Xanmundagi she’riyat bilan bir qatorda idu usulida yozilgan koreys tilidagi she’riyat ham mavjud bo’lgan
Download 23.18 Kb.
|
Saamguk Yusa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chuqur ildiz otgan jonlari ehtiroslarga berilgan. Uyg’onish oyi aniq bo’lgan kuz kelsin Va ma’rifat mevalari yetilsin.
Bu serzahmat
Dxarma dunyosi, Budda taxti sari Yo’l olmoqdaman Va haqiqat yomg’irini so’rab yolvoryapman. Undan butun tiriklik o’sadigan, Yaxshilik nihollari nish ura olmaydigan Dalani sug’orishni so’rayapman. Zero, tiriklarning tashlandiq tuproqda Chuqur ildiz otgan jonlari ehtiroslarga berilgan. Uyg’onish oyi aniq bo’lgan kuz kelsin Va ma’rifat mevalari yetilsin. Bu xyangani Kyunyo buddaviylar marosimi chog’ida xitoycha matnni koreyscha she’r bilan almashtirish uchun “Xyan’tszin” sutrasining mashhur boblarining biri asosida yaratgan. “Kyunyoning ko’rgan-kechirganlari” da Kyunyo yozgan so’zboshi ham keltirilgan. Unda Kyunyo xalq ardoqlaydigan xyanga she’riy shaklidan aholi o’rtasida buddizm g’oyalarini tarqatish uchun foydalanmoqchi ekanligini aytgan. Ammo ona tilidagi she’riyat to’laligicha buddizm ruhi bilan sug’orilgan edi, deb aytish to’g’ri bo’lmaydi. Har qalay, “Kyunyoning ko’rgan-kechirganlari” , “Tarixiy yozuvlar” va “Voqealar “ da Koreyada buddaviy bo’lmagan boy she’riyat mavjudligini tasdiqlovchi ko’p sonli guvohliklar jamlangan. Chunonchi, ”Voqealar”da arxaik koreys she’riyatining xitoychaga tarjima qilingan to’rt hijoli namunalari saqlanib qolgan. Xyanganing hozirgacha saqlanib qolgan namunalari orasida shunday bir folklor asarlariga duch kelish mumkinki, ular nasr she’rlar bilan birga keladigan epik qissalarning bir qismi bo’lgan bo’lsa kerak. Bular “Voqealar”dan o’rin olgan “Dengiz qo’shig’I”, “Chxoyon qo’shig’i” va “Sodon qo’shig’i” she’rlaridir. “Suro xonim” haqidagi afsonada u eri-sujon knyazi bilan birga safarga chiqqani haqida hikoya qilinadi. Dengiz bo’yiga yetganda ular tushlikka to’xtadilar. Qirg’oq yaqinida baland qoya bo’lgan. Tepada anvoyi gullar o’sgan. Suro xonim ularni ko’rib, o’z a’yonlariga: “Kim gullarni uzib, menga taqdim etadi?”, deb murojaat etgan. A’yonlar qoyadan gullarning uzishning iloji yo’qligini aytganlar. Shu yerdan o’tib ketayotgan bir chol qoyaga chiqib gullarni uzib tushgan, qo’shiq to’qigan va xonimga taqdim etgan. Ular yana yo’lga chiqqanlar. Yana dengiz bo’yicha tushlik qilgani to’xtaganlar. Birdan dengiz ajdari paydo bo’lgan va xonimni olib dengizga kirib ketgan. Cholning maslahati bilan odamlar yig’ilib, “Dengiz qo’shig’i”ni kuylaganlar: Download 23.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling