Eng ko‘p va eng kam qiymat usuli
Eng ko‘p va eng kam qiymat usuli eng yuqori va eng kam faollik davrini tanlash va xarajatlardagi o‘zgarishlarni shu ikki darajaga muvofiq ravishda qiyoslashdan iborat. Bunday yondashuv quyidagi misolda ko‘rsatilgan.
Quyida mahsulot chiqish va texnik xizmatlar ko‘rsatishga oldingi 12 oydagi oylik hisob ma’lumotlari keltirilgan. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarishning eng past va eng yuqori darajasida olingan.
Doimiy chiqimlar ishlab chiqarishning har qanday darajasida (mahsulot birligida o‘zgaruvchi xarajatlar doimiy qoladi, deb faraz qilinadi) umumiy xarajatlardan o‘zgaruvchi xarajatlar ulushini chiqarib tashlash yo‘li bilan baholanishi mumkin. Chunonchi, ishlab chiqarish darajasi 5000 birlikni tashkil etganla umumiy xarajatlar 22 000 sh.b.ni tashkil qiladi, umumiy o‘zgaruvchi chiqimlar esa — 10000 sh.b. (bitta sh.b.ga 2 tadan sh.b. - 5000) farqi £12 000 deb taxmin qilish mumkin. Demak bu doimiy xarajatlarga to‘g‘ri keladi. Bu holda xarajatlar funktsiyasi bunday ko‘rinishda bo‘ladi: y = 12 000 + 2x.
Eng ko‘p va eng kam qiymat usuli xarajatlar bo‘yicha barcha kuzatishlarni hisobga olmaydi, ya’ni ishlab chiqarishning eng ko‘p va eng kam darajasidagi kuzatishlarnigina hisobga oladi. Afsuski, faollikning eng yuqori darajasida xarajatlarni kuzatish hamisha ham me’yoriy operatsiya sharoitini aks ettirmaydi va shu sababli tipik vaziyatlarni emas, kam bo‘ladigan vaziyatlarni ko‘rsatishi mumkin.
Masala 1. Quyidagi ma’lumotlar bo‘yicha 1000 birlik, 1500 birlikdagi mahsulot hajmi uchun jami xarajatlar miqdorini hisoblash
Do'stlaringiz bilan baham: |