Xarajatlarni turkumlash va baholash ularning hisobi
– ishlab chiqarish zararsizlik nuqtasini topish
Download 0.73 Mb.
|
Xarajatlarni turkumlash va baholash ularning hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strategik vazifalar uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lib, quyidagilardan iborat
– ishlab chiqarish zararsizlik nuqtasini topish;– mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar turlari, ularni sotishning muvofiq hajmini rejalashtirish;– qo’shimcha buyurtmalarni qabul qilish yoki rad etish;– baholarni shakllarntirish bo’yicha qarorlar qabul qilish.Strategik vazifalar uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lib, quyidagilardan iborat:– uzoq muddatli kapital qo’yilmalarni jalb qilish;– biznes tarkibini o’zgartirish;– mahsulotlarning yangi turlarini o’zlashtirish.Bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobini mukammallashtirish, jumladan axborotlarni o’z vaqtida foydalanuvchilarga etkazish, tijorat sirining saqlanishini ta’minlash, korxona buxgalteriyasining ikki mustaqil qism: moliyaviy va kalkulyatsiya hisobga bo’linishini shart qilib qo’ydi. Buxgalteriyaning bu tarzda mustaqil qismlarga bo’linishi moliyaviy hisobni markazlashtirish va kalkulyatsiya hisobini esa nomarkazlashtirishga sabab bo’ldi. Natajada, kalkulyatsiya hisobi o’z vazifalariga ega bo’la boshladi va boshqaruv jarayonini tezkor-tahliliy axborot bilan ta’minlash, korxona bo’linmalari xarajatlari va daromadlarini nazorat qilish imkoniyatini yaratdi. Ushbu omillar xarajatlar me’yorlari, mahsulotning normativ kalkulyatsiyasini ishlab chiqish, haqiqiy xarajatlarning me’yoriy xarajatlarga muvofiqligini tezkor nazorat qilish, mavjud chetlanishlarni aniqlash va bartaraf qilishga imkon tug’dirdi hamda tannarxning shakllanish jarayonini boshqarishning chetlanishlar bo’yicha boshqaruv usuli yuzaga keldi.
Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling