Xarajatlarni baholash usullari I kirish II asosiy qism


Xarajatlarni baholash usullari


Download 195.5 Kb.
bet7/16
Sana31.01.2024
Hajmi195.5 Kb.
#1818727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Xarajatlarni baholash usullari

  1. muxandislik usullari;

  2. buxgalteriya usullarini tekshirish;

  3. grafik usul yoki tarqalish diagrammasi; 4) Eng ko‘p va eng kam miqdor usuli.

Bu yondashuvlar xarajatlar vazifalarini aniqlashning aniqlik darajasi bo‘yicha va ularni amalga oshirish xarajatlari bo‘yicha farq qiladi. Bu usullar birbirini istesno qilmaydi, xarajatlarning turli toifalari uchun turli usullar qo‘llanilishi mumkin.


Muxandislik usullari
Xarajatlar o‘zgarishini tahlil qilishning muxandislik usullari keltirilayotgan resurslar bilan chiqayotgan mahsulot o‘rtasidagi texnologik bog‘liqlikni muhandislik tahlilidan foydalanishga asoslanadi. Masalan, ular qatoriga texnik tahlil tusidagi tadqiqot usullari, ishni tanlash va vaqt hamda harakatni o‘rganish kiradi. Bu yondashuv xarajatlar bilan chiqimlar o‘rtasidagi omillarni jismoniy bog‘liqlik (tobelik) mavjud bo‘lganda ma’qul hisoblanadi. Texnik tahlilni bajarish protsedurasi faoliyat turi uchun talab qilinadigan asosiy jismoniy xarakteristikani (tavsifni) to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishga va so‘ngra olingan natijalarni chiqimlarning kutilayotgan qiymatiga aylantirishga asoslanadi. Texnik talablarni biladigan muxandislar talab qilinadigan materiallarning miqdorini va xodimlarning mehnati qancha davom etishini, turli operatsiyalar uchun uskunalarning ishini baholaydilar, shundan so‘ng qiymat bahosini resurslar narxi va stavkalarini olish uchun jismoniy ko‘rsatkichlar bilan bog‘lanadi. Muxandislik usuli takrorlanuvchi jarayonlar xarajatlarini aniqlash uchun foydalidir, chunki bu jarayonda keltiriladigan resurslar bilan mahsulot chiqishi o‘rtasidagi bog‘liqlik ma’lumdir. Masalan, bu usul asosiy ishlab chiqarish materiallariga, xodimlarning mehnatiga, mashina-uskunalarning ishlash vaqtiga tegishli xarajatlarni baholash uchun qo‘llaniladi, chunki ularni bevosita kuzatib turish va o‘lchash mumkin.
Schetlarni tekshirish
Schetlarni tekshirish usuli bo‘linma menejeri va buxgalter schetlardagi aniq bir davrga oid xarajatlarning har bir moddasini tekshirishlarini, so‘ngra xarajatlarning har bir moddasini doimiy o‘zgaruvchi yoki yarimo‘zgaruvchi chiqimlar toifalari bo‘yicha turkumlashni talab qiladi. O‘zgaruvchi chiqimlar turkumiga kiruvchi moddalar uchun mahsulot birligiga xarajatlarning yagona o‘rtacha ko‘rsatkichi olinadi. Doimiy turkumidagi moddalar uchun esa boshqa yagona ko‘rsatkichdan – hisobot davridagi umumiy xarajatlar ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Yarimo‘zgaruvchi chiqimlar turkumiga kiruvchi moddalar uchun bo‘linma menejeri va buxgalter xarajatlarning ular fikriga ko‘ra bunday xarajatlarning o‘zgarishini yaqqol ko‘rsatadigan xarajat vazifasini (funktsiyasini) tanlaydi.
Masalan, kompaniyada xarajatlar bo‘yicha quyidagi axborot mavjud, u chiqimlar markazining 10 000 birlik miqdorida mahsulot chiqqan so‘nggi oyi schetidan olingan.








Download 195.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling