Maruza1: Mashinasozlik materiallarining tarixiy rivajlanishi. Mashinasozlik materiallariga qo’yiladigan talablar. Qora va rangli metallar metallurgiyasi. Cho‘yan ishlab chiqarish. Domna pechi tuzilishi, ishlash protsessi


Download 1.16 Mb.
bet1/4
Sana13.05.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1457627
  1   2   3   4
Bog'liq
Maruza1

Maruza1: Mashinasozlik materiallarining tarixiy rivojlanishi. Mashinasozlik materiallariga qo’yiladigan talablar. Qora va rangli metallar metallurgiyasi. Cho‘yan ishlab chiqarish. Domna pechi tuzilishi, ishlash protsessi, olinadigan maxsulotlari.

M va KMT

Metallurgiya-yunoncha "metallurgeo"-ma'danni qazib olish, metallarga ishlov berish "metallon"-kon, metall va "ergon"-ish, ishlov berish-metallarni ruda va boshqa turdagi xom ashyolardan olish, shunindek metall va metallik qotishmalarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xossalarining o'zgarishi bilan boradigan jarayonlarni qamrab olgan fan, texnika va sanoat tarmog'idir. Metallurgiyaga sohasiga quyidagilar kiradi:-yer bag'ridan qazib olingan rudalarga dastlabki ishlov berish;-metallarni ajratib olish, metallar va qotishmalarni rafinirlash;-ajratib olish metallarga mahsus xossalar va formalarni berish. Tarihiy metallurgiya qora va rangli metallurgiyaga bo'linadi. Qora metallurgiya temir asosidagi qotishmalarni (cho'yan, po'lat, ferroqotishmalar), marganets, xrom va vanadiy metallarni ishlab chiqarishni qamrab oladi (qora metallar qismiga, dunyoda ishlab chiqariladigan metall mahsulotlarning 95% to'g'ri keladi). Rangli metallurgiya, boshqa metallarni ishlab chiqarishini, shu jumladan radioaktiv metallarni ham qamrab oladi. Ayrim metallurgik jarayonlar metall bo'lmagan va yarim o'tqazuvchi materiallarni (Si, Ge, Se, Te, As, P, S va b.) ishlab chiqarilishida qo'llaniladi. Umuman zamonaviy metallurgiya, periodik jadvaldagi deyarli barcha elementlarni, galloid va gazlardan tashqari, ajratib olish jarayonlarini qamrab oladi.

Mаshinаsоzlikdа eng ko’p ishlаtilаdigаn аsоsiy mеtаllаr tеmir vа uning qоtishmаlаri bo’lib, qisqаchа ulаrni qоrа mеtаllаr dеb yuritilаdi (Cho’yan, po’lаt, fеrrо qоtishmаlаr ) Hоzirdа vа kеlаjаkdа оdаmlаr хаyotini vа jаmiyatni rivоjlаnishini turli mаshinа, jihоzlаr, аppаrаtlаrsiz tаsаvvur qilish qiyin. Mаlumki, hаr qаndаy mаshinаlаrning dеtаllаrini po’lаt, cho’yan vа bоshqа mаtеriаllаrdаn tаyyorlаnаdi. Mаshinа dеtаllаrining ishlаsh shаrоitigа vа bаjаrilgаn ish shаrоitigа qаrаb, ulаrgа turli tаlаblаr qo’yilаdi .


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling