Xar qanday davlat dunyodan ajralgan holda jahon tajribalarini o‘rganmasdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas


Soapstok yadrosini sulfat kislota bilan parchalash


Download 159.5 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1575976
1   2   3   4
Bog'liq
YOG\'KISLOTA

Soapstok yadrosini sulfat kislota bilan parchalash. Tayyor yadroni kislotaga chidamli qozonlarga 2/3 miqdorda olinadi. Yadroni (72-96%) konsentratsiyali sulfat kilsota bilan 80OS harorat bilan parchalanadi. Sulfat kislotani ingichka oqimli porsiya bilan beriladi. Sulfat kislotani shernikdan uzatiladi. Sulfat kislotaning har bir porsiyasi berilgandan so‘ng 5-10 minut davomida aralashtiriladi. Sovun g‘urashalari paydo bo‘lgandan so‘ng eritma berish to‘xtatilib, bug‘ bilan qaynatiladi. G‘urashalar yo‘qolgandan so‘ng sulfat kislota eritmasi sovun oxirigacha parchalanishgacha yana beriladi.
Sovunni to‘la parchalash belgisi qozondan olingan namuna tarkibida sho‘r suv paydo bo‘lishdir. SHo‘r suv tiniq bo‘lishi kerak va unga metiloranj eritmasi
qo‘shilgandan so‘ng och qizil rangga kirishi kerak.
12
Kerakli miqdordagi sulfat kislota berilgandan so‘ng 1 soat mobaynida ochiq bug‘ bilan aralashtirilib qaynatiladi. So‘ngra bir soat mobaynida tindiriladi va ostidagi sho‘r suv to‘kib tashlanadi.
Xom yog‘ kislotalarini suv bilan Yuvish.
Yog‘ kislotalarini sho‘r suvi to‘kilgandan so‘ng o‘sha qozonning o‘zida issiq suv bilan yuviladi (2-3 marta). So‘ngra 1.5-2.0 soat davomida tindiriladi va yuvindi suvni jirolovushkaga to‘kiladi. Yuvish yuvindi suv metiloranj bo‘yicha neytral reaksiyaga erishgunga qadar olib boriladi.
Yuvilgan yog‘ kislotalarini qozondan nasos bilan tindirish qozonlariga xaydaladi. Sulfat oqimi jirolovushkaga to‘kilgandan so‘ng Yog‘ kislotasi tayyor xom yog‘ kislotasi bakiga xaydaladi.
Sovun osti shelokalarini sho‘r suv bilan (sulfat oqimi yoki oqava suv) neytrallash. Soapstokni parchalashda hosil bo‘lgan oqava suvlarni bakga yig‘ib, so‘ngra yana qaytadan sovunosti shelokalarini neytrallash uchun qozonga uzatiladi. Aralashma qizdiriladi va aralashtirib 1.5-2.0 soat davomida o‘tkir bug‘ bilan qaynatiladi.
Sovun osti shelokasini yanayam chuqur neytrallash maqsadida jarayon davomida aralashmani nasos orqali sirkulyasiya qilinadi.
Neytralizatsiya tugaganligini namuna olib indikator qog‘ozi bilan tekshirilib ko‘rilganidan so‘ng aniqlanadi.
Muhit pH = 6.5 bo‘lishi kerak. Sovun osti shelokasini neytrallashda sirkulyasiya jarayoni olib borilishini unumdorligi ancha yuqori.
Soapstok sig‘im (1) ga, undan nasos (2) orqali sovun pishirish qozoni (3) ga keladi. Ochiq bug‘ bilan qaynaguncha isitilgan soapstok 30-40%li NaOH eritmasi bilan sovunlanadi.
Ishqor eritmasi sig‘im (9) dan keladi. Sovunlanish 4-5 soat davomila aralashtirilgan holda sovunli elimda ortiqcha ishqor miqdori 0.4-0.5% hosil bo‘lguncha davom etadi. So‘ngra bug‘ berish to‘xtatilib, 4-5 soat davomida tindiriladi. SHarnir truba yordamida sovunli yadro sig‘im (7) ga tushiriladi va nasos (8) bilan parchalash uchun qozon (4) ga yuboriladi.
Qozonda qolgan sovunli elim soapstok bilan neytrallanadi va quruq tuz bilan tuzlanadi hamda 4 soat tindiriladi. tindirilgan sovun osti ishqori Yog‘ tutgich (15) ga tushiriladi. Sovun osti ishqorida qoldiq Yog‘ 2 %, ishqor 0.5%, Na2CO3 0.8% dan oshmasligi kerak. Sovun osti ishqori bilan birga Yog‘siz moddalar va bo‘yovchi pigmentlar ham chiqib ketadi. (45% atrofida).
Tuzlangan yadroga yangi soapstok kelib tushadi, kaustik soda bilan sovunlanadi va ortiqcha ishqor ikki fazaga bo‘linadi. 4-5 soat tindirilgandan so‘ng yadro sulfat kislota bilan parchalanish uchun yuboriladi.
Sovun sulfat kislota bilan 80-92% konsentratsiyada 90OC da aralashtiriladi.
Sulfat kislota o‘lchagich (10) dan ingichka oqim bilan kelib tushadi. Ko‘p
miqdorda sulfat kislota berilsa, qozondan ko‘pirib chiqib ketadi. Kerak bo‘lsa,
sovunga 22-30% gacha kondensat qo‘shiladi. Kondensat o‘lchagich (11) dan
keladi. Bug‘ bilan aralashtirilgan holda parchalanadi. Sulfat kislota qo‘shilgandan
so‘ng 1 soat aralashtiriladi va nordon suvda 1% erkin sulfat kislota bo‘lishi kerak.
SHundan so‘ng 1 soat tindiriladi va nordon suv Yog‘ tutgich (12) ga tushiriladi, u
erdan tozalash uchun yuboriladi. Yog‘ kislotalari qozon (4) dan nasos (13) bilan
Yuvish uchun apparat (14) ga yuboriladi. U erga o‘lchagich (11) dan Yog‘
kislotasi og‘irligiga nisbatan 50-100% miqdorda 80-85OCda kondensat beriladi.
Yuvish neytral reaksiyagacha olib boriladi. Yuvilgan suvda sovun va Na2SO4
tuzlari bo‘lmasligi kerak. 1.5-2.0 soat tindirilgandan so‘ng Yuvilgan suv yog‘
14
tutgich (15) ga tushiriladi. Yuvilgan yog‘ kislotalar sig‘im (5) ga keladi va nasos (6) bilan distillyasiyaga yuboriladi.
Xom yog‘ kislotalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

Olingan maxsulot sifatini yaxshilash va xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari ehtiyojini qondirish uchun xom yog‘ kislotalari distillyasiya qilinadi.
Distilyasiyaning maqsadi tarkibida aralashmasi kam miqdorda bo‘lgan yog‘ kislotalarini olish xisoblanadi. Oziq-ovqat sanoati rivojlanishi bilan tozalangan Yog‘ kislotalari sanoatda keng qo‘llanilmoqda va u quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • rangi tiniq bo‘lishi;

  • tarkibida neytral yog‘, oqsil, yog‘ kislotalari tuzi bo‘lmasligi;

  • sovunlanmaydigan moddalar minimal miqdorda bo‘lishi.

Yog‘ kislotalari bu talablarga faqatgina distilyasiya jarayoni olib borilgandan so‘ng javob beradi.
Paxta yog‘idan olingan soapstok kungaboqar yog‘idan olingan soapstokga qaraganda yog‘ miqdorining ko‘pligi va o‘zining yuqori qovushqoqligi bilan hamda bo‘yovchi moddalar ko‘pligi bilan ajralib turadi.

2. XOM-ASHYO VA YORDAMCHI MAXSULOTLAR TAVSIFI.


Soapstokni yog‘ kislotalarini ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo soapstok xisoblanadi.
Soapstok yog‘lari va rafinatsiyalangan yog‘ kislotalari turiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
- paxta yog‘ini soapstogi;
- tiniq yog‘ soapstogi;
- yog‘larni ishqor bilan neytralizatsiyalashda olingan soapstok.
Soapstok tarkibi murakkab hisoblanadi.
Tarkibida sovun yog‘, neytral yog‘, suv, ishqor, osh tuzi va boshqalar bo‘ladi.
Qora rangli va tiniq soapstoklarni aralashtirishga ruxsat berilmaydi.
Soapstok ekstraksiya sexining soapstogidan namroq soapstok, xom yog‘ kislotalari chiqganligi sababli boshqa-boshqa yamalarda saqlanadi.
Rafinatsiya jarayonida xam neytral yog‘ sifatiga va chiqindi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. CHiqindi - bu soapstok bilan ajrab chiqadigan Yog‘li moddalar bo‘lib, ulardan Yog‘ni qayta ishlash sanoatida xom-ashyo sifatida foydalaniladi. Texnologlarning asosiy vazifasi shu chiqindi miqdorini kamaytirishdir.
Soapstokdagi Yog‘ undagi kislotalari bilan neytral Yog‘larning yig‘indisi xisoblanadi. Soapstokdagi yog‘ soapstokning yog‘liligini ifodalaydi. Soapstokdagi neytral yog‘ning oshishi neytrallash jarayonining sifatiga bog‘liq bo‘ladi.





Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling