Xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya


Standart-kost (Standart costs) tizimi bo’yicha mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish


Download 112.24 Kb.
bet6/9
Sana31.01.2024
Hajmi112.24 Kb.
#1819122
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Хarajatlarni hisobga olish va kalkulyatsiya

Standart-kost (Standart costs) tizimi bo’yicha mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish


Mehnatni tashkil etish va ishlab chiqarishni boshqarish muammolarini yechishning obyektiv tendensiyalari 20-yillar boshidan AQShda qo’llaniladigan ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash usulini qaytadan ko’rib chiqishni taqozo qildi. Mahsulot birligining tannarxini hisoblash, narxlarni o’rnatish, xarajatlarni tezkor boshqarish va nazorat qilish uchun moddiy va mehnat xarajatlarining me’yorlari ishlab chiqila boshlandi.


Akslanishga yondashishga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari hisobida qo’llaniladigan usullarni ikkita asosiy guruhga ajratish ko’zda tutildi: o’tgan xarajatlar hisobi va standartlashtirilgan xarajatlar va ulardan chetga chiqishlarning hisobi. Ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlar hisobi va kalkulatsiya usullari tizimida standart xarajatlar hisobi tizimi buyurtmalararo va jarayonlararo hisobda qo’llashni ko’zlab uni mustaqil va muhimlashgan sifatida ko’rilmaydi.
Me’yor-standartlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishning boshlanishigacha standart kalkulatsiyalarni tuzish va to’plam sifatida tizimlashgan standartlardan chetga chiqishlarni ajratish bilan haqiqiy xarajatlarning hisobi "standart-kost" tizimi nomini oldi.
"Standart"- mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan moddiy va mehnat xarajatlarining miqdori yoki mahsulot, xizmat, ish birligini ishlab chiqarish uchun oldindan hisoblab chiqilgan moddiy va mehnat xarajatlarini; "kost"- mahsulot birligini tayyorlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarining pul ko’rinishini aks ettiradi.
Amerika adabiyotida standart-kost tizimiga har-xil tushunchalar beriladi, bu tushunchaga har-xil mazmun kiritiladi. Lekin hamma hollarda ham bu tizim ishlab chiqarishning to’g’ri xarajatlarini tartibga solishga qaratilgan nazorat instrumenti sifatida tavsif qilinadi. Standart-kost tizimining ustunliklari quyidagilardan iborat:

  • ishlab chiqarish va buyumlarning realizatsiyasi bo’yicha kutiladigan xarajatlar haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash;

  • mahsulot birligining oldindan hisoblab chiqilgan tannarxi asosida narxni o’rnatish;

  • me’yorlardan chetga chiqishlar va ularning vujudga kelish sabablarini ko’rsatib daromad va sarflar haqidagi hisobotni tuzish.

Kutiladigan xarajatlar firma ichida hisoblab chiqilgan standartlar asosida aniqlanadi. Bu standartlar tizim funksiyalanishining asosi bo’ladi va uning mazmunini ochadi. Standartlarning butun yig’imi quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. Hisobga olinadigan baholarning darajasiga muvofiq.

Ideal: materiallar, xizmatlarga bo’lgan tariflar, mehnatga haq to’lashga bo’lgan stavkalarni va ustama sarflarning smeta stavkalariga bo’lgan eng ma’qul narxlarni ko’zlaydi.

Download 112.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling