadi. Tarifsiz usullar miqdoriy va yashirin usullarga bo‘linadi.
Savdo siyosatining ayrim instrumentlari asosan importni cheklash va eksportni qo‘llab-quvvatlash zaruriyati tug‘ilganda qo‘llanadi (6.4-jadval).


6.4-jadval
Savdo siyosati instrumentlari96


Usullar


Savdo siyosati
instrumentlari





Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling