Xarajatlarni baholash usullari I kirish II asosiy qism


Download 195.5 Kb.
bet6/16
Sana31.01.2024
Hajmi195.5 Kb.
#1818727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Muqobil xarajatlar.
Muqobil xarajatlar – bu faoydalanilmagan imkoniyatlarga qilingan sarf xarajatlardir. Ular bir harakatni tanlash boshqa harakatning vujudga kelishini istisno qiladigan paytdagi qo‘ldan chiqgan foydani bildiradi. Masalan, sport sumkasi ishlab chiqaradigan firma jomodan tayyorlashga buyurtma oldi. Agar korxona bu buyurtma qabul qilsa, sport sumkalarini sotadigan magazinlarning butun bir tarmog‘i uchun odatdagi miqdorda sport sumkalari ishlab chiqarish imkoniyatlari (mashina va ish vaqti) yetishmaydi. Bu buyurtmani qabul qilishning muqobil xarajatlari sport sumkalarini ishlab chiqarish imkoniyati qolmagani sababli qo‘ldan chiqarilgan foydadir. Bu qo‘ldan chiqqan foydani sport sumkalarini sotishdan olinadigan potensial daromaddan ularni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlari chiqarib yashlash yo‘li bilan hisoblanishi mumkin. Muqobil xarajatlar har bir odam qabul qiladigan qarorida ham mavjud bo‘ladi. Muqobil xarajatlarga talabani universitetda o‘qitish uchun sarflangan xarajatlar ish haqiga qo‘shiladi. Lekin talaba bu vaqtda islaamagan va ish haqi hisoblanmagan.
Muqobil xarajatlar harakatni tanlash chog‘ida (qaror qabul qilishda) harakatlarning boshqa variantlaridan voz kechish natijasida yo‘qotilgan yoki qurbon qilingan potensial foyda sifatida aniqlanadi.
2. Xarajatlarni baholash va xarajatlar dinamikasi
Xarajatlarni baholash uchun qo‘llaniladigan turli usullarni ko‘rib chiqishdan oldin bu bobda biz foydalanadigan ba’zi atamalarni bilib olishimiz lozim.
Regressiya tenglamasi tobe o‘zgaruvchan miqdor (bu o‘rinda xarajat) va erkin o‘zgaruvchan xarajatning (ya’ni faollik ko‘rsatkichi yoki chiqimlar omilining), bitta yoki ko‘p soni o‘rtasidagi kutilayotgan tobelikni ko‘rsatadiki, ular oldingi kuzatuvlarga asoslanadi. Tenglama faqat bitta erkin o‘zgaruvchi xarajatni o‘z ichiga olsa oddiy regressiya deyiladi va bunday holatda regressiya tenglamasini to‘g‘ri chiziqli grafik tarzida ko‘rsatish mumkin. Agar tenglama va undan ko‘proq erkin o‘zgaruvchi xarajatlarni o‘z ichiga olsa, gap ko‘plik regressiyasi to‘g‘risida boradi. Agar bitta erkin o‘zgaruvchi va tobelik to‘g‘ri chiziqli bo‘lsa, regressiya chizig‘ini to‘g‘ri chiziqli tenglama shaklida ifodalash mumkin: y = a + bx.
Agar biz tobe o‘zgaruvchi (xarajatlar) va erkin o‘zgaruvchi (faoliyat turi), o‘rtasidagi aloqani ifodalamoqchi bo‘lsak u holda:
y — x faollik darajasida hisobot davridagi umumiy xarajatlar; a — hisobot davridagi umumiy doimiy chiqimlar; b — mahsulot turi birligiga o‘zgaruvchi o‘rtacha chiqimlar; x — faoliyat turi hajmi yoki hisobot davrida chiqimlar omillari.
Agar misol uchun olganda, aniq bir davrda doimiy chiqimlar 5000 evroga teng bo‘lsa, o‘zgaruvchi o‘rtacha chiqimlar mahsulot birligida 1 evroni tashkil qilsa, asosiy xodimlarning mehnat soati esa chiqimlar omili bo‘lsa, u holda Umumiy xarajatlar = 5000 + 1 x asosiy xodimlar mehnat soati (x), yoki y = a +bx, shu sababli y = 5000 +1x.
Tobe o‘zgaruvchi yoki bir necha erkin o‘zgaruvchi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi regressiya tenglamasiga nisbatan maqsadli vazifa atamasi ham qo‘llaniladi. Xarajatlarni baholash umumiy xarajatlar bilan bu xarajatlarni talab qiluvchi potentsial omillar o‘rtasidagi oldingi tobelikni o‘lchashdan boshlanadi. Bunday holatda maqsad bo‘lajak sarf-xarajatlarni taxmin qilish uchun yordamchi vosita sifatida oldingi xarajatlarning o‘zgarish turidan foydalanishdir. Lekin kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatning har qanday o‘zgarishi oldingi ma’lumotlarga mumkin bo‘lgan shu o‘zgarishlarni hisobga olib, tuzatish kiritishini talab qiladi.
Ayni paytda o‘tgan davr ma’lumotlari asosida chiqarilgan xarajatlar vazifalari to‘satdan to‘xtab qolishi mumkin bo‘lgan soxta korrelyatsiya asosida aniqlanishi xavfi mavjud. O‘zgaruvchi birliklar iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lsa, kuchli korrelyatsiya (o‘zaro bog‘liqlik) bo‘lishi mumkin. Shu sababli xarajatlar vazifasini faqat ilgari kuzatilgan statistik tobelik asosida aniqlamaslik kerak. Har qanday holatda ham kuzatiladigan statistik tobelikning tabiati oqilona va iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak. Agar bunday sharoit bo‘lmasa, turlicha ma’lumotlar asosida natijalarni prognozlash uchun xarajatlar vazifasidan foydalanilganda baholanayotgan karamlik (tobelik) takrorlanishiga ishonib bo‘lmaydi.

Download 195.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling